Mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Fanning funksiyalari va taraqqiyotning asosiy bosqichlari
Download 358.98 Kb.
|
1-MAVZU
Fanning funksiyalari va taraqqiyotning asosiy bosqichlariMa’lumki, inson va insoniyat faoliyatida fan ham muhim ahamiyat ga ega. Fanlarning kelib chiqishi insoniyat taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqa boshladi. Fanning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida asosan ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi: eksternalistik va internalistik. Eksternalistik yondoshuv tarafdorlarining fikricha, fanning paydo bo‘lishi faqat tashqi omillarga ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning ta’sirlari bilan bog‘liq. Ushbu sohalarning determinatsiyasi – ya’ni sababiy bog‘lanishlari natijasidir. Internalizm ta’limoti tarafdorlarining fikricha, fanning kelib chiqishi va rivojlanishi ehtiyojlarga bog‘liq. Shu bilan birga internalizmchilar tafakkur taraqqiyotini ham unutmaydilar. Tafakkur natijasida qonun va qonuniyatlar paydo bo‘ladi va ushbu sohalar fanlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda mazkur ikki sohada fikr yurituvchilarning mulohazalari nisbatan qarama-qarshi bo‘lsa-da, bir-birlarini mutlaqo inkor etmaydilar. Ko‘plab tadqiqotlarning xulosalari bo‘yicha fan qadimgi Yunonistonda milloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalarida vujudga kelganligini e’tirof etadilar. Aslini olganda fanning unsurlari bir necha ming yillar ilgari qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr, Markaziy Osiyoda ham paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar, ayniqsa, yevro- patsentrizm tarafdorlari fanni faqat yevropa taraqqiyoti bilan bog‘lashlari unchalik to‘g‘ri emas. Demoqchimizki, fanning paydo bo‘lishida qadimgi Sharq mamlakatlarining ham hissalari ulkandir. Ta’kidlash lozikmki, fan bir butun institut sifatida ya’ni ilmiy bilimning mustaqil tarmog‘i shaklida XIV asrning boshlarida shakllandi. Bu davrda jahonda ijtimoiy inqiloblar yuzaga keldi. Natijada san’atning turli tarmoqlari, savdo-sotiq, harbiy bo‘linmalar, dengizchilik, arxitektura sohalari rivojlandi.Ushbu jarayonlar avvalgi fan obyektlarini kengayishiga turtki bo‘ldi. Fanlarning tarixiga e’tibor qaratsak, fanlarni klassifikatsiyalashga qadimdan uringanlar. Jumladan, mutafakkir Aristotel’ fanlarning tasnifini quyidagicha izohlagan. (Ushbu sxemalar 21-22 betlar I.Saifnazarov va boshqalar. Fanning falsafiy masalalari.T. “Fan va texnologiya” 2007 yil.dan olindi.) Ko‘rinib turibdiki, fanlar haqida faqat yevropa olimlari emas balki Sharq mutafakkirlari ham o‘z fikrlarini bildirib qoldirganlar. Yuqoridagi sahifalarda falsafaning ilmiy dushyoqarash sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatgan edik. Binobarin, fan ham ilmiy dunyoqarash qatorida e’tirof etilishi mumkin. Fan falsafa kabi dunyoni tushunish uchun vositadir. Taraqqiyotning barchasi ma’lum bir bosqichlardan iborat bo‘lganidek, fan rivoji ham bosqichlarga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, fan XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Fanning birinchi bosqichi er.av. birinchi ming yillikdan XVI asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tabiat – jamiyat, inson haqida turli qarashlar va fikrlar paydo bo‘ldi. Naturfalsafa, ya’ni predmet va hodisalar haqidagi, umuman matematika, astronomiya, tibbiyot to‘g‘risidagi ilmiy kashfiyotlar ko‘zga tashlandi. Turli usul va metodlarga e’tibor qaratildi. Qadimdayoq fizika, o‘simlikshunoslik, embiriologiya, mineralogiya, geografiya, tarix sohalarida fanlarning ilk ildizlari rivojlandi. Hatto, qadim davrlarda mexanika, gidrostatika, geometriya, optika kabi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Lekin bularning barchasi falsafa fanining bo‘laklari sifatida o‘rganib kelindi. Fanning ikkinchi bosqichi XVII-XVIII asrlar bo‘lib, bu bosqich XIX asrgacha davom etdi. Bu davr ko‘proq N.Kopernik, G.Galliley tadqiqotlaridan boshlandi va I.Nyuton, Leybnitslarning kashfiyotlari orqali yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu davrda oldingi kashf etilgan qonunlar, usullar tahlil qilindi. Astronomiya, fizika, matematika, ijtimoiy fanlar qayta tahlil qilindi. Shu paytda fanlarni falsafadan ajrala boshlagani ko‘zga tashlanadi. Fanlar mustaqil bo‘la boshladi. Ilmiy salohiyat rivojlandi. Qadimda faqat Platon, Ma’mun Akademiyalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi London Qirollik jamiyati, Parij Fanlar Akademiyasi, keyinroq Berlin, Sankt- Peterburg, Stokgol’m va yevropaning boshqa yirik shaharlarida ilmiy akademiyalar tashkil topdi. Fan taraqqiyotining uchinchi bosqichi X1X asr o‘rtalridan boshlab XX asrning 60-70-yillarigacha bo‘lgan davrni olish mumkin. Bunga sabab XIX asrning o‘rtalarida hujayra nazariyasi, energiyaning saqlanishi va bir turda ikkinchi turga aylanishi, evolyutsion ta’limotning yuzaga kelishi bilan ham bog‘liq. Bu davrlarda ilm bilan shug‘ullanuvchilar miqdori ancha kengaydi. Ularning mavqei ko‘tarildi. Chunki amalga oshirilgan kashfiyotlar inson tafakkurini ham o‘zgartira boshladi. Og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalariga jadal holda fan kirib keldi. Natijada ishlab chiqarish ham tez rivojlandi. Sababi fan yutuqlari amaliyotdan chuqur o‘rin oldi. Fan taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichi XX asrning 50-yillaridan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda genetika, kibernetika fanlari, kosmos haqida fanlar rivojlandi. Bu davrlarni tadqiqotchilar fan va texnika inqilobi davri ham aytadilar. Chunki ikkinchi jahon urushidan so‘ng fanlarni yanada rivojlantirish zaruriyati tug‘ildi. Sanoatni turli tarmoqlarini qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, tanstport, elektrotexnika, komp’yuterlarni rivojlantirish kabi sohalarda yirik o‘zgarishlar sodir bo‘ldiki, haqiqatdan ham fanlar inqilobi edi. Bu davrga kelib, fan yutuqlarini hayotga tatbiq etish muddatlari ham qisqardi. Olimlarning fikricha, bu davr katta fan davri deb ham yuritiladi. Barcha rivojlangan mamlkatlarda ilmiy tashkilotlar, o‘quv markazlari miqdori misli ko‘rilmagan darajada oshdi. Natijada fanning funksiya (vazifa)lari ham ortdi. Sababi har bir davr fanlar oldiga turli yechimlarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda edi. Binobarin fanlarning maqsadi yangi obyektiv bilimlarni kashf etish va ularni yo‘nalishlarini belgilashdan ham iborat bo‘lgandi. Fan ijtimoiy madaniy hodisadir. Shu sababli uning vazifa va funksiyalari ham keng qamrovlidir. Ularga quyidagilar kiradi: a) ilmiy bilimlarni o‘zida jamlaydi va qonun hamda va kategoriyalarni shakllantirib tushuntiradi, xususiyatlarini bayon qiladi; b) predmet va hodisalarni loyihalaydi va muayayn obyektni o‘zgartirishga yordam beradi. Texnologiyalarni o‘zgartirish, zamonaviylashtirishda yetakchilik qiladi. Madaniy funksiyaga ega. Inson faoliyatini yengillashtiradi. Dunyoqarashni shakllanishiga ta’sir qiladi; v) jamiyatdagi sohalarni tartibga solishda ko‘maklashadi. Zaruriyatni amalga oshiradi. Faraz va taxminlarni isbotlaydi. Yangiliklarni, salbiy, ijobiy tomonlarini tasdiqlashda qatnashadi; g) xalq xo‘jaligini turli tarmoqlar uchun bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi; d) rejalar tuzishda, usullarni ishlab chiqish va amaliyotda tatbiq etish yo‘llarini belgilaydi. Fan ijtimoiy taraqqiyotda yetakchi kuch vazifa va funksiyalarni bajaradi. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fan falsafa bilan mustahkam aloqadadir. Aniq fanlar ma’lumot va kashfiyotlarni ijro etsa, falsafa fani ularni umumlashtirib, xulosalarni beradi. Barcha fanlarni nazariya bilan qurollantiradi. Fan taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Shu sababdan ham falsafa fanlarning metodologiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Download 358.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling