Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
MoturidiY. Abu Mansur al-Moturidiy о‘z ta’sir kuchini asrlar osha saqlab qolgan ash’ariyadan keyingi ikkinchi sunniy kalom maktabining asoschisidir.
Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Moturidiy taxminan 870 yilda yoki undan sal oldin tug‘ilgan, degan xulosalar mavjud. U Samarqanddagi Moturid (yoki Moturit) mahallasida tug‘ilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy kabi fiqh va kalom olimlaridan dars olgan. Al-Moturidiy uslub jihatidan mukammal kalom ta’limotini yaratdi. Uning fikrlari «Kitob at-tavhid» va «Kitob at-ta’vilot» asarlarida bayon etilib, bizgacha yetib keldi. Uning tafakkuri – mavjud turli ta’limotlardan sintez yо‘li bilan yangi nazariyani ishlab chiqishning noyob namunasidir. Al-Moturidiy Movarounnahrdagi ilohiyot taraqqiyotida burilish nuqtasini belgilab berdi. U asosan mu’taziliylar va dualistik dinlar vakillariga g‘oyat sog‘lom va ehtiyotkor tarzda kurashib, о‘ziga xos sintez ilohiyotining asosini yaratdi. Uning shogirdlari – Abu-l-Hasan Ali ibn Sa’id ar-Rustufag‘niy, Abu Ahmad al-Iyodiy, Abdulkarim al-Pazdaviy va Abu Isma al-Buxoriylar. Hanafiya mazhabi ilohiyotini bayon etib bergan al-Moturidiy va uning shogirdlari mazkur sohada kо‘plab asarlar yozdilar. Al-Moturidiy Abu Hanifaning «ar-Risola ilo Usmon al-Battiy», Abu Muti’ al-Balxiyning «al-Fiqh al-absat», Abu Muqotil as-Samarqandiyning «al-Olim va-l-muta’allim» kitoblaridagi ta’limotni an’anaviy ta’riflar yordamida qaytarish va ta’kidlash bilangina cheklanmaydi. U о‘zi sо‘z yuratayotgan masalalarni asoslab berishga intiladi, imkon bor yerda, bir fikrni ikkinchisidan keltirib chiqarishga harakat qiladi. U aniq tarkibga ega bо‘lgan epistemologiya, ya’ni bilish nazariyasiga ega ediki, uning yordamida olim о‘z fikrlarini tahlil etar hamda bilishning turli manbalarini anglab, ular haqida sо‘z yuritar edi. Uning usuli muhim masalalarda doimo (qarama-qarshi ilohiy qarashlar о‘rtasida) oraliq yо‘lni tanlashni hamda turli da’volar (vahy va aql, Alloh va inson, Alloh va olam) о‘rtasida mantiqiy mutanosiblik mavjud bо‘lishini taqozo etadi. Biron diniy hukm chiqarish lozim bо‘lgan hollarda al-Moturidiy turli jihatlar mutanosibligi talabini amalga kiritgan. Al-Moturidiy 333 hijriy/944-45 milodiy yil Samarqandda vafot etgan bо‘lib, ulamolar qо‘yiladigan Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling