Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Reja - Kirish
- Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi.
- Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi.
- Xulosa
Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. - Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob'ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi.
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. - Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
- Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. Shundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. Shunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e'tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |