Mavzu: fan texnika inqilobi va uning jahon xo’jaligiga ta’siri reja: kirish


Download 0.58 Mb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1586359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi ALFIYA

Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan.
16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi.
Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi.
Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi.
Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi.
Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi.
Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobining ramzi hisoblanib, uning paydo boʻlishi inson funksiyalarini asta sekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi.
Hozirgi davrda Fan-texnika inqilobi quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogʻliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sunʼiy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli koʻrilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus taʼlim hamda madaniyat darajasining oʻsishi; fanlararo oʻzaro bogʻliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo boʻlishi va u bilan bogʻliq holda jamiyat tabiat tizimini ilmiy boshqarishning zarurligi.
Fan-texnika inqilobi global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (ekologiya, xalqaro terrorizm, demografiya, energiya tanqisligi bilan bogʻliq va boshqalar)ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.
FTİ ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi ko’pchilik asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi post-industrial turi shakllana boshladi. Shunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari ayniqsa xizmat korsatish sohasi tez rivojlana boshlaydi
1.2. Fan texnika inqilobining rivojlanish xususiyatlari
Fan-texnika inqilobi, fan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish, bosh-qaruv, biotexnologiya, koinotni o‘zlashtirish, nanotexnologiyalar. Jahon xo‘jaligi tarmoqlarining tez sur’atlarda rivojlanishi, ularning tarkibiy takomillashuviga fan-texnika inqilobi katta ta’sir ko‘rsatgan. Fan texnika inqilobi (FTI) deb jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o‘zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi. 1950–1960-yillarda jahonning yetakchi davlatlarida fanga bo‘lgan e’tiborning ortishi hamda ilmiy kashfiyotlarning tez fursatda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi, yangi sohalari paydo bo‘ldi.
Inson tomonidan koinotni o‘zlashtirishga bo‘lgan harakatlar, yadro energiyasini tinch maqsadlarda o‘zlashtirish (AESlar qurilishi), elektron hisoblash mashinalari – EHMlarning paydo bo‘lishi insoniyat taraqqiyotidagi muhim yangiliklar bo‘lib, ular fanning ishlab chiqarish bilan chambarchas aloqaga kirishganligini ko‘rsatib berdi. O‘z xususiyatiga ko‘ra FTI ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zining tarkibiy qismlari hisoblangan fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda boshqaruvda katta o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
FTI ta’sirida fanda davlat tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari uchun sarfla-nadigan mablag‘lar ko‘paytirildi, ta’lim tizimida sifatiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Fan sohalari tarkibida yangi yo‘nalishlar rivojlandi (masalan, bio texnologiya, nanotexnologiya). Ishlab chiqarish bilan fan o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi rivojlangan davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta mablag‘larning yo‘naltirilishiga sababchi bo‘ldi. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi Yaponiya, AQSH, GFR va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga to‘g‘ri keladi.
Bu davlatlarda YMMning 2–3 % i fanga sarflanadi. Barcha rivoj- lanayotgan davlatlarga esa jahon bo‘yicha fan rivojiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning atigi 4–5 % i to‘g‘ri keladi. Texnika va texnologiyalar sohasida yangi texnologik jarayonlarning joriy etilishi, EHM, robotlardan ishlab chiqarishda keng foydalanilishi, kvant texnikasining rivojlanishi (lazerlar) kabi o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish samarasi, mehnat unumdorligi oshdi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish jarayonlari inson mehnatini yengillashtirdi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar sohasida yuz bergan yangiliklar ta’sirida mehnat bilan birga boshqa resurslarni ham tejashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga ekologik holatni yaxshilash uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada po‘latning 2/3 qismi temir-tersakdan, Buyuk Britaniya va Yaponiyada qog‘ozning 1/2 qismi qog‘oz chiqindilaridan olinadi.
Ilmiy yangiliklar ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibida yangi sohalar-ning paydo bo‘lishiga olib keldi (masalan, kimyo sanoatining polimerlar yo‘nalishi). Bundan tashqari, FTI sanoat tarmoqlari orasida butunlay yangi va zamonaviy sanoat tarmoqlarining shakllanishiga zamin yaratdi (masalan, mikrobiologiya sanoati). Tannarxi qimmat bo‘lgan tabiiy xomashyo o‘rnini bosuvchi arzon sun’iy mahsulotlar (masalan, sun’iy kauchuk) egallay boshladi.
Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi boshqaruv jarayonini qay tarzda shakllantirish va tashkil qilish bilan bog‘liq. FTI hozirgi kunda ish ja- rayonini tashkil etish zaruriy bilimlarga ega bo‘lgan ish boshqaruvchilar (menejerlar) tomonidan amalga oshirilishini ta’minlab berdi. Fan-texnika inqilobining davlatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sirini baholashda fantalab sohalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi e’tiborga olinadi. Elektrotexnika mashinasozligi, mikroelektronika, aviakosmik sanoat kabilar shu turkumdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Fantalab sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar yetakchilik qiladi.
Fan-texnika inqilobi hayotning barcha jabhalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Uning ta’sirida moddiy ishlab chiqarish bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi nomoddiy soha ham jahon xo‘jaligida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Bu holat, o‘z navbatida, postindustrial davrning boshlanishiga turtki bo‘ldi.
Ilmiy texnika inqilobining asosiy yo’nalishlari 1-energetika bazasida, 2-mexnat vositalarida, 3-mexnat predmetlarida va 4-mehnat vositalarida yuz bermoqda. Bugungi energetika sanoati tarmog’i juda murakkab tizimdagi va qator kichik tizimlardan iborat. Yoqilg’i energetika kopleksi xo’jaligining rivojlanishi, tarkibi va darajasiga kuchli tasir ko’rsatdi. Energetika bilan juda ko’plab muammo, birinchi navbatda energiya bilan taminlash muaommasi turadi. Jahon energetika resursi juda katta.
Akademiklar Krillin V.N. va Shkolnikov N.V. baxosiga qaraganda ananaviy yoqilg’ilar o’tin, ko’mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanets 12,5 trln yoqilg’idan iborat. Bugungi jahon energiya iste’mol qilish darajasi o’rtacha yiliga 11-12 mlrd. T.Sh.E.B teng bo’lsa, 1000 yilga etadi. Gidroenergi resurslarining potentsial zaxirasi esa 33 trli kvts bo’lib, uning 1/10 qismi foydalanilmoqda xolos. Ammo shu narsa xarakterliki, XX asr 70 yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda, so’ngra sobiq satsiolistik mamlakatlarda energiya qashshoqligi ko’zga tashlanib qoldi. Chunki bugungi texnika imkoniyatlari mavjud energiya resurslarining faqatgina 1/3 qismdan foydalanish imkoniyatini beradi xolos.
Ko’pgina mamlakatlarda energiya resurslarni qazib olish sharoiti tobora murakkablashmoqda. Oldin energiya resurslardan foydalanish koeffitsienti 30% dan oshmas edi. Jaxon bo’yicha energiya iste’mol qilish darajasi esa har 15-18 yilda 2 marta oshmoqda. XXI asr boshlarida 20-25 mlrd t.e.b ortishi mumkin. Natijada ko’pgina ming yillar to’g’risidagi bashoratlar kuchga chiqadi va energiya resurslar zahirasi 100-200 yilga etadi xolos.
Keyingi vaqtda jahon enegiya etikasida mutlaqo yangi energiya atom energiyasidan foydalanish imkonini ochdi. 1960 yil dunyo mamlakatlari bo’yicha 20 AES bergan quvvati 1 mln kvt bo’lsa, 1980 yil AES bergan quvvati 200 mln kvt, 1990 yil 300 mln kvtga etdi. XX asr boshlarida 10-15 marta ortishi kuzatilmoqda.
Shuningdek, alternativ energiya resurslar gazsimon yoqilg’i olish, bitumlashgan qumlardan Kanada geotermal (A+Sh, Rossiya. İtaliya, Yangi Zelandiya, Meksika, Yaponiya, İspaniya) dengiz suvini ko’tarilishi va qaytishi (Farntsiya, Rossiya) quyosh va shamol energiyasidan foydalanish, vodoroddan yoqilg’i sifatida foydalanish, istiqbolda boshqariladigan termoyadro sintezi orqali insoniyatni elektr energiyasi bilan to’la taminlashga qaratilgan edi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling