Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet4/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

mantiq qonunlari:

ayknet lotincha «zex identitatis» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan, o‘xshash ma’nolarni beradi. ayniyat qonuni moddiy olamning muhim tomoni, xususiyatini ifodalaydi.
masalan: «toshkent» (a) «o‘zbekistonning poytaxti» (b) tushunchalarini olaylik. bu har ikki (a) va (b) tushuncha bir ma’noni ifodalayapti, bu tushunchalar ayniyat qonuniga bo‘ysunadi.
formal mantiqda ayniyat a – a dir. «a bo‘lmagan narsa a - emasdir» tarzida ifodalanadi
ziddiyatsizlik xaqidagi dastlabki ma’lumotni platonning “evditem” nomli dialogida uchratamiz.platon bu haqida “bir narsaning o‘zi ham bo‘lishi, ham bo‘lmasligi mumkin emas”,- deydi. aristotel bu qonunning mohiyatini o‘zaro qarama-qarshi fikrlar bir vaqtning o‘zida baravariga chin bo‘lishi mumkin emas; aynan bir narsa boshqasiga ayni nisbatda ham mos bo‘lishi, ham mos bo‘lmasligi mumkin emas, deb tushuntirgan. bu qonunga muvofiq ayni bir narsa haqida, ayni bir vaqtning o‘zida, ayni bir nisbatda aytilgan ikki qarama-qarshi fikr birdaniga chin bo‘lishi mumkin emas: ulardan birining chinligi ikkinchisining hatoligini keltirib chiqaradi.

  • masalan: a-v dir va a-v emasdir degan ikki fikr bir vaqtning o‘zida chin bo‘lish mumkin emas

bir-biriga zid bo‘lgan ikki fikr (muhokama)dan birining chinligi hamisha ikkinchisining xatoligini keltirib chiqaradi, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas, ya’ni istisno qilinadi. tafakkurning bu qonunini buyuk yunon faylasufi aristotel ikki zid fikr orasida uchinchisining bo‘lishi mumkin emas, deb ta’riflagan. mantiqning bu qonuni belgi, xususiyat, munosabatning narsaga xos ekanligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. bunda bir narsa haqida ikki bir - biriga batamom zid fikrlar o‘rtasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
masalan: bu geometrik shakl - o‘tkir burchakli uchburchak (a - v dir). bu geometrik shakl - o‘tkir burchakli uchburchak emas (a - v emasdir) fikrlari o‘zaro zidlik munosabatida. ular mantiqda a yoki v yoki v emasdir formulasi bilan ifodalanadi.
bizning olam, undagi biron narsa, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo‘lishi mumkin. fikrning chinligi tafakkurga xos xususiyat bo‘lib, chin fikrlar haqiqatlar, deb yuritiladi, ularga amaliy va nazariy faoliyat tufayli erishiladi. chin fikrlash to‘g‘ri fikrlashdir, to‘g‘ri fikrlash aniqlik, ravshanlik, izchillik, ziddiyatsizlik bilan bir qatorda asoslanganlikni, isbotlanganlikni talab qiladi. bu narsa tafakkurning yetarli asos qonunida o‘z ifodasini topadi.
yetarli asos qonuni, nemis faylasufi va mantiqshunos olim leybnis (1646-1716) tomonidan tavsiflab berilgan.
masalan: yer ust qatlamining muzlashi yo‘l transport hodisalarining ko‘payishiga olib keladi
Tafakkur shakllari 3 ta:

  1. Tushuncha

  2. Mushohada

  3. Xulosa chiqarish

Tushuncha mantiqiy tafakkurning ilk shakli xisoblanadi. inson tushuncha yordamida fikrlaydi hamda bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladi. inson atrofdagi narsa va hodisalarni o‘rganish jarayonida uning muhim umumiy tomonlarini ajritib, umumlashtirib boradi, natijada turli tushunchalar xosil bo‘ladi.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling