Mavzu: Fanning maqsad va vazifalari. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Tikuvchilik buyumlarini tikish uchun gavdadan o’lchov olish haqida ma’lumot. Reja


Download 1.67 Mb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1184378
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Tikuvchilik buyumlarini tikish uchun gavdadan o’lchov olish haqida ma’lumot


Mavzu: Fanning maqsad va vazifalari. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Tikuvchilik buyumlarini tikish uchun gavdadan o’lchov olish haqida ma’lumot.


Reja:

  1. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Asos chizma turlari haqida umumiy ma’lumot berish. Modellashtirish haqida umumiy ma’lumotlar

Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-4-kurslarda o’qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan umumiy o’rta talim maktablarida texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlashda asosiy fanlardan biri bo’lib xizmat qiladi.


“Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” fanini o’zlashtirish orqali talabalar texnologik kasbiy kompetentlikni oshirish, texnik ijodkorlik mahoratga ega bo’lish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish, o’z ustida ishlash, o’z-o’zini faollashtirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalarining modiy texnik bazasini modernizatsiyalash, ta’lim mazmunini optimallashtirish va jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlash to’g’risidagi farmonlarining ustuvor yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lib, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarining texnik ijodkorlik va konstruktorlik kompetentligini oshirish, texnologik ta’limni o’rganish va rivojlantirish strategiyasi masalalarini o'z ichiga oladi.
Fanning maqsadi: - talabalarga texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy - pedagogik muammolari; texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari; ixtiro, kashfiyot, ratsonalizatorlik takliflari va patent axboroti; texnik ijodkorlik masalalarini yechish metodlari; dizayn va modellashtirish; ergonomika va dizayn asoslari; texnik modellashtirish va konstruksiyalash; o’quvchilar texnik ijodkor ligi faoliyatiga raxbarlik qilish, sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish; O’quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish kabi masalalarni o’rgatish vazifasini bajaradilar va ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilish;
- talabalarga servis xizmati buyicha konstruksiyalash va modellashtirish bulimi mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o’qitishda tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va tanlangan fason asosida kiyim fasonlarini o’zgartirish, ya’ni, modellashtirish va kiyim maketlarini tikish bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Fanning vazifasi - davlat ta’lim standartiga asosan talabalarda nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar, malakalarni shakllantirish orqali insonning xayotdagi o’rni va
ahamiyatini ochib berish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- servis xizmati buyicha konstruksiyalash va modellashtirish bo’limi mazmunida texnologiya fanini o’qitishda tikuvchilik buyumlarini, ya’ni, ayollar, bolalar, O’g’ilbolalar kiyimlarining asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish va kiyim maketlarini tikishga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Talaba:

  • texnik masala echimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha konstruksiyasini yaratish. Texnik ob’ektlarni loyixalash va tayyorlash; oddiy texnik ob’ektlarni konstruksiyalash va modellashtirish; avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo’jaligi mashina va uskunalarini modellashtirish, qo’llanishiga ko’ra o’quv va ishlab chiqarish texnik ob’ektlarini konstruksiyalash, o’quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish tasavvurga ega bo’lishi;

  • o’lchov olish, asos chizmalarni konstruksiyalash, modellashtirish texnologiyasi haqida tasavvur va bilim, ko’nikma,malakalarga ega bo’ladi;

  1. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish

Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘g‘ri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi.
Texnologiya darsi amaliy mashg‘ulotlar bilan chambarchas bo‘lgani sababli, tikuvchilik xonasi ham alohida bo‘lishi kerak.
Tikuvchilik xonasida bichish, tikish, pardozlash ishlarini amalga oshirish bilan birga buyumni kiyib ko‘rish uchun ham sharoit yaratiladi. Xona keng, yorug‘, kamida 15 nafar qiz bola uchun mo‘ljallanadi. Bundan tashqari, tikuvchilik materiallarini saqlash uchun javon kerak bo‘ladi. Devorga texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, tikish va bichishga ta’lluqli ko‘rgazmali vositalar osilib, manikenlar qo‘yiladi. Tikuvchilik xonasida tikuv mashinalarining barcha turi yaroqli holatda bo‘lishi kerak.
O‘quv ustaxonalarida talabalar darsda o‘rgatiladigan o‘quv materiallarning maqsad va mazmuniga qarab: ishlab chiqarish operatsiyalarini o‘rganish, kompleks ishlarini bajarish, o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini tekshirish bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quruq va ozoda bo‘lishi kerak. Devor va mebellarning rangi katta gigiyenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo‘yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik tukuv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stollari va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o‘rindiqlar qo‘yiladi. Tikuv ustaxonasida kuzgi va qishgi kiyim ilgichlar bilan jixozlangan, kiyim qo‘yish xonasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlov berish uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.








  1. Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling