Fan bo‘yicha glossariy
|
Adabiy an’ana
|
O‘tmish adabiyot to‘plagan ijodiy tajribalar qaymog‘i, davrlar o‘tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan qismi
|
Adabiyot tarixi
|
Adabiyotshunoslik fanining asosiy sohalaridan biri. Adabiyot tarixining predmeti o‘tmish tarixi bo‘lib, uni jarayon yoki shu jarayonning bir bo‘lagi sifatida tadqiq etadi
|
Adabiy tur
|
Adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, obekt va subekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhi
|
Analiz
|
Adabiy asarning mazmun-mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilga hissiy- intellectual faoliyat
|
Mushaf
|
Qur’onning turli sahifalardan iborat bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra suralarni tartib bilan joylashtirib, bitta mushaf (muqova) ostida yig‘ish.
|
Odob
|
“adab” so‘zining ko‘plik shakli (آداب). Mumtoz adabiyotda “adab”ning ko‘pligi sifatida qo‘llanadi. Undan tashqari “odob” so‘zi inson faoliyatining ayrim sohalariga oid qoidalar va ularga rioya qilish ma’nosida ham ishlatiladi.
|
Qofiya.
|
– misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm
|
Sharh
|
ochmoq; bayon qilmoq,tushuntirmoq, yoritmoq, izohlamoq; bo‘laklab kesmoq.
|
Ibtido
|
(ar.boshlang‘ich) qarang: taqti’
|
Ibhom
|
(ar.yopiq so‘zlash, yopib o‘tmoq, berkitmoq) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri.
|
Ijodiy niyat, muallif niyati
|
badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Bu san’atkorning voqelik bilan munosabati, voqelikni o‘zicha (o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi tug‘ma iste’dodi quvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga keladi.
|
Iyhom
|
(ar.shubhaga solish, adashtirish) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri, she’rda (ba’zan nasrda ham) bir so‘zni bir joyning o‘zida ikki ma’noda ishlatish.
|
Ilmi aruz
|
(ar.aruz ilmi) – mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi, aruz she’r tizimining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha, aruzshunoslik.
|
Ilmi qofiya
|
(ar.qofiya ilmi) – mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi, qofiya va uning turlari, tuzilishi, uning badiiy san’atlar va vazn bilan munosabati, she’rning ohangdorligida qofiyaning tutgan o‘rni kabi masalalarni tadqiq etuvchi soha.
|
Ilhom
|
(ar.edirmoq, ruhlantirmoq) – san’atkor ruhiyatida yuzaga keluvchi ijodiy-ruhiy holat, ijodiy faoliyatning yuksak zavq bilan, ko‘ngilli va engil kechishini ta’min etuvchi ko‘tarinki ishchan kayfiyat.
|
Interpretatsiya
|
(lot.interpretation - tushuntirmoq) – talqin, adabiy asar mazmunini idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini anglash, tushunish.
|
Irsol ul -masal
|
(ar. maqol, masal keltirish) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri. SHe’rda ma’lum bir maqsadda mashxur maqol, matal yoki hikmatli so‘z keltirish
|
Istiora
|
( arabcha vaqtincha omonatga olmoq) - )- mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri. Bir so‘z shaklini “vaqtincha omonatga olib”, yani ko‘chma ma’noda ishlatish
|
Iqtibos
|
– (ar. ilmni o‘zlashtirmoq, o‘zaro foydalanmoq) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri. Keng ma’noda bir so‘z yoki yozuvni boricha olmoq yoki qisqartirib olmoq.
|
Komil
|
(ar. etuk, mukammal) aruz bahrlaridan biri
|
Kontrast
|
(fr. contraste- keskin qarama-qarshi qo‘yish) – badiiy adabiyot va san’atning boshqa turlarida tasvirlanayotgan narsa-hodisalarni bir-biriga keskin qarshi qo‘yishga asoslangan badiiy usul.
|
Lafziy san’atlar
|
qarang: sanoyi’
|
Lirika
|
yun.lira – musiqa asbobi, qadimda uning jo‘rligida o‘qilgan) – badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri.
|
Majoz
|
mumtoz adabiyotshunoslikda so‘zni o‘z ma’nosida emas, boshqa bir ko‘chma ma’noda ishlatish, ko‘chimning umumiy nomi
|
Metod
|
ijodiy metod: marksistik estetikaning asosiy kategoriyalardan biri, XX asrning 20-yillaridan keng ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin.
|
Nasr
|
badiiy nutq shakllaridan biri, sochma, prozaik nutq.
|
Nazm
|
badiiy nutq shakllaridan biri, tizma, she’riy nutq.
|
nasriy she’r
|
(ruschadan kalka: «stixotvorenie v proze») 1 nasriy yo‘lda yozilgan lirik asar; o‘zbek adabiyoti va adabityotshunosligida sochma.
|