Mavzu: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Reja: Kirish Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi
Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi
Download 97 Kb.
|
Falsafa
Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va oz fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni korib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar korinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bolib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning ozimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish ozakdosh sozlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bolgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz oz fikrlarimizni sozlar yordamida ifodalaymiz. Soz fikr va dunyo ortasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. Soz boyligimiz qancha katta bolsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng boladi. Ob'ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha soz bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» sozlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki ota umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yoli: «bu atirgul» («bu» sozi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» sozi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. Shundan song bu iboraga «gul» sozini qoshamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. Shunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e'tibor barcha gullarda mavjud bolgan umumiy jihatga qaratiladi. «Osimlik» sozi butun osimliklar dunyosini oz ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yolida harakatni davom ettiramiz. Bu yolda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq boladi, chunki osimliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham oz ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. asos, umumiy baho) deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan ozaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo oz xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning soz boyligimiz ozimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi sozlarning ma'no boyligi qancha aniq bolsa, tafakkurimiz shuncha teranroq boladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bolsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha teranroq boladi. Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya'ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil boladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til soz boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bolgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi. Kategoriya (yunon. kategoria ta'rif, mulohaza) borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini ozida aks ettiradigan ota keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling