Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi


Download 203.52 Kb.
bet52/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

7-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

  1. Islom dini paydo bо‘lishidagi ijtimoiy sharoit.

  2. Islom asoslari. Islomning asosiy yо‘nalishlari, diniy huquqiy maktablari. (Sunniylik, Shialik, Xorijiylik. Xanafiylik, Molikiylik, Shofe’iylik, Xanbaliylik)

  3. Quryoni karim, hadislarning mazmuni va mohiyati.

  4. Kalom falsafasi va fiqh.

  5. Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati, tarixi, Tasavvuf tariqatlari. Tasavvuf va hozirgi zamon.



Tayanch tushunchalar: Johiliya, Butparastlik, Mushaf, Makka va Madina, Hiro g‘ori, Vahiy, Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy, mazhab, sunniylik, shialik, xorijiylik, hanafiylik,

Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadilar Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadilar.


ISLOM (arab.-bо‘ysunish, itoat etish, о‘zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.



  1. Islom dini paydo bо‘lishidagi ijtimoiy sharoit.

Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” sо‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu sо‘z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.


Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi о‘z sanamiga ega edi. Tez tez bо‘lib turadigan qabilalararo urushlardan sо‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bо‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar tо‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bо‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta kо‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bо‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qо‘yilgan bо‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (kо‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi bо‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yо‘q bо‘lib ketdi, ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab kelmoqda. 7 asr boshigacha kо‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda kо‘pxudochilik saqlangan bо‘lsa. О‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bо‘ladigan katta bozorlarga savdo-sotiq uchun na faqat kо‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning о‘g‘li Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka о‘tishga ma’lum ma’noda tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida о‘rin olishi uchun hayotini shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling