Mavzu: Farmasevt xodimlarning etikasi. Reja Farmatsevtik axloq. Farmatsevtik axloqning asosiy kategoriyalari
Download 75 Kb.
|
«Farmatsevtik etika va deontologiya» reja-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Farmatsevtik axloqning asosiy kategoriyalari.
- 3. Deontologiya - kasbiy burch haqidagi fan.
Mavzu: Farmasevt xodimlarning etikasi. Reja 1. Farmatsevtik axloq. 2. Farmatsevtik axloqning asosiy kategoriyalari. 3. Deontologiya - kasbiy burch haqidagi fan. 4. Provizor – texnolog etikasi. 1. Etika, farmatsevtik axloq. Etika (yunoncha) - urf-odat, fe’l - atvor, xarakter - bu falsafiy intizom bo‘lib, axloq - odobni o‘rganadi. Qadimda birinchi bor bu so‘z (termin)ni qadimgi buyuk yunon faylasufi mutafakkir olim Aristotel qo‘llagan. Kant fikricha (nemis faylasufi 1724-1800 y) etiket (frans)-tartib-intizom, fe’l-atvor, xulq, muomalani o‘rgatadi. 2. Farmatsevtik axloqning asosiy kategoriyalari. Farmatsevtik axloqning asosiy kategoriyalariga burch, majburiyat, halollik, vijdonlilik, rahm – shavqat, ziyraklik kirib, ular bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Axloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud: - tibbiyot xodimining ; - yuristning; - o‘qituvchining; - farmatsevtning va hokazolarning axloqi. 3. Deontologiya - kasbiy burch haqidagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir qismi. Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta’limot demakdir. SHifokor va farmatsevt faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan farmatsevtik deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‘liq. SHu bilan birga farmatsevtik deontologiya. Farmatsevt bemorni bevosita davolamay, balki u so‘ragan dorilarni sifatli va o‘z vaqtida bemorga yordam berishi bilan ajralib turadi. Farmatsevtik deontologiya farmatsevtlarning jamiyat, bemorlar, shifokorlar va hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalarini o‘z ichiga oladi. Kasbiy faoliyatning axloqiy asoslarini va madaniyatini yuksaklikka ko‘tarishni tadbiq, etish - farmatsevtik deontologiyaning vazifalaridan biridir. Dorixonaga murojaat etuvchilarning o‘zaro munosabati farmatsevtik deontologiyaning bosh yo‘nalishidir. Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me’yorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: - tashqi qiyofa. Bejirim tashqi qiyofa bemorlarning ishonch bilan qarashiga sharoit hozirlaydi; - fe’l – atvor usuli. Bemorlar bilan munosabatda bo‘lganda ularga diqqat bilan e’tibor berish va o‘zini tuta bilish zarur; - nutq. Ko‘p hollarda shirinsuxanlik doriga nisbatan yaxshiroq davolaydi, o‘ylanmay aytilgan so‘z esa, bemorni farmatsevtga bo‘lgan ishonchiga putur etkazishi mumkin; - bemorni tinglay bilish, o‘zgalar qayg‘usiga hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir. Farmatsevtning diqqat bilan e’tibor bermasligi bemor ruhiyatiga zarar yetkazadi; - dorilarni estetik rasmiylashtirish. - bemordan ba’zi noxush ma’lumotlarni sir saqlash, xastalik jarayoniga va uni davolashga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Xastalikni emas balki dorining muntazam ta’sirini ko‘rsatish tavsiya etiladi; Farmatsevt ishida yul quyilgan xato, tuzatilmas qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi lozim! Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling