Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Imomiylar yoki “Isno ashariya”. Ushbu firqa e’tiqodicha, imomlik Ali ibn Abu Tolibdan boshlanadi, sо‘ng uning Fotimadan bо‘lgan о‘g‘lilari Hasan va Husaynga о‘tadi va nihoyat о‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun bu firqa Isno ashariylar – о‘n ikki imomga e’tiqod qiluvchilar deb ham nomlangan.
Imomiylar e’tiqodiga kо‘ra, sо‘nggi – о‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiy hali о‘lmagan, balki u 873-874 sanada g‘oyib bо‘lgan va oxir zamonda paydo bо‘lib, zulm va fasodga tо‘lgan Yer yuzini tinchlik va adolatga tо‘ldiradi. Ular imomlarni xato va gunohdan ma’sum (pok) deb hisoblaydilar. Bunga sabab, ularning e’tiqodlaricha, imomlarga ilohiy ilhom keladi yoki Rasululloh о‘z zamonlarida bayon etishlariga hojat bо‘lmagan ahkomlar ilmini ularga qoldirganlar. Shu bois ular imomga imon keltirishni musulmonlik shartlaridan biri deb hisoblashadi. Ular imomga shunday tavsif beradilar: “Imom xatodan, adashishdan yiroq bо‘lgan, tо‘g‘ri yо‘ldagi, taqvoli va Alloh qо‘llagan ma’sum kishidir. Alloh va bandalarning о‘rtasida hujjat bо‘lishi uchun Alloh ularga shu xususiyatlarni berdi”. Imomiylar shariat qonunlarini Qur’onga, о‘z olimlaridan naql qilingan kо‘rsatmalarga asosan tuzadilar. Sunniylikda fatvo (diniy hukm) chiqarish uchun qо‘llaniladigan ijmo masalasida faqatgina ahli bayt (Ali avlodlari) ijmosini qabul qiladilar va boshqalarini rad etadilar. Isno ashariya firqasi sunniylik mazhablaridan nafaqat e’tiqod masalalarida, balki ibodat masalalarida farqlanadi. Bunga bir necha misol keltirib о‘tish mumkin: Qur’oni karimning zohiri (tashqi tomoni) va botini (ichki tomoni) bо‘lib, insonlar faqat zohirinigina biladilar, botinini esa, imomlardan boshqa hech kim bilmaydi; mut’a nikohi (vaqtincha nikoh) qonuniy; taloq ikki guvoh oldidagina qabul bо‘ladi; ohod xabarlar (faqat bir kishidangina naql qilingan hadislar) qabul qilinmaydi; qaytish haq (Alloh о‘lganlarning ba’zilarini avvalgi suratda dunyoga qaytaradi, buning uchun imon darajasi о‘ta kuchli yoki о‘ta buzg‘unchi inson bо‘lishi kerak); taqiya halol (taqiya – aziyat yetish mumkin bо‘lganda о‘z e’tiqodini maxfiy tutish). Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling