Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet56/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Ilohiy kitoblar –muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga kо‘ra, Alloh о‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga saqifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob.
Bulardan 10 sahifani Odam (as)ga,
50 sahifani Shis(as)ga,
30 sahifani Idris(as)ga,
10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.
Muso (as)ga Tovrot,
Dovud (as)ga Zabur,
Iso(as)ga Injil
va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitoblar va sahifalar bir yо‘la bir da’fada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. 2
Islom ta’limotiga kо‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh taolo insonlarga tо‘g‘ri yо‘lni kо‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari aytilgan. Ular: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Yoqub, Yusuf, Ayyub, Shu’ayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Oliya, Zulkafl, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad payg‘ambardir.
Payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi Qur’on va xadislarda bayon qilingan. Musulmonlar barchasiga imon keltirishi shart.
Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bо‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga kо‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud.
Taqdirga-yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish. Islomning ma’nosi “taslim bо‘lmoq”, “о‘zini topshirmoq”dir. Shunga kо‘ra, inson hayotida bо‘ladigan yaxshi yomon ishlarning Alloh tomonidan о‘zi uchun belgilangan sinov deb bilish lozim. Yaxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir.
О‘limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga kо‘ra, qiyomat kuni bо‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mashhargohda maydonga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (dо‘zah) ga mahkum etiladilar.
Namoz. Namoz islomda imondan keyin musulmonlarga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda tо‘liq bayon etilmagan bо‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi kо‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Har kuni besh vaqt namoz ado etiladi.
Zakot. Zakot-“poklash” ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojidan tashqari 40 dan 1 foizi sadaqa qilinadi. Abu Homid G‘azzoliyning Zakot va rо‘za sirlari kitobida zakot birish va olishning tartib qoidalari haqida bayon qilgan. Unga kо‘ra, eng birinchi zakot beruvchi qalbida niyat qilmog‘idir degan. Agar zakot maxfiy bо‘lsa о‘zingiz uchun yaxshiroqdir degan.
Unda yozilishicha, ba’zilari sadaqani kо‘r kishiga bergan bо‘lsa, boshqalari faqir о‘tadigan, u о‘tiradigan, sadaqani kо‘rib, beruvchini sezmaydigan erga qо‘yishardi. Ayrimlar uxlayotgan faqrning kiyimiga tashlab ketishardi, yana birlari faqir qо‘liga boshqa birov qо‘lidan berishardi.
Zero, miskinning bilishi riyo va minnatdir. Chunki zakot baxillikni ketkazish va molga muxabbatni susaytirish uchundir. Zakotning yana bir sharitlaridan biri-sadaqasini minnat va ozor bilan buzmasligidir. “Bergan sadaqalaringni minnat va ozor bilan yо‘qqa chiqarmang!” (Baqara surasi, 264-oyat)
Minnat qanday bо‘ladi desa, Uni yodga olib gapirishdir. Yana aytilishicha, minnat-berish bilan xizmat qildirish, ozor esa uni kambag‘allikda ayblashdir. Yana aytilishicha, minnat- bergani sababli olganga mutakabirlik qilish, ozor-unga tilanganligi uchn ayblash va о‘dag‘aylashdir. 1
Bir kuni payg‘ambar as’hoblariga: “Sadaqa qilinglar”, dedilar. Shunda bir kishi: “Menda bir dinor or”, dedi. Dedilar: “О‘zingga infoq qil”. Dedi: “Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Xotiningga infoq qil”. Dedi: “Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Farzandlaringga infoq qil”. Dedi:.”Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Xizmatkoringga nafaqa qil”. Dedi” “Menda yana bir dinor bor”. Shunda Payg‘ambar sen о‘zing yaxshi bilguvchiroqsan”, dedilar. Yana Payg‘ambar aytadilar: “Oli Muhammadga sadaqa xalol bо‘lmaydi, chunki sadaqa odamlarning chiqindilaridir”.
“Tilanchining malomatini taomdan chumchuqning boshichalik miqdor bilan bо‘lsada qaytaring!”. Iso (a.s) aytadilar: “Kimki tilanchini noumid qaytarsa, farishtalar bu uyni etti kun о‘rashmaydi”. 1
Rо‘za. Rо‘za yilda bir oy: “ramazon” oyi davomida tutish farzdir.
Rо‘zaning shartlari, amallari haqida Abu G‘omid G‘azzoliy “zakot va rо‘za sirlari kitobi” da bayon etilgan. Unda rо‘zador musulmon kishining axloqiy ma’naviy jihatlari ham bayon etilgan.
Haj. Haj qodir bо‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ibodat arkonlarini ado etishdan iboratdir.Abu Homid G‘azzoliyning haj sirlari va Qur’on tilovatlari odobi kitobida Hajning fazilatlari, Baytulloh va Makka va Madinaning fazilatlari haqida bayon qiladi.
Islomda muqaddas joylarni ziyorat qilish, payg‘ambar, shayxlar, avliyolarning qadamjolarini tavof etish keng tarqalgan. Musulmonlarning muqaddas joylar, ularga e’tibor xususida Qur’onda shunday deyiladi: “(Yey, Muhammad) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh о‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik): “Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, (namozda) tikka turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni hojilar va namozxonlar) uchun tozalab qо‘ygin!” 2
Islomda masjid, sajdagoh muqaddas joy hisoblanadi. Sajdagohlarning eng ulug‘i – Ka’badir. Islomdan avval qadimgi arablar sig‘inadigan but va sanamlar shu ibodatxonada saqlangan.
Muhammad SAV undagi haykallarni yо‘q qilishni buyurib, islom dinining muqaddas sajdagohi sifatida e’tirof etganlar.
Abu Homid G‘azzoliy “Baytullohga termulishning о‘zi ibodat hisoblanadi.” “Madina masjididagi namoz о‘n ming namozga, masjid ul-Aqsodagisi – ming namozga, Masjid ul-haromdagi namoz esa, yuz ming namozga (barobar)”, deb yozgan buyuk ulamo.1



Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling