Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashlik mohiyati. Yangicha fikrlash va mustaqillik dunyoqarashi. Reja


Download 33.9 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi33.9 Kb.
#1162671
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashlik mohiyati.
Yangicha fikrlash va mustaqillik dunyoqarashi.


REJA

  1. Falsafaning predmeti, bahs mavzulari, funksiyalari va ozgaruvchan xarakteri.

  2. Falsafa vа dunyoqarash. Dunyoqarashning shakllari.

  3. Falsafa vа fan. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

  4. Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va voqelikka yangicha falsafiy yondashuv.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Falsafa fanining baxs mavzusi, Falsafa atamasi, dunyoqarash, dunyoqarash strukturasi, mifologiya, diniy va falsafiy dunyoqarash, kadriyat, falsafa va mafkura, falsafa va siyosat, insonparvarlik, tafakkur.


Mavzuga oid muammolar:

  1. Dunyoqarash insonning tub moxiyatini xarakterlovchi tushuncha sifatida tushuniladi. Sizningcha dunyoqarashning qaysi shakllarida borliqka bo’lgan ongli insoniy munosabat aks etgan.

  2. XX asr falsafasida mifalogik dunyoqarashga nodogmatik yondashuvlarning shakllanishi masalasi.



1-savol bayoni: Kishilar olam xaqidagi, undagi narsa va xodisalar xaqidagi bilimlarni fanlarni urganish orqali xosil kiladilar. Falsafa fan bo’lib, u qadimgi davrlardan shakllangan va rivojlangan.
«Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan, «filio» (sevmoq) va sofos (donishmandlik) so’zlarining birikuvidan iborat bo’lib, uning lugaviy ma’nosi – donishmandlikni sevish demakdir.
Abu Nasr Farobiy xam uzining «Falsafaning ma’nosi va kelib chikishi xaqida» deb nomlangan asarida «Falsafa» atamasining yunon tilidan kelib chikkanligini ta’kidlaydi. Kishilar qadimiy olamni urganishga, uning siru asrorlarini tushunishga xarakat qilganlar. Bu borada kishilarni turli tuman savollar (Bizni urab turgan olam nima? U qanday? U qanday paydo bulgan? qanday qilib rivojlangan? Insonning olamga munosobati qanday? U dunyoni anglay oladimi? Inson va jamiyat qanday paydo bo'lgan? Insonning jamiyatda tutgan urni qanday? jamiyatning xarakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? kabilar) qiziqtirgan va ularga javob izlaganlar. SHuning uchun xam qadimda greklar falsafani donolik fani yoki donishmandlik deb ataganlar.
Falsafa fan sifatida uzoq tarixga ega bo’lib voqelikdagi narsa va xodisalar moxiyati, ularning eng umumiy aloqadorliklari va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishga qaratilgandir. Bu to’g’rida Farobiyning quyidagi so’zlari aloxida e’tiborga sazovordir:
«Mavjudot xaqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu xaqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil xujjatlar asosida shu narsa xaqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bulsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz».
Falsafaning paydo bulishi insoniyat jamiyati taraqqiyotining qadimgi davrlariga borib takaladi. Dastlab falsafiy ta’limotlar qadimiy shark mamlakatlarida shakllangan va rivojlangan. Falsafa fan sifatida jamiyat xayoti, uning taraqqiyoti davrlari bilan bevosita aloqador. Falsafa ijtimoiy taraqqiyotining turli davrlarida turlicha falsafiy dunyoqarashlar mavjud bulgan va shunga mos ravishda falsafaning baxs mavzusi xamda vazifalari xam uzgarib borgan. Dastlab insoniyat jamiyati taraqqiyotning qadimgi kurinishida falsafa kishilarning olam xaqidagi barcha bilimlarini kamrab olgan «fanlarning fani», xisoblangan. Keyinchalik bilimlarning rivojlanib borishi natijasida tabiat xaqidagi fanlar tabiiy fanlar xamda jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot xaqidagi gumanitar fanlar shakllana boshlagan ya’ni fanlarning diferensiyalashuvi boshlandi.
Xozirgi davrda falsafa fanining asosiy muammosi bo’lib, inson xisoblanadi. SHundan kelib chikib, falsafaning baxs mavzusi deganda, inson uning olamga munosobati nazarda tutiladi. Boshkacha qilib aytganda, falsafa fanining muammolari markazida inson turadi. Falsafa tafakkurni, fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan fandir.
Falsafa voqelikning eng umumiy xossalari va aloqadorliklari, ularning inson ongida aks etish xususiyatlarini urganishga qaratilgan fan bo’lib, u muayyan fundamental koidalar yigindisiga asoslanadi. SHu nuktai nazardan falsafa uch turkum muammolarni uz ichiga kamrab oladi.

  1. Borliq, uning rivojlanish muammolari: borliq–inson atrofini kurshab turuvchi voqelikni ifodalovchi tushunchadir.

2. Dialektika nazariyasi borliq muammosi bilan bir katorda voqelikning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish to’g’risidagi ta’limotdir.
3. Olamni bilish, borliqni inson ongida aks ettirish murakkab jarayondir. Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani in’ikos nazariyasini ishlab chikdi. Mazkur muammolar falsafa, uning tarixiy taraqqiyotining barcha boskich va yunalishlari markazida turadi.

Falsafa fani shu ma’noda unga xos bulgan ikki xususiyatni takoza etadi: birinchidan, falsafa fan sifatida uz predmet, ya’ni baxs mavzusiga ega u doimo rivojlanib boradi. Ikkinchidan: falsafa aloxida xususiy fanlar singari olamning u yoki bu soxasi, tomonini emas, balki yaxlit olam sifatida urganadi. Olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini tekshiradi. SHu ma’noda falsafa boshka xususiy fanlarning nazariy asosini tashkil etadi va boshka fanlar uchun ilmiy bilash usuli xisoblanadi.


Falsafa insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy, tarixiy meros durdonalaridan foydalanish, fanlar erishgan yutuklarga tayanish asosida rivojlanib boradi, xamda kishilarda olam xaqida bir butun yaxlit ilmiy falsafiy duyonkarashlarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat kiladi.

Download 33.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling