Mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi


Download 21.04 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1236412
Bog'liq
falsafa


22.02.2023

Mavzu: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI

Reja:


  1. Qadimgi misir hindiston xitoy falsafasi

  2. Markaziy osiyodagi falsafiy qarashlar

  3. Sharq falsafasining hozirgi davr uchun ahamiyati

Qadimgi Misr 3-ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan yurtda olam haqidagi bilimlar matematika,astranomya,geometrya, ko’smalogya,mifologya fani kabi qarashlar rivojlangan. Yozma manbalarida jumladan “Arfa chaluvchi qo’shig’i”, ”Xo’jayinnig o’z quli bilan xayotning mazmuni haqidagi suhbat”, “O’z hayotidan hafsalasi pir bo’lgan insonning o’z joni bilan suhbati” kabi kitoblarda o’sha davr falsafasi ask etgan. Qadimgi hindistonda miloddan 1,5-ming yil avval “Vedalar” deb nomlangan ilohiy bashorat kitobi yozilga ekan .Yana bir manba “Upanishana” ya’ni sirli bilim deb nomlangan kitobni qadimgi hind falsafasi o’z aksini topgan.



BUDDIZIM-hindiston milodan avalgi 556-476 yashagan budda nomi bilan bog’liq.Asil ismi gautana budda tushunchasi tinch hotirjam osoishta degan manoni ang latadi, ta’limotning manbayi “TRIPITAYA” talimot asosida “ Hayot azob uqubatlardab iborat lekin najot yo’li bor” degan g’oya yotadi.

25.02.2023

Mavzu: Falsafa fanining predmenti ,mazmuni va jamoyatdagi o’rni
REJA:




Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin.


Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
SHu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi.

Mifologik dunyoqarash. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif –turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli elementlari, san’at, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham ta’minlanadi.

Diniy dunyoqarash dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling