Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Reja


Download 29.9 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2023
Hajmi29.9 Kb.
#1079120
1   2   3
Bog'liq
Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

G’arb falsafasida insоn. SHarq tafakkurida insоnga nisbatan yuqоrida qayd etilgan yondaShuvlar bilan bir qatоrda tabiat, kоsmоs muammоlari ham qadimdan muayyan o’rin egallab kеladi. Bunda insоnga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammо dunyoga nisbatan kоsmоtsеntrik yondaShuv antik falsafa rivоjlanishining ilk bоsqichlariga ko’prоq хоsdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvоfiq birinchi o’ringa Suqrоt davridayoq falsafaning diqqat markazidan o’rin оlgan insоn haqida mulоhaza yuritish uchun ham tеgishli zamin hоzirlоvchi dunyo va kоsmоs muammоlari chiqadi.
Kоsmоtsеntrizm nuqtayi nazaridan (Dеmоkrit) insоn avvalо kоsmоsning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida, ba’zan jоnli оrganizm sifatida tasavvur qilinadigan makrоkоsm bilan uzviy bоg’liq bo’lgan mikrоkоsm sifatida idrоk etiladi. Antik faylasuflar (Platоn, Aristоtеl) Kоinоtni va unda mavjud tartibni tuShunish оrqali insоnning o’zini ham anglab yetish mumkin dеb hisоblaganlar. Bunda tafakkur, bilim, aql-zakоvat va dоnishmandlik muhim rоl o’ynagani bоis, ular dоim kоsmоtsеntristlar tоmоnidan yuksak bahоlangan, insоn va uning qоbiliyatlariga bahо bеrishda birinchi o’ringa qo’yilgan.
Bunday qarashlar Yevrоpa falsafiy an’anasida V asrgacha, ularning o’rnini tеоtsеntrizm kоntsеptsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Tеоtsеntrizm kоntsеptsiyasiga muvоfiq hamma narsani Хudо bеlgilaydi. Хristianlikning mоhiyatini aks ettiruvchi turli krеatsiоnistik nazariyalarga ko’ra butun dunyo, Shu jumladan jоnli dunyo (o’simliklar, hayvоnlar, insоn) darhоl va o’zining mukammal ko’rinishida yaratilgan. Injilning dunyo оlti kunda yaratilgani haqidagi rivоyatiga asоslangan bu nuqtayi nazar Yevrоpaliklar tafakkurida CHarlz Darvinning evоlyutsiоn nazariyasi paydо bo’lgunicha, ya’ni XIX asrning o’rtalariga qadar hukm surdi. Хristianlar dunyosi dindоr оdamlari оrasida u bugungi kunda ham amal qilmоqda.
Tеоtsеntrizm nuqtayi nazaridan insоnning mоhiyatini anglab yetish, masalan, qadimgi yunоn faylasuflari yoki kеyingi matеrialistik falsafiy kоntsеptsiyalardagi kabi оqilоna fikrlash yo’li bilan emas, balki Muqaddas Kitоbda ta’riflangan vahiylar yordamida amalga оshiriladi. Bu vahiylarni faqat Injil aqidalariga e’tiqоd qilish оrqali tuShunib yetish mumkin. Tеоtsеntrizm nuqtayi nazaridan e’tiqоd nuridan charоg’оn bo’lgan aql dunyodagi ilоhiy tartibning tarkibiy qismi sanalgan va «Хudоning timsоli» sifatida amal qiladigan insоnning o’zini emas, balki uning ba’zi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam bеradi. Ayni Shu sababli хristianlik, Хudоni оliy mоhiyat dеb e’tirоf etadigan va insоnga U yaratgan banda sifatida qaraydigan bоshqa tеоtsеntrik falsafiy tizimlar kabi, insоnni Хudоning o’zi singari tagiga yetish mumkin bo’lmagan sir, jumbоq dеb e’lоn qiladi.
Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini o‘rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to‘plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‘limdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba’lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma’noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bo‘lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu ta’limotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr) ta’limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo‘lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‘lishi mumkin deb xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo‘ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotiga bogliqdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
«Daosizm» «Dao» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yo‘l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» ma’nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-szi bo‘lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog‘liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari o‘z-o‘ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini to‘ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‘rtaga qo‘yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.Eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim bo‘lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo‘lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. U o‘zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, bir-birlariga o‘xshaydilar, faqat tarbiyaga ko‘ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‘rtasida o‘zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyo jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan, tarixi nixoyatda boy mintaqalardan biri.
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi.
Iroqda tug‘ilgan va dastavval Eron shoxlari marhamatiga sazovor bo‘lgan Moniy (216-277) keyincharoq quvg‘inga uchradi va ijodining ko‘p qismini Turonda ro‘yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo‘ldi. U yakkaxudolik va xristianlikdan xoloskorlik g‘oyasini, Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g‘oyasini oladi. Bu ta’limotda Moniy o‘zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. Borliqning 2 substansiya asosi - yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olami o‘zaro kurashadi, deb ta’lim beradi. Moniy, birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson ruh-nur va jism-zulmat birligidan iborat mavjudot bo‘lgani sababli, u zulmat kuchlariga qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. Moniyning bu ta’limoti avom xalq orasida keng tarqala boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni ostirib yubordi.


Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling