Mavzu: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Reja: Kirish Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili
Download 97 Kb.
|
Falsafa
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili. Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda koradilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining oxshash ozaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning ortasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalariga koar oxshash, ikkinchi darajali xossalariga kora esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning ozaro nisbati muammosidir.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yigish darajasida bolgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman ozgarmas narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik toplami sifatida tasavvur qilingan, bunda narsalar va jarayonlar ortasidagi aloqalar doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur kop jihatdan yoqolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar toqnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish ozgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e'tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan oziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da'vat etgan. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi ornini ma'lum darajada dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan «metafizika» egallaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, «metafizika» atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bolimi - ontologiya sifatida tushuniladi. Marksistik an'anada «metafizika» atamasi salbiy ma'no kasb etdi: dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida orin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov Lavuaze modda va harakatning saqlanishi goyasi; G.Leybnits ta'riflab bergan rivojlanish goyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-tuman aloqalarning organilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat dialektikasi; yer evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh tizimsining kelib chiqishi haqidagi Kant Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi osha davr fani yutuqlarining toliq bolmagan royxatidir. Shu sababli Yangi davr va Ma'rifat davri falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining oziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi. Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar fani va falsafasining goyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi. Shu maqsadda u kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini farqlaydi. Kant barcha kategoriyalar aprior (tajribada korilmagan) xususiyatga ega ekanligini qayd etadi. Bilish kategoriyalarini Kant tajribaga yol ochadigan dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil taassurotlarni tasniflash, ta'riflash va ozaro aloqani amalga oshiradigan tushunchalar «tori»ga oxshatiladi. Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular bizning oz sezgi organlarimiz korsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab yetish qobiliyatimizni tavsiflaydi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling