Mavzu: Faoliyat psixologik tahlili


Download 72.53 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi72.53 Kb.
#1606699
Bog'liq
Faoliyat psixologiyasi

ANGREN UNIVERSITETI BOSHLANG'ICH TA'LIM YO'NALISHI BO'YICHA 120-GURUH TALABASI “PSIXOLOGIYA" FANIDAN TAQDIMOTI MAVZU: FAOLIYAT PSIXOLOGIYASI BAJARDI: XAMIYEVA SH TEKSHIRDI: GAZIBEKOVA G

Reja

Reja

1.Faoliyat haqida tushuncha

2.Faoliyatning turlari.Pedagogik faoliyat haqida tushuncha

3.Faoliyat mexanizmi va tarkibi

A.V.Petrovskiy: “Faoliyat – kishining anglangan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi ( jismoniy) faoligidir”


M.G.Davletshin: Faoliyat- insoniyatfa xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli , paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltiilgan faolligidir.
V.M.Karimova: Faoliyat –inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyo‘jlardan kelib chiqiadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan oz‘iga xos faollik shaklidir.

Faoliyatning muhim xususiyatlari

  • Hayvonlar faolligi
  • Instinktiv-biologik faollik
  • Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar (oziqlanish,himoyalanish) ga asosalngan to‘da bo‘lib yurish
  • Ko‘rgazmali yaqol vaziyatlar bilan boshqariladi
  • Tashqi muhitga moslashadi
  • Inson faoliyati
  • Bilishga, muloqatga bo‘lgan ehtiyojlar bilan yo‘naltirilgan
  • Tajribani berish va o‘zlashtirish muloqatning ijtimoiy vositalari(til va boshqa belgilar) moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi
  • O’z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o‘zgartiradi. Mehnat qurollari yaratadi.

Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.

Faoliyat turlari

  • O‘yin faoliyati- shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.
  • Ta’lim faoliayti-shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.

Mehnat faoliayti- mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir. Muloqat- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.

Pedagogika qadim qadimdan ishlatilib kelgan so'zlardan biridir. Pedagogika yunoncha so'z bo'lib "bola yetaklovchi" degan ma'noni bildiradi. Pedagogikani shaxs tarbiyasini rivojlantirishda o'rni beqiyos. Pedagogika - ta'lim, tarbiya berishning nazariy ham amaliy ko'rinishidagi fandir. Asosan bolalarni nazariy tomondan ya'ni bilim berish bilan shug'ullangan. Bola albatta birinchi tarbiyani uyida , ota onasidan , oiladagi muhitdan olib katta bo'ladi . Ikkinchi etapda bog'cha, maktabga chiqib o'zini psixologiyasini , dunyo qarashini , qiziqishlarini, TARBIYASIni shakllantirib boradi.

Bolani mukammal , komil inson bo'lib yetishida ham pedagogikani roli katta. Pedagogika nafaqat maktab bolalaridan balki, hozirgi kunga kelib yoshi katta insonlarga ham o'rgatilmoqda. Pedagogik jarayonda pedagogik faoliyat turlari o'quv va tarbiyaviy ishlardir. Tarbiyaviy ish - bu insonlarning komil inson bo'lib yetishishi, har xil muammolarni hal etish uchun o'quv muhitini tashkil etish uchun, shaxslarni turli xil faoliyat turlarini boshqarishga qaratilgan pedagogik faoliyat. 

Faoliyat mexanizmlari

  • Faoliyatning interorizatsiayai
  • Tashqi jismoniy tarzda qilinadigan xatti-harakatlarimizni ,ishlarimizni ichki jarayonga o‘tishi (realdan idealga o‘tish) interorizatsiya deyiladi

  • Faoliyatning eksrorizatsiayasi
  • Ichki faoliyatimizning (o‘y, fikr) tashqi jismoniy harakatlarga o‘tishi eksrorizatsiya deyiladi

Faoliyatning tarkibi

  • Maqsad-inson faoliyati so‘ngi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘ladi va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir.
  • Motiv-kishini faoliyatga undaydigan va unga mazmun baxsh etuvchi kuch
  • Ish-harakat-bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi.

Download 72.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling