Mavzu: Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish


Marketingning ijtimoiy vazifalari


Download 26.64 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1521705
1   2   3   4   5
Bog'liq
Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish (2)

Marketingning ijtimoiy vazifalari
Marketingning makroiqtisodiy nuqtai nazardan koʻrib chiqamiz, yaʼni iqtisodiyot samaradorligiga qanday yordam berishini koʻrib chiqamiz. 2-rasmda ishlab chiqarish va isteʼmol qilish geterogen boʻladi (turlicha) va mazkur geterogenlik
ularni farqlab turadi. Marketingning vazifasi ushbu holatni tenglashtiradi. Aksariyat mutaxassislarning fikri bir joyga jamlandi, yaʼni ularning fikriga koʻra, ushbu farqlar marketingning universal funksiyalari bilan bartaraf etiladi: sotib olish,
sotish, yetkazish, saqlash, standartlash va navlarga ajratish, moliyalash, xavflarni inobatga olish va b. Farqlarni samarali bartaraf etish iqtisodiy foydani taʼminlab beradi va, bizning fikrimizcha, aholining salomatligi va hayot sifati yaxshilanishini taʼminlab beradi.
Kompaniyaning marketing funksiyalari isteʼmolchilar talablariga maksimal muvofiq boʻlishi uchun marketolog amaliyotchilarning harakatlari bilan “marketing tamoyili” shakllangan va keng tarqalgan. Aniq ravshan tuyuladigan, biroq har doim ham amaliyotda qoʻllanilmaydigan marketing tamoyilining asosi quyidagida mujassam: “ Bozor talablariga muvofiq boʻlishi uchun mahsulot va ishlab chiqaruvchining faoliyatini oʻzgartirish butun bozorni aynan shu ishlab chiqaruvchining mahsuloti/xizmatini isteʼmol qilishga undashdan yengilroq”.
Marketing tamoyili isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun kompaniya barcha oʻzining zahiralarini umumiy tizimga toʻplashini talab qiladi. Oʻz ishlab chiqarish jarayonlarining mukammalligi bilan gʻururlangan kompaniyalar marketing sohasida yangilik yaratish muhimroq ekanini tan oldilar. Bozor talablarini qondirishga harakat qilayotgan har qaysi kompaniya bugun oʻz kuchini marketing faoliyatiga safarbar qilmoqda, bu bilan maʼlum mahsulot munosib narhda, munosib joyda va munosib vaqtda sotilishiga harakat qilishdir. Farmatsevtika sanoatining mahsulotlari insonlar salomatligiga taʼsir koʻrsatgani bois, bu omillarning ayrimlari boshqa mahsulotlarning marketingiga nisbatan koʻproq ahamiyatga boʻladi.

Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling