Mavzu: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Reja: Kirish Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi
Download 97 Kb.
|
Falsafa
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan sozlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan ozlashtiriladi, ba'zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma'lum bolmagan hodisani ifodalash uchun sun'iy tarzda yaratilgan sozlar neologizmlar ham ancha kop uchraydi. Tabiiy tildan farqli olaroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya'ni erkin talqinga yol qoymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega boladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini organar ekan, albatta oz kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bogliq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «ozgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma'lum darajada umumiy bolsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qollaniladi va mazkur sohalarga xos bolgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qollaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qollanilishi mumkin bolmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega Falsafiy kategoriyalar borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qollaniladigan ota keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. Ota keng tushunchalar sifatida ular universal qollanish va butun olamni tavsiflashga da'vogar bolishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bolib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va ozlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borligini tushunish me'yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan ob'ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. 1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qollaniladigan umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bolimlariga tegishli bolgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yoqlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham oz kategoriyalar apparatiga egadir. 3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bolimlari antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bolgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha'n va qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada gozallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulugvorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qollaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini korib chiqamiz. Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bolgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyoni ideal aks ettirishning ota keng shakllari bolib, ular voqyelikni bilish va ma'naviy-amaliy ozgartirishning asosiy tamoyillari bolib xizmat qiladi. Ba'zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substansion kategoriyalar bu boshqa kategoriyalardan qat'iy nazar, alohida-alohida qollaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob'ektiv voqyelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uygun bogliq bolib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqyelik. Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq korib chiqamiz. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling