Mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Falsafa fanining predmeti funksiyalari


Download 358.98 Kb.
bet7/13
Sana22.11.2023
Hajmi358.98 Kb.
#1793633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1-MAVZU

Falsafa fanining predmeti funksiyalari


Bizni o‘rab turgan borliqda bir-biridan farq qiluvchi, lekin uzviy bog‘langan moddiylik va ma’naviylik, jismoniylik va ruhiylik, obyektivlik va subyektivlik mavjuddir. Shuning uchun ham falsafa olam to‘g‘risida birdan-bir to‘liq tasavvur berish uchun xizmat qiladi. Hayotdagi jarayonlar nimalardan iborat? Unda nimalar harakat qiladi, moddiylikmi yoki ma’naviylikmi? Fizik jismmi yoki ruhiyatmi, obyektmi yoki subyektmi, tabiatmi yoki ongmi, bu-bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, inson tafakkuri olamni bila oladimi, uning rivojlanish qonunlari to‘g‘risida fikr yurita oladimi, fikr yuritish natijasida obyektiv borliqni o‘zgartirib, kerakli tomonga bura oladimi. Dunyo o‘tkinchimi yoki abadiymi? Uning boshlanishi bo‘lganmi? Oxiri qachon bo‘ladi? Dunyodagi borliq nima? Borliqda nimalar, kimlar harakat qiladi? Dunyoning bir butunligi nimada? Uning tizimi nimalardan tashkil topgan? Boshqa koinotlar bormi? Olamning rivojlanishi qanday qonuniyatlarga bo‘ysunadi? Hayotni o‘zi nima, unda yashash shartmi? Yashashdan maqsad nima? Odamning paydo bo‘lishi va ongning taraqqiy qilishi nimalarga va kimlarga bog‘liq? Evolyutsiya va revolyutsiya nima? Ongning tabiatga va jamiyatga ta’siri bormi? E’tiqod, iymon nima? Insonlarni umuman, azaldan nimalar qiziqtirib kelgan, degan masalalarni hal qilish amaliyotda muhimdir.
Ana shu jarayonlarning ba’zilarini tekshirish predmeti, aniq fanlar bo‘lishi bilan birga falsafiy muammolar hamdir. Borliq faoliyatini subyektiv xohishlar belgilamaydi. Narsa va hodisalar faoliyati umumiy va xususiy qonunlar bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan tabiatni, ijtimoiy hayotni alohida xususiy fanlar qonunlari ham o‘rganadi. Bu narsa va hodisalar o‘rtasida hukmron bo‘lgan umumiy bog‘lanishlar borki, ularni eng umumiy bo‘lgan falsafiy qonunlar o‘rganadi.
Shu sababli bu qonunlar falsafaning predmeti, bahs-mavzui bo‘lib hisoblanadi. Falsafa avvalo, ong va tabiat, tafakkur va borliq, jamiyat va inson o‘rtasidagi aloqadorliklarning eng umumiy
tomonlarini o‘rganadi. Falsafa ushbu muammoning yechimini o‘rganish bilan materiya ta’limoti to‘g‘risida fikr yuritib, uning xususiyati nima, ong qanday paydo bo‘lgan, ongning shakl va tuzilishi qanday, uning nisbiy xarakteri va faolligi to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Falsafa olam taraqqiyotini hisobga olgan holda, ongning tabiiy jarayonlar va hodisalarga umumiy munosabatini, ularning ta’sirini shakllarini tekshiradi. Falsafa predmetiga olamni bilish jarayoni ham kiradi. Binobarin, falsafaning predmeti tabiat, jamiyat rivojining hamda inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonunlaridir. Falsafada qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish, inkorni inkor qonunlari borki, bular predmet va hodisalarni o‘rganishda muhim bosqichlardir. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorliklar falsafiy kategoriyalar orqali tushuntiriladi. Bu kategoriyalar mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl va boshqalardir.
Dunyoda umumiy va xususiy qonunlar obyektiv mavjud bo‘lib, ular bir–biri bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Shuning uchun ham aniq fanlarni o‘rganmasdan turib dunyoning umumiy qonunlarini o‘rganish mushkul.
Boshqa tomondan umumiy qonunlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lmasdan turib, xususiy fanlar qonunlarini bilish mumkin emas. Demak, falsafa predmetiga ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong, ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, bazis va ustqurma, xalq ommasi, sinflar, shaxs, dohiylar, zaruriyat va erkinlik to‘g‘risidagi muammolar ham kiradi. Keyingi paytlarda falsafa, logika, estetika, etika kabi sohalarni ham qayta tahlil qilishda va xulosalashda muhim qadamlar qo‘ydi.
Falsafiy muammolar doimo yangilanib turadi. Chunki, eski, an’anaviy masalalar yangi jihatlarni keltirib chiqaradi. Bu jihatlar maxsus tadqiqot zarurligini taqozo qiladi.



Download 358.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling