Mavzu: Falsafiy antropologiya. Yangilanayotgan O`zbekis- tonda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. Reja
Download 36.91 Kb.
|
8-mavzu
Mavzu: Falsafiy antropologiya. Yangilanayotgan O`zbekis- tonda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. REJA 1. Inson falsafiy muammo sifatida. Inson borlig`i. 2. Falsafiy antropologiyaning shakllanishi. Insonning bioijtimoiy mohiyati. 3. Yangilanayotgan O`zbekistonda insonning huquq va erkinlik- lari. 4. Hayot mazmuni va unda insonning o’rni. Hayot va o’lim. Tayanch tushuncha va iboralar.' Qadimgi Xindiston va Xi/poi falsafasida inson muammosi, Konfusiy, daosizm, tasavvuf, Beruniy, uygonish davri faylasuflari inson xaqida, T. Gobbs, I. Kant, 3. Freyd.Antropogenez, inson biologik mavjudot sifatida, inson ijtimoiy mavjudot sifatida, inson-biososial mavjudot.Inson xayoti, ulimi, manguligi, islom dinida inson xayoti, uning ma’nosi va ulimi masalasi; Xozirgi inson falsafasi, mangulik. Mavzuning bayoni: Inson to’g’risidagi ilk tasavvurlar falsafa maydoniga kelishidan ancha avval xam bulgan. Bular tabiat va inson nisbati to’g’risidagi ertAqlarda, turli asotirlarda (miflarda) ifodalangan eng sodda fikrlar edi. Ayni shu fikrlar asosida va ular bilan aloqadorlikda insonni falsafiy tushunishga doyr ta’limotlar yuzaga keladi. Inson va uning moxiyati xaqidagi dastlabki bunday falsafiy ta’limotlar Qadimgi Xindiston, keyinrok Xiyuyda rivoj-landi. Qadimgi Xindiston falsafasida bu masala "inson kaerdan paydo bulgan", "biz kaerda yashaymiz", "kaekka karab borayapmiz" kabi savollar tarzida kuyilib bu savollar tarzida kuyilib, bu savollarga berilgan javoblarda insonning ijtimoiy - ma’naviy moxiyatini taxlil etish bilan birga uning barcha jonli mavjudotlar bilan umumiyligiga xam e’tibor qaratilgan. Inson muammosi taxlilida xitoylik Konfusiyning ta’limoti aloxida ajralib turadi. uning falsafiy karashlarida insonning axlokiy tabiati, oiladagi xaeti va davlatni boshkarishi masalalari katta urin olgan. Garchi Konfusiy ta’limotida tabiat masalalari aloxida va bevosita urin olmagan bulsada "osmon" va "osmon xukmi" tushunchasi xiyla katta salmokka egadir. "Osmon xukmi" - bu takdir bo’lib, inson xayoti va ulimi uning tomonidan belgilab kuyilgan. Konfusiyning "uzinga nimani istasang, boshkalarga xam uni ravo kur", degan fikrida insoniylik, kishilarga izzat xurmat kursatish yullari ifodalangan. U yana bilish – insonni bilishdir, deb aytgan edi. Konfusiychilik bilan enma en mavjud bulgan daosizm (dao - yul demakdir) falsafii maktabi vakillari xam inson muammosini jiddiy tadkik kilganlar. Bu maktab vakillari ta’limotiga kura inson uzining xaetida dao - butun Olamning uz uzidan kelib chikishi, rivojlanishi va barxam topishining doimiy tabiiy qonunlariga amal qilib yashash kerak. YA’ni, uning barcha xatti-xarakatlari Olam qonunlari va insoniy tabiatga mos bulmogi lozim. Tasavvuf ta’limotiga kura, inson borliqdagi eng mukammal mavjudot bo’lib, uzida olamning moxiyatini jam etadi. SHunga kura borliq - dunyo olamu kabir bulsa, inson olami sagirdir. Agar Koinot mikesida borliqning birligi xudoda ifodalansa, xossalarikurinishining ifodasi - insondir. Inson tinimsiz uz-uzini bilish orqali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Islom falsafasi vakillari inson muammosining barcha asosiy jixatlari bilan shugullandilar. Jumladan, ularni insonning kelib chikishi, uning olamda tutgan urni. voqelikni uzlashtirish imkoniyatlari, ezgulik yulini tanlagan insonning ideali va xakozo masalalar qiziqtirgan edi. Bu masalalarni taxlil etish natijasida Forobiy insonning barcha mavjudotlaridan farki Aql idrokdadir, degan xulosaga kelgan bulsa, Ibn Sino Aqlning uzini umumiy karashlar va aloxida narsalar to’g’risida fikr yuritishga kodirlik shaklida talkin kiladi. Bu muammo xaqidagi Beruniyning fikrlari xam axamiyatlidir. U insonning Xudo tomonidan yaratilganligini kursatib, ayni vaqtda uning butun xaeti va jismoniy tuzilishi jugrofik omillar bilan xam boglik ekanligini kursatib shunday degan edi: "inson tanasi, rangi, xakikiy kiefasi, tabiiy belgilari fakat kelib chikishigagina emas, balki tuprok, suv, xavo va turar joyiga xam boglikdir". Inson muammosi taxlili yangi zamon falsafasining barcha bos- kichlaridan egallagan urni, tutgan axamiyatiga kura utmish davrlarida mavjud bulgan ta’limotlardan sifat jixatidan farklandi. Uygonish davri tafakkurida utmishdagi ta’limotlarning birontasida bulmagan xol insonni betakror individualliklarning yigindisi sifatida olib karash boshlandi, insoniyat betakror insonlardan tashkil topgani kursatildi. Bundan esa tirik tabiatda bulganidek, inson tabiatining xam bir xil emasligi, ayni paytda insoni bilan insoniyatning manfaatlari mushtarAqlashadigan muxim nuktalar borligi to’g’risida xulosalar chikariladi. Bu davr falsafasida birinchidan, inson, uning aloxidalik sifati va imkoniyatlarining cheksizligi masalasi tursa, ikkinchidan, individualizm, egoizm (xudbinlik), manfaatparastlikning xam falsafiy taxlillari kurina boshlandi. "Inson insonga buri", "xammaning xammaga qarshi urushi" kishilar xaetining tabiiy xolati ( T. Gobbs), degan karashlar kelib chikishi tasodif emas edi. Nemis mumtoz falsafasi asoschisi I. Kant uchun "inson dunyodagi eng asosiy mavjudotdir". U bir tomondan, tabiatga tegishlidir, ikkinchi tomondan - axlokan erkin va, uchinchidan, doimo kadriyatlar bilan ish kuradi. Bu sifatlarning birinchisida inson zaruriyat oldida tursa, ikinchisida ma’naviy erkinlikka egadir. Inson muammosi 3.Freyd asos solgan ruxiy taxlil falsafasida katta urin tutgan. Uning fikricha inson ongi yordamida uzining "MEN"iga xam ega buladi. Ayni vaqtda unda inson ruxining oliy katlami - "superMEN" xamda eng past kuchli katlam "U"xam farklanmogi lozim. Bular birgalikda olingandagina inson uz ruxiy borligini tushuntira oladi. XX asr falsafasida inson muammosini aloxida urganishni maksad qilib kuygan ekzistensialistlar (YAspers, Xaydeger, Sartr, Kamyu va boshk.) nuktai nazariga kura, individ ezgulik va evuzlikdan birini tanlashi masalasi falsafiy muammolar markazida turmogi lozim. Xozirgi zamon inson falsafasining mazmuni davr kuygan masalalarga javob berish bilan takozolangandir. Xakikatdan xam insoniyat xozirgi vaqtda ilmiy bilimlar va dolzarb xayotiy muammolarni xal etish uchun zarur bulgan ilmiy texnikaviy va madaniy vositalar etishmayotganligini emas, balki bu vositalardan donolik bilan foydalanishmayotganligini yaqqol sezmokda. Bu donolik markazida doimiy kadriyatlar xisoblangan tinchlik, donolik, ijtimoiy adolat va boshkalar turadi. Download 36.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling