Mavzu: Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish


Download 26.64 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1521705
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish (2)

Mavzu: Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish

Farmatsevtik marketingning rivojlanishi

Zamonaviy farmatsevtik marketingining asoslarining tamal toshi 1940-yillarning birinchi yarmida qoʻyilgan. Sababni oqibatdan ajratib olish juda qiyin, biroq sulfanilamid vositalarining keng tarqalishi, penitsillin va boshqa “moʻjizakor

vositalar”ning XX asrning ikkinchi yarmida kashf etilishi, shubhasiz, farmakoterapiya sohasining haqiqiy yutugʻi boʻldi. Texnologik progress shu qadar jadal ediki, marketing unga yetaolmas edi. Haqiqatan ham, marketing texnologiyalarini faol

rivojlantirish uchun stimullar kam edi – negaki Buyuk depressiya vaqtida ham AQSH dori vositalari sotuvi yuqori darajada boʻldi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy koʻtarilish va oʻta omadli izlanuvchanlik faoliyati esa sohaning

yoʻqotishsiz gullab yashnashiga olib keldi. Eng yutuqli ishlab chiqarilgan mahsulotlardan millionlab insonlar foydalandilar. Biroq, ayrim omadsizliklar ham oʻz miqyosi va dramatizmi bilan xayon qoldirardi...

Farmatsevtika sohasining gullab yashnashi natijasida koʻplab kompaniyalar dori vositalarini ishlab chiqishga intilishlari kuzatildi. Albatta, raqoba ham kuchayardi. Omadli sotuvlar uchun yaxshi mahsulotning oʻzi yetarli emas edi.

Ishlab chiqaruvchilar bilan parallel tarzda rivojlanayotgan ulgurji va chakana savdo dori vositalariga yuqori talablar qoʻyib bordi. Raqobatning eng muhim jihati narhi edi. Bu va boshqa omillar oʻzlarining ilmiy-texnik imkoniyatlariga muvofiq

farmatsevtik sanoatga marketing texnologiyalarini jalb qilishiga olib keldi.

Marketing boʻlimi boshliqlari ularning faoliyat sohalari farmatsevtik sanoatining kundalik talab mahsulotlari ishlab chiqarilishidan farqlovchi xususiyatlari borligini aniqladilar: qanday mahsulotni sotib olishni, odatda, isteʼmolchi emas,

shifokor hal qiladi. Va farmatsevtik sanoat oʻz kuchini 250 mln amerikalik isteʼmolchilarning xaridlarini belgilab beruvchi


va mahsulotni yurgizuvchi 400 ming mutaxassislarga qaratdi. Mahsulot ham noodatiy boʻldi. Bir tomondan, u insonlar hayotini saqlab qoladi va azoblarini yengillashtiradi, boshqa tomondan – notoʻgʻri qabul qilinganda zarar ham keltiradi. Bundan tashqari, aksariyat dori vositalari nojoʻya taʼsirlarga ega. Aynan shu sabablarga koʻra, farmatsevtika bozori – eng nazoratli bozordir. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi shaxslar ham, chakana savdo xodimlari ham diplomli mutaxassislar boʻlishi zarur. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo vakillari registratsiyadan oʻtgan boʻlishi zarur. Aksariyat hollarda ishlab chiqaruvchilar mahsulotning keng tarqatilishini xoxlaydilar, biroq bu qonun bilan chegaralab qoʻyilgan. Shu bilan birga, dori vositalarining salomatlikka taʼsiri jamoatni juda ham oʻylantiradi, shu sabab har bir xatosi farmatsevtik marketing shu zaxotiyoq kuchli tanqid ostida qoladi. Bunda soha boshqa sohalar kabi bozor qoidalariga asosan ishlaydi, va marketing oʻz anʼanaviy vazifalarini bajarishi zarur, noodatiy vaziyatlarda boʻlsa ham. Umuman olganda, marketingning vazifasi ishingiz saratonga qarshi vosita yoki yuvish vositasiga tushishidan qatʼiy nazar, oʻzgarishsiz boʻladi.

Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling