Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Download 440 Kb.
bet3/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

1.2 Fargona viloyati
Farg‘ona viloyati respublikamizda 1938-yilda tashkil topgan 5 ta viloyatlardan biridir. Uning maydoni 6,76 ming kv km bo‘lib, bu borada Sirdaryo, Andijon va Xorazm viloyatlaridan oldinda turadi. O‘zbekiston Respublikasi maydoniga nisbatan esa Farg‘onaning xududi atigi 1,5 foizga teng, xolos. Vaholanki, bu erda, 1.01.2014-yil ma’lumotlariga ko‘ra, 3386,1 ming yoki mamlakat axolisining 11,1 foizi yashaydi. O‘zining demografik saloxiyati bo‘yicha, u mamlakatimizda Samarkand viloyatidan keyingi 2-o‘rinda turadi.
Ma’muriy tuzilishiga kura viloyatga bo‘ysunuvchi 4 ta shaxar. 15 ta kishloq tumanlari mavjud. SHunchalik qishloq tumanlari yana fakat Toshkent viloyatida mavjud, xolos. SHaharchalar soni 197 ta, kishloq fukarolar yitinlari 161 ta, kishloq aholi punktlari - 1020 ta. YUkorida keltirilgan rakam va xolatlar shundan dalolat beradiki, Fargona viloyatining demografik "yuki" ogir, axoliey zich, xududi yuqori darajada o‘zlashtirilgan, boshkaruv tizimi murakkab. Viloyat darajasida eng birinchi tashkil etilgan kishlok tumanlari - Oltiarik, Beshariq va Uchko‘prik sanaladi. Ular 1926-yilda vujudga kelgan. Nisbatan "yangiroq tuman" esa - Furqat tumani, u 1992-yidda ushbu maqomni olgan.
Asosiy shaxarlari, xususan, Ko‘kon va Marg‘ilon xam 2000 yillik tarixga ega. Viloyat markazi YAngi Marg‘ilon, (keyinchalik Skobelev), xozirgi Fargona 1877-yilda Farg‘ona vodiysi Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng barpo etilgan. Bu xozirgi mustaqil mamlakatimiz xududida ruslar asos solgan 3 ta shaharlardan biridir. Qolgan ikkitasi -Kogon (YAngi Buxoro) va To‘rtko‘l (Petro-Aleksandrovsk).
Viloyatning ma’muriy-siyosiy jihatdan "zichligi" uning qishlok tumanlarini uncha kagga emasligi va bir-biridan bu borada katta farq kilmasligiga sabab bo‘ladi. Darxaqiqat, mintakaning har bir kishlok tumaniga o‘rtacha 0,45 ming kv. km maydon to‘gri keladi. Bu respublikaning ayrim hududlari, jumladan, cho‘l va tog‘li mintaqalariga Karaganda juda kichik rakamdir.
Eng katta tuman - Beshariq 0,77 ming kv km maydonni egallasa, Toshloq tumanida 0,24 ming kv. km maydon bor; farq 3,2 martaga teng. Hududi birmuncha kattaroq qishloq tumanlari viloyatning tog‘oldi, adir yoki "cho‘lroq" kismlarida joylashgan. Masalan, Uzbekiston yoki Besharik tumanlari shular jumlasidandir. Tipik tog‘li tuman - Sux maydoni bo‘yicha uncha yirik emas, u Rishton tumanidan ajralib chikkan. Ancha qumliklarga ega bo‘lgan Furkat tumani esa, bir vaktlar Beshariq tumani tarkibida bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati respublikamiz ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida muhim o‘rinni egallaydi. U mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 6,7 fozini, sanoat ishlab chikarishininig - 7,6 %, kishloq xo‘jalik mahsulotlarining - 8,3 % ta’minlaydi; investitsiyalar qajmi 5,5 va kapital qurilishlar - 4,8 %. Viloyatga Uzbekiston eksportining 2,7 va importning 4,5 foizi to‘g‘ri keladi (2013 y.). Ko‘rinib turibdiki, Fargona viloyati ba’zi sohalarda ko‘zga ko‘rinarli nisbiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-da, bu raqamlar ko‘p hollarda uning mavjud demografik sig‘imidan past. Demak, bu erda ham ijtimoiy-iktisodiy salohiyatni oshirish masalasi dolzarbdir.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling