Mavzu: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Reja: Kirish Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi
Download 97 Kb.
|
Falsafa
Idrok kategoriyalari tarkibiga Kant kategoriyalarning tort turkumi: miqdor, sifat, nisbat va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob'ektiv va umumiy mazmunga ega boladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi.
Aql kategoriyalarini Kant goyalar deb nomlaydi. Kant fikriga kora, goya mumkin bolgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. Goyalar bizning amaliy va bilish faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi sxemalarga aylanadi. Ular inson faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasini bajaradi. Sxema bu bilish metodi va yonalishi: u predmetni tushuntirmaydi, balki biz aqlga tayangan holda butun olamning xossalari va aloqalarini qanday aniqlashimiz lozimligini korsatadi. Tartibga soluvchi goyalar sifatida Kant inson (jon) goyasi, erkin iroda goyasi va «narsa ozida» goyasini qayd etadi. Xudo goyasini esa, Kant bu goya predmetini shak-shubhasiz qabul qilish (u oz holicha mavjudligini taxmin qilish) uchun hyech qanday asosga ega emasligimizni ta'kidlaydi. Bu goya faqat bizga aql dunyodagi barcha aloqalarga oliy aql niyatining mahsuli sifatida qarashni amr etishini korsatadi. Boshqacha aytganda, aql bizga, Xudo borligi yoki yoqligidan qat'iy nazar, Xudo amalda mavjud, deb taxmin qilishni buyuradi. Ammo biz Xudoning borligini aniq bila olmaymiz, chunki Xudo goyasi tajribada oz tasdigini topmaydi. Xudo goyasi nazariy aqlni emas, balki amaliy aqlni tartibga solish vositasi (regulyatori) sifatidagina ma'no kasb etadi: agar tabiatshunos bu goyaga nafaqat regulyativ darajada, balki intuitiv darajada ham amal qilsa (ya'ni Xudo borligiga dalil-isbotsiz ham ishonchi komil bolsa), bu yalqov aql sanaladi va u ilm bilan shugullanmagani ma'qulroqdir. Kant aql goyalarini notanqidiy idrok etishdan saqlanishga chaqiradi. Uning fikricha, aql goyalari nafaqat konstruktiv, balki destruktiv rol oynashi ham mumkin. Aql tajribada sinalgan bilim chegarasidan chetga chiqqan va faqat tajribada hyech qachon korilmaydigan sof tushunchalar bilan ish korgan har bir holda shunday boladi. Haqiqiyligi yoki soxtaligini biron-bir tajribada aniqlash mumkin bolmagan fikrlar ham mavjud. Yuqorida korsatilgan sabablarga kora fan hisoblanmaydigan metafizika (Kant boyicha- falsafa) tushunchalari ana shunday xususiyatga ega. Kant inson doim tajribada korilgan bilim chegarasidan chetga chiqish va tabiiy fanlarning imkoniyatlari cheklangan bilimlarini butun dunyoga nisbatan tatbiq etishga harakat qilishini ta'kidlaydi. Tajriba chegarasidan chetga chiqish bizni, masalan, dunyo vaqtda va makonda cheklangan dunyo vaqtda va makonda cheksizdir, dunyoda hamma narsa maqsadga muvofiqdir tabiatda maqsadga muvofiqlik mavjud emas, Xudo bor Xudo yoq kabi qarama-qarshi fikrlarning ikkalasi ham haqqoniy ekanligini isbotlashimiz mumkin bolgan aqlning yanglishishlariga olib keladi. Barcha kategoriyalarni Kant ongimizning bilish ob'ektiga emas, balki sub'ektiga tegishli bolgan aprior elementlari deb e'lon qiladi. Aprior elementlar deganda tugma emas, balki individning rivojlanish jarayonida ozlashtirilgan elementlar tushuniladi. Kant mulohazalarining mantigini tushunish uchun bola nutq qobiliyatining rivojlanishini kuzatamiz. Bunda biz bola sozlarni ularning umumiy qabul qilingan ma'nosida emas, balki mazmunini ozi ozlashtirgan sozlar bilan oxshashlik boyicha qollashini albatta payqaymiz. «Oyi, mening umurtqam qaerda?», deb soraydi sizdan kichkintoy oglingiz. «Mana u», deb uning umurtqasini korsatasiz. «Yoq, - deb u bosh chayqaydi, va mening umurtqam mana bu yerda», deb qoli bilan oz qulogini korsatadi. Bu misol bola tugilgan paytdan boshlab tayyor nutq shakllarini ozlashtirishini tasdiqlaydi. Bolaning shaxsiy hayot tajribasi yangi sozlarni ozlashtirish izidan quvib yetolmagani bois, u mazkur sozlarga ozining tor tajribasidan olingan muayyan ma'noni yuklaydi. Avvaliga soz shakli, songra uning tajribadan olinadigan ma'nosi, avval sozlar, songra tushuncha, sozlar esa odamlar otgan avlodlari madaniyatining yutuqlaridan olinadi: «apriori» - sozma-soz tarjimada «avvalgidan» deganidir. Kant mulohazalari zamirida bola tugilgan paytdan boshlab shakllangan til, nutq, fikrlash mantiqi va madaniyatga duch keladi, degan fikr yotadi. Til, tayyor mantiqiy shakllar taassurotlar xaosini muayyan darajada tartibga solish, borliq manzarasiga oqilona tus berish uchun imkoniyat yaratadi. Kant fikriga kora, til hissiy taassurotlar tajribasidan oldin keladi, ilmiy va odatdagi bilishning zaruriy omili hisoblanadi. Mushohada yuritish va idrok etish shakllarining apriorligi goyasi Kantga hissiy va oqilona bilishning birligini korsatish imkonini beradi: «sezgilar yordamida biz narsalarni bilamiz va faqat bilishgina bizga mushohada yuritish imkonini beradi; narsalarni biz aql bilan idrok etamiz va idrok etish natijasida tushunchalar yuzaga keladi». Aql mulohazalarining dalil-isboti «faqat shunga asoslanadiki, ular har qanday tajribaning intellektual shaklini tashkil etadi va shu sababli ularning qollanilishi doim tajribada korsatilishi mumkin». Umuman olganda, tajribada tasdiqlanmagan har qanday tushuncha uydirmadan boshqa narsa emas. Kant taklif qilgan falsafiy kategoriyalar tasnifi borliq va bilish kategoriyalarinigina oz ichiga olmaydi. Kant falsafasining tarkibiy qismini «Sof aqlning tanqidi» - «Amaliy aql tanqidi» va «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» asarlari ham tashkil etadi. Bu asarlarda mutafakkir insonning ma'naviy qobiliyatlarini axloq va estetika kategoriyalarida tavsiflaydi. Shunday qilib, Kant shunday bir oziga xos tizimni yaratadiki, u yevropa falsafiy tafakkuriga, ayniqsa nemis falsafasiga juda kuchli ta'sir korsatdi. Kant goyalari nemis idealizmining taniqli namoyandalari Fixte, Gegel, Shelling asarlarida tanqidiy yondashuv bilan qayta ishlandi va rivojlantirildi. I.Fixte falsafaga axloqiy qonun oliy tamoyili sanalgan mustaqil ontologik asos sifatidagi faoliyat kategoriyasini kiritdi. Shu sababli Fixte bilishni ham sub'ekt, ya'ni «Men» (uning terminologiyasida) faoliyatining mahsuli sifatida tushunadi. Bilish ob'ekti («Men emas»)ga kelsak, u inson «Meni»ning mahsuli sanalsa-da, lekin amalda mavjud bolgan narsa emas. Shu orinda, inson dunyoning yaratuvchisi ekan-da, degan tabiiy bir savol tugiladi. Fixte oz nuqtai nazarini shunday tushuntiradi: «Men emas», ya'ni tabiat «narsa ozida», ya'ni ob'ektiv borliqdir, lekin bizning «narsa ozida» haqidagi bilimimiz oz taassurotlarimizni anglab yetishimizdan boshqa narsa bolmay, ularning manbai «narsa ozida» emas, balki aql-zakovatimiz harakati, ya'ni «sof Men»dir. Fixte mushohadaga asoslangan bilimning rolini inkor etmagan holda, tabiatni bilishni ham, insonning tabiat ustidan hukmronligi doirasini kengaytirishni ham ta'minlaydigan amaliyotni birinchi oringa qoyadi. Faoliyat nazariy ish koradigan biluvchi «Men» bilan «Men emas» dunyosi ortasidagi boglovchi bogindir, shu sababli real borliqni faqat amaliy harakatlar yordamida bilish mumkin. Amalda inson tabiat predmetlarini oz ehtiyojlariga muvofiq ozgartiradi va shu bois ozgartirilgan tabiatni insonning ozi aniq aks etadi. Fixtening xizmati shundaki, u nazariy muomalaga, falsafiy kategoriyalar tizimiga amaliyot tushunchasini kiritadi va shu tariqa bilish nazariyasini ham, antropologiya, ya'ni inson haqidagi ta'limotni ham sezilarli darajada boyitadi. Ma'lumki, G.Gegel falsafasining eng kuchli tomoni dialektika hisoblanadi. U dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida dunyo mutlaq ruhning oz-ozini rivojlantirishi sifatida namoyon boladi. Mutlaq ruh bir vaqtning ozida ham substansiya (borliq asosi), ham sub'ekt, ya'ni oz rivojlanishi va bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish goyasiga muvofiq mutlaq goyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan otadi: sof borliq (tezis), yoqlik (antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yoq bolish sifatida, shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) goyasi Gegel falsafasini tola qamrab oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir kichik hujayrasi ham uch qismga bolinadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi sifatida ta'riflaydi. U uch qismdan iborat: - borliq; - mohiyat; - tushuncha. Mantiqning birinchi qismida Gegel borliq tushunchasini tavsiflovchi kategoriyalar: sifat, miqdor, me'yorga ta'rif beradi. Sifatni Gegel «borliq bilan ayniy bolgan bevosita muayyanlik» deb ta'riflaydi. Ayni shu sababli predmet oz sifatini yoqotar ekan, ozining avvalgi mohiyatini ham yoqotadi. Miqdor sifatning inkoridir: «Miqdor sof borliq bolib, unda muayyanlik borliq bilan ayniy emas, balki yoqolgan yoki befarq tus oladi». Me'yor predmet borligining, miqdor ozgarishlarining shunday bir chegarasiki, bunda predmet ozining aniq sifatini yoqotmaydi. Miqdor ozgarishlari me'yori chegarasidan otar ekan, predmet yangi sifat holatiga otadi. Gegelning mohiyat haqidagi ta'limoti - bu harakatlantiruvchi kuch haqidagi ta'limotdir. Mohiyat ichki ziddiyat, qarama-qarshiliklarning ayniyligi. Ayniyatni Gegel tafovutni oz ichiga oluvchi nisbiy ayniyat sifatida tushunadi. Gegel ayniyatning matematik tipdagi (AA qabilidagi) formal-mantiqiy talqinini tanqid qiladi. Ayniyat haqidagi ta'limotda Gegel ayniyat, tafovut, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar kabi tushunchalarga ta'rif beradi. Gegel mohiyatni u yoki bu darajada tavsiflovchi ayrim boshqa kategoriyalar, chunonchi: asos, hodisa, mavjudlik, namoyon bolish, munosabat, borliq, substansiyalilik, kauzallik, ozaro boglanishni ham korib chiqadi. Gegel mohiyat refleksiya sifatida ham, ob'ektivlik omili sifatida ham tavsiflanishi mumkinligini qayd etadi. Mohiyat hodisadan ayri holda mavjud narsa emas, hodisa esa mohiyatni yashiruvchi narsa emas, u mohiyat bilan uzviydir. Mohiyat hodisada qanday namoyon bolishini va hodisa mohiyatni qanday ifodalashini korish lozim. Mohiyat korinish (royo) va namoyon bolishga ajratish mumkin bolgan hodisaning tomoni hisoblanadi. Ammo royo ham hodisani nafaqat niqoblaydi, balki uni namoyon etadi. Tushuncha haqidagi ta'limotda Gegel ob'ektiv tushunchani farqlaydi u narsalarning ozida yashaydi, uning mavjudligi tufayli narsalar mohiyat kasb etadi, narsani anglash uning tushunchasini anglash demakdir. Sub'ektiv tushuncha bizning borliqni bilish usulimiz sifatida ta'riflanadi. Umuman olganda Gegel mantigida tushunchalar (kategoriyalar)ning rivojlanuvchi tizimi oz ifodasini topadi. Uning fikricha, tushunchalar dialektikasi narsalar dialektikasini belgilaydi. Har bir kategoriya muayyan mazmunga ega boladi va inkorni-inkor tamoyiliga kora hal qilinadigan oz qarama-qarshiligining mavjudligini nazarda tutadi. Natijada yanada umumiyroq tushunchalar tizimi vujudga keladi. Gegel naturfalsafasida ozi yashagan davrning ma'lum bolgan ilmiy tasavvurlarini bayon etadi. U tabiatni mutlaq ruhning ozgacha borligi sifatida tavsiflaydi va uning vazifasi oz falsafasining uchinchi qismi ruh falsafasida amalga oshadigan sintezga zamin yaratishdan iborat ekanligini qayd etadi. Gegel ta'riflab bergan tabiatni organishning asosiy tamoyillari hozirgi kunda ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Bular: antireduksionizm, tabiatni organishga nisbatan yaxlit yondashuv, tabiatning asosiy sohalari: mexanika, fizika, organikaning oziga xos xususiyati kabilardir. XX asrda biz yashayotgan sayyora qiyofasi butunlay ozgardi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati insoniyatni dunyo miqyosidagi ekologik tanglikka giriftor etdi. Yutuqlar va ziddiyatlardan iborat ogir va mashaqqatli globallashuv jarayoni yuz berdi. Fanda, xususan astrofizikani, Olamning kelib chiqishini organish borasida erishilgan ajoyib yutuqlar, ehtimollik nazariyasini matematik asoslash, tizimlar umumiy nazariyasi, turli tipdagi tizimlarning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi va hokazolar dialektikaning kategoriyalar apparatini sezilarli darajada boyitdi va ularga aniqlik kiritdi. Dialektika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarga sinergetika ham jiddiy tuzatishlar kiritmoqda. (Uning kategoriyalarini biz tegishli bolimlarda korib chiqamiz). Songgi on yilliklarda falsafiy tadqiqotlar doirasiga butunlay yangi soha virtualistika kirib kelmoqda. Uning falsafiy maqomini va kategoriyalar tizimini belgilash shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Hozirgi zamonda falsafada ilmiy va noilmiy bilishning nisbati, bilish sub'ektining roli, falsafiy kategoriyalarning bilish jarayoni va odamlar amaliy faoliyatidagi rolini tushunishga nisbatan yondashuvlarda tub ozgarishlar yuz bermoqda. Bu falsafa otmishning falsafiy tafakkuri erishgan yutuqlardan voz kechyapti, degan ma'noni anglatmaydi. Otmish mutafakkirlarining dunyoqarashi qanday qonunlarga muvofiq ozgargan bolsa, hozirgi zamon falsafasi ham shu qonunlarga muvofiq ozgarmoqda va rivojlanmoqda: fan va amaliyot muqarrar tarzda bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizga tuzatishlarini kiritmoqda. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling