Mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Download 97.87 Kb.
bet17/37
Sana16.03.2023
Hajmi97.87 Kb.
#1278329
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.

Materialistik dialektika. Gegel dialektikasi materialistik dialektikaning shakllanishiga zamin hozirlagan. Materializm dialektik mantiq bilan bog‘langan. Buning natijasi o‘laroq dialektikaning uchinchi tarixiy shakli yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi). Unga amalda ilmiy bilishning rivojlanishi yo‘l ochib bergan. XIX asrning 40-yillarigacha fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo bo‘lgan va ular tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik nuqtai nazaridan asoslagan. Ularning orasida uch kashfiyot: fizikada – materiya harakati shakllarining o‘zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonunining aniqlanishi; biologiyada – butun jonli tabiatning (o‘simliklar, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan yagonaligini yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi; rivojlanish g‘oyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqani Darvinning evolyusiya nazariyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu sharoitda materialistik dialektika borliqning o‘xshashi, ya’ni borliqni uning o‘ziga mos ravishda fikrlash va bilish imkoniyati sifatida falsafiy tafakkurning fanga ayniqsa mos keluvchi shakliga aylangan.
Materialistik dialektikaning shakllanishida tarixni materialistik tushunish ayniqsa muhim rol o‘ynagan. Bu kashfiyot yordamida dialektikaning nafaqat materializm, balki gumanizm bilan ham sintezi amalga oshirilgan. Dialektika insonga bog‘lanmasdan, o‘z holicha emas, balki inson hayot faoliyatining konkret-tarixiy muammolari nuqtai nazaridan qarala boshlagan.
Klassik dialektika. Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi.
Ikkinchidan, dialektika ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.
Ob’ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub’ektdan, inson va insoniyatdan qat’iy nazar mavjuddir. Sub’ektiv dialektika – bu sub’ektning fikrlash dialektikasi va uning ob’ektiv dunyoni bilishi. Ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob’ektiv va sub’ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‘z ichki mantiqiga ega. Ob’ektiv dialektika tafakkurda, sub’ektiv va ideal shakllarda aks etadi.
Ob’ektiv va sub’ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‘qoladi». Hamonki sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob’ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‘zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob’ektiv dunyoni va o‘zini o‘zi o‘zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in’ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.
Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «poydevori» uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda ob’ektiv dunyoni va uni uzluksiz o‘zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy g‘oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni. Dialektika kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‘lib, ularda va ularning yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. (Dialektika tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini biz quyida atroflicha ko‘rib chiqamiz.)
To‘rtinchidan, dialektikaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, kategoriyalarining mazmuniga va bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub’ektga qo‘yiladigan tegishli talablar shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‘l ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan sub’ekt borliqni bilish va amalda o‘zgartirish masalalarida amal qilishi lozim bo‘lgan tegishli normalar va qoidalar ham ishlab chiqiladi. Dialektika bergan metodologik jihatdan to‘g‘ri mo‘ljallar tadqiqotning to‘g‘ri yo‘lini tanlashga, ko‘p sonli xatolarni chetlab o‘tishga, ortiqcha ish, keraksiz harakatlarga kuch va qimmatli vaqtni behuda sarflamaslikka yordam beradi.
Shunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika-bu:
a) hodisalarning ularga xos bo‘lgan ziddiyatlar vujudga kelishi, o‘zaro ta’sirga kirishishi va yechilishiga muvofiq rivojlanishidan iborat bo‘lgan ob’ektiv jarayon;
b) tabiat, jamiyat va tafakkurning harakat va rivojlanish universal qonunlari haqidagi falsafiy konsepsiya; dunyoni bilish va o‘zgartirish metodi. Uning tizimiga kiruvchi rivojlanishning umumiy qonunlarini bilish o‘tmishni anglab yetish, hozirgi dunyoda yuz berayotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunish va kelajakni bashorat qilish imkonini beradi.

Download 97.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling