Mavzu: Falsafa ta'rifida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi Reja: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Download 67.34 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi67.34 Kb.
#1634603
  1   2   3
Bog'liq
falsafa ta\'rifida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi


Mavzu: Falsafa ta'rifida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi
Reja:

1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.


2. Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.
3. Barqarorlikning o‘zgaruvchanligi. Barqarorlik va beqarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari.

1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.

Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.


Lekin, nima uchun insonning ijodiy tafakkuri dialektikdir? Borliqning ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o‘z aksini topadi. Borliqning o‘zi doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lganligi uchun odamlar ko‘pincha shu haqda bahslashadilar. Uzoq vaqtgacha, dunyo o‘zgarmasdir, deb kelingan edi. Keyinchalik uning o‘zgaruvchanligi haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Geraklitning bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, degan so‘zlarini eslaylik. Xo‘sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o‘zgarmasdir, deganlarimi yoki, u o‘zgaruvchandir, deganlarimi? Sog‘lom fikr dunyoda o‘zgaruvchanlik ham, barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana shunday muammoga duch kelgan. O‘z mantiqiy muhokamalarining yakunida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi. Masalan, «Dixotomiya» deb atalgan mashhur aporiyani qarab chiqamiz. Zenon birorta predmet harakatini boshlang‘ich nuqtasidan so‘nggi nuqtasigacha qarab chiqadi. U quyidagi tarzda fikr yuritadi: harakatlanuvchi predmet dastlab o‘z yo‘lining yarmidan o‘tadi, so‘ngra qolgan yarmining yarmidan o‘tadi va shu tariqa yo‘lda cheksiz davom etaveradi. Shuning uchun hamisha yo‘lning predmet o‘ta olmaydigan biron bir qismi qolaveradi. Zenon shunga asoslanib, harakatdagi predmet qanday tezlik bilan harakatlanmasin hech qachon so‘nggi nuqtaga yeta olmaydi, chunki, yo‘lning o‘tilgan qismlari uzunligining har qanday yig‘indisi hech qachon yo‘lning butun uzunligiga teng bo‘lolmaydi, deb o‘ylagan. Shuning uchun u harakat umuman mumkin emas, degan xulosaga keladi.
Albatta, Zenon harakat mumkin emasligining mantiqiy isboti bilan uning mumkinligini hissiy idrok etish o‘rtasidagi tafovutni ko‘rgan. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham bu ziddiyatni fan to‘laligicha bartaraf eta olgan emas. Mazkur muammoning hozirgi zamon tadqiqotlarida (B.Rassel, A.Gryunbaum) bu dixotomiya differensial operatsiyalar va integral operatsiyalar qarama-qarshiligi asoslari to‘g‘risidagi muammo sifatida ta’riflanadi.
Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, daosizm falsafasiga ko‘ra, dunyoda hech narsa doimiy emas: bir xil narsalar ketadi, boshqalari keladi, birlari ravnaq topadi, boshqalari zavol topadi. Hodisalar muayyan yetuklik darajasiga yetkach, o‘z ziddiga aylanadi: noto‘la to‘laga, egri to‘g‘riga, bo‘sh narsa to‘la narsaga aylanadi, eski yangi bilan almashadi.
Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq joiz. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va aksincha, o‘sha o‘zgargan budir»1. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va hakozo.
Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G‘arbiy Yevropaga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqda ko‘proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo‘lsada, Dekart, Spinoza, Leybnis va boshqalarda dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin.
Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida kuchli rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning o‘zgaruvchanligi, ziddiyatliligi to‘g‘risidagi g‘oyalarga) asoslangan bo‘lsa, Xegel dialektikasi asosan o‘z zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy g‘oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning asosiy tushunchalarini – uning kategorial apparatini ta’riflab berdi, bu apparat bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi. Xegel dialektikasining asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o‘tishlar, o‘zgarishlarning turli-tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi. Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta’riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta’riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalish-larni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta’limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat.
Shunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani aniqlashni talab qiladi.
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob’ektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni odamlar ongidan qat’iy nazar, ob’ektiv qonuniyat sifatida mavjud bo‘ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, o‘zaro aloqa o‘zining mohiyati va tabiatiga ko‘ra serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog‘lanadi, bu aloqa moddiy va ma’naviy dunyo hodisa va jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarning oxiri ko‘rinmaydigan tarmog‘i bilan tavsiflanadi.
To‘rtinchidan, real aloqalar o‘z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang aloqalarini tahlil qilishga nisbatan differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog‘lanishlar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog‘lanishlar).
Ammo aloqalarning ko‘p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos aloqalar (bog‘lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz aloqalar; zaruriy va tasodifiy aloqalar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar kiradi.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o‘z tabiatini ro‘yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni o‘ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo‘lgan. Bu to‘g‘rimi? To‘g‘ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo‘shimcha qilinsa. Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro aloqaga aytiladi.
- Aloqaning ob’ektivligi. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to‘xtatishimiz mumkin, deb aytish aqlga sig‘maydi.. Demak, qonunning muhim belgisi narsalarning ob’ektiv holatini, narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv aloqani aks ettirishida namoyon bo‘ladi.
- Aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi bog‘lanish. Aytaylik, elementlarning davriy qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va elementlarning kimyoviy xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi;
- Aloqaning zaruriyligi. Zaruriy aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo‘luvchi bog‘lanish. Masalan, fizikada ma’lum bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning uzunligi va ko‘ndalang kesimining yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr toki o‘tgan har bir holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi moddadan yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar bilan belgilanadi;
- Aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli (materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi;
- Aloqaning umumiyligi. Aloqaning umumiyligi shunda namoyon bo‘ladiki, unga ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi.
Tarixiylik tamoyili. Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo bo‘lish, rivojlanish va yo‘qolish bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Masalan Yer taxminan 6 milliard yil ilgari issiq gazsimon tumanlikdan paydo bo‘lib, hozirgi holatiga yetgan. Ayni paytda olimlar qachonlardir Yerning sovib, oysimon, sovuq planetaga aylanishini e’tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini “olamning moddiy birligi haqidagi monistik tamoyilga” mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb hisoblaydilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish to‘g‘ri emas. Chunki, ilgari Oy oddiy planeta bo‘lgan, hozir esa sovuq kosmik jism, qutb yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha bo‘lgan, insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to‘liq shakllangan. Bunda tarixiylik to‘liq namoyon bo‘layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy, biz uning faqat muayyan fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini qo‘ramiz xolos. Shuning uchun tarixiylik tamoyili haqida emas, balki evolyusiya tamoyili haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Tarixiylik tamoyilining shakllari turlicha. Tarixiylikning ijtimoiy jihati ijtimoiy tarixning qonuniyatligi, uning taraqqiyoti qaytarilmas ekanligidan dalolatdir. Yangi ijtimoiy tuzilma va tizimlarning paydo bo‘lishi muqarrar. Ijtimoiy hayotni o‘rganishda tarixiylik tamoyili g‘oyasi Ibn Xaldun, ar-Roziy, Gegel, Shmoller ijodida aks etgan. Metodologik jihatdan tarixiylik tamoyili jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yaxlitlikni, rivojlanishning istiqbollarini baholash imkonini beradi
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Shunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi

Download 67.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling