Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Reja
Download 28.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqFalsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
Mavzu:Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Reja: 1.Sharq falsafasi. 2. Qadimgi Yunon–Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog‘liqligi. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limoti. Apologetika va patristika. 3. Yangi va eng yangi davr falsafasi muammolari. XYIII asr Evropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari. 4.XIX–XXI asrlarda Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi. XX-XXI asr G’arbfalsafiy oqimlari. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1 Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan savollarga javob izlangan. Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq – prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir. Xitoy asotirlari ham o‘z tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari o‘z shakllanish davrida qadimgi Xitoy, daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq og‘zaki ijodi mifologik tizimlarini birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi asarlardan biri «Shan xay szin» («Tog‘lar va daryolar kitobi») bo‘lib u eramizdan avvalgi IV-II asrlarda yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ulik bilan to‘lgan tubsiz xaos mavjudligi, koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltirilganligi haqida tasavvurlar bor. Ba’zilarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi g‘oya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek inson va tabiat birligi, mirokosmos-inson va makrokosmos-dunyoning birligi, chambarchas bog‘liqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bog‘liq barcha sohalar: san’at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham insonga tabiat orqali yo‘l mavjudligini ta’kidlaydi. Xitoy mifologik merosi uning geografik hududi va iqlimi bilan bog‘liqdir. Masalan, bu afsonalarda osmonni ulug‘lovchi, zamirida ko‘proq shamanlik bilan bog‘liq bo‘lgan asotirlar ham, shuningdek tabiiy-ilmiy fikr kurtaklari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham duch kelamiz. Xususan, Shan davrida, eramizdan oldingi II ming yillik boshlarida xitoyliklar to‘rtinchi tartib hududida hisob yuritishni bilganlar, Xan sulolasi davrida esa algebratik tenglamalarning echimi haqida ham ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari Ikki daryo oralig‘i yoki Mesopatamiyada vujudga kelgan Gilgamish haqidagi dostonda ifodalangan. Bu dostonning qadimiyligi eramizdan avvalgi IV ming yillikka borib taqaladi. Gilgemish ikki qismi xudo, bir qismi odamdan iborat afsonaviy qahramon bo‘lib, u Mesopatamiyaning qadimiy hududlarida istiqomat qilgan SHumer va Akkad mamlakatlari qahramoni bo‘lgan. Gilgamish haqidagi dostonning turli variantlari mavjud. Bu afsonaviy qarashlarda Gilgamish xudolar yoki tabiat kuchlari bilan kurashuvchi qahramon emas, do‘sti Enkidaga sodiq inson, insoniy munosabatlarni qadrlovchi obraz sifatida tasvirlanadi. Bu afsona mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlariga berilgan imtiyoz sekin-asta inson omiligi qaratilganidan dalolat berar edi. Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar “Avesto”da o‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning bu yozma manbai boy dunyoqarash mazmuniga ega bo‘lib, uning bosh g‘oyasini Axuramazda va Axrimon obrazlari orqali ifodalangan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi qarama – qarshilik kurashi va bu kurashda ezgulikning g‘alaba qozonishi tashkil etadi. Shuningdek, unda olamning boshlang‘ich asoslari va tuzilishi, yaxlitligi to‘g‘risida muhim fikrlar mavjud. Zardushtiylik qadimgi Hindiston va Yaqin Sharq diniy mifologiyasi mitraizmning Markaziy Osiyo xususan qadimgi Turonzamin va Erondagi kechki ko‘rinishi bo‘lib, unda Quyosh xudosi va unga bog‘liq bo‘lgan olovning muqaddaslashtirilishi e’tiborlidir. Axuramazda timsolida gavdalangan dunyoviy Aql hamda suv, er, havo, olov biridan biriga o‘tuvchi yoki birlashuvchi-unifakatsiyalanuvchi elementlardir. Bunday mifologik – falsafiy fikrlar keyinchalik Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi, xususan, lokayata falsafiy ta’limoti, Platon va Aristotel ontologik konsepsiyalarida olamning ibtidosi masalasining qo‘yilishi va hal etilishiga ko‘rsatgan ta’siri yaxshi ma’lum. Sharq mifologik merosi o‘zining yuqori badiiy-falsafiy tuzilishi, gnoseologik va ontologik tizimiga ega. Mifologik-asotiriy qarashlar naturfalsafiy xarakterga ega bo‘lgani uchun ham Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha etib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va geometriya (turli shaklning xajmi va yuzasini o‘lchash), astronomiya (aniq quyosh taqvimining tuzilishi keyinchalik Evropada taqvimga asos bo‘lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari xaqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o‘rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari xaqida dalolat beradi. Mesopotamiya qo‘shni hududlarga matematika va astronomiya sohasidagi bilimlar bilan katta ta’sir ko‘rsatdi. Mesopotamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo‘lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyorlar ro‘yxati, ko‘plab harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig‘ida astrologik bilimlar ham rivojlandi. Qadimgi dunyoning ma’lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni alohida o‘ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. Eramizdan avvalgi VII- VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri bo‘lib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri shakllandi, xozirgacha mavjud bo‘lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardo‘shtiylik mifologik – falsafiy ta’limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta’limotining yangi falsafiy maktablar yaratish davri boshlandi, Upanishadalar paydo bo‘ldi. Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma’naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, Yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi. Bunday burulish davriga ijtimoiy va u bilan mutanosib rivojlangan gnoseologik omillar sabab bo‘ldi. Chunki bu davrga qadar qadimgi hind va xitoy fani xam ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Hindistonda noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi («son», «tub son», «sinus» kabi atamalar Hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fizologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti xaqida manbalarda jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Barchaga ma’lumki, Xitoy ipak, chinni va qog‘ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek, Xitoyda porox, kompas (mil. av. III asr) Yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil. av. 613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalari topilib unda Galley kometasi xaqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining xarakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim joriy qilinib (mil. av. 104 y.), unga ko‘ra bir yil 365 241 kunga teng bo‘lgan. Mil. av. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganlar. Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib xisobda manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar. Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi. Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini o‘rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to‘plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‘limdan iborat. Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba’lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir. Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma’noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Eramizgacha bo‘lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu ta’limotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr) ta’limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo‘lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‘lishi mumkin deb xisoblaganlar. Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi. Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo‘ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotiga bogliqdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir. «Daosizm» «Dao» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yo‘l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» ma’nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-szi bo‘lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog‘liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari o‘z-o‘ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini to‘ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‘rtaga qo‘yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.Eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim bo‘lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo‘lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. U o‘zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, bir-birlariga o‘xshaydilar, faqat tarbiyaga ko‘ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‘rtasida o‘zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyo jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan, tarixi nixoyatda boy mintaqalardan biri. Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi. Iroqda tug‘ilgan va dastavval Eron shoxlari marhamatiga sazovor bo‘lgan Moniy (216-277) keyincharoq quvg‘inga uchradi va ijodining ko‘p qismini Turonda ro‘yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo‘ldi. U yakkaxudolik va xristianlikdan xoloskorlik g‘oyasini, Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g‘oyasini oladi. Bu ta’limotda Moniy o‘zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. Borliqning 2 substansiya asosi - yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olami o‘zaro kurashadi, deb ta’lim beradi. Moniy, birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson ruh-nur va jism-zulmat birligidan iborat mavjudot bo‘lgani sababli, u zulmat kuchlariga qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. Moniyning bu ta’limoti avom xalq orasida keng tarqala boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni ostirib yubordi. Download 28.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling