Mavzu: farmoyish hujjatlari va ularning turlari farmoyish hujjatlarning vazifasi


Download 29.58 Kb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1185953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29-mavzu Hujjatchilik va ish yuritish

Oldingi tahrirga qarang.
8. Amaldagi loyihalar doirasida ilgari boshlangan parametrik va izlov quduqlarini burg‘ulash ishlarini tugatish sharti bilan uglevodorod xomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlarini ruxsatnoma olmagan holda olib borish huquqi “O‘zbekneftgaz” AJda saqlab qolinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
9. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
2020 — 2025-yillarda uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini;
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasi bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJga yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani taqdim etgan holda, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida u tomonidan quduqlarni burg‘ulash ishlari amalga oshiriladigan istiqbolli tuzilmalar va uglevodorod konlarining ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Quyidagilarga:
“O‘zbekneftgaz” AJga Neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida avval boshlangan loyihalar bo‘yicha “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan ilmiy-tadqiqot, tematik, geofizik va laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
“O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalariga 2021-yilning oxiriga qadar geologiya-qidiruv va qo‘shimcha ishlarni bajaruvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida tender savdolarisiz tanlov o‘tkazish yo‘li bilan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
11. Xorijiy investorlar tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasi bilan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar o‘rganiladigan investitsiya bloklari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
xorijiy investorlar bilan kelishuvlar muddati tugaganidan so‘ng investitsiya bloklari va istiqbolli uchastkalar Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadi;
investitsiya bloklari chegaralari va maydonlari Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tganidan so‘ng investorlarni jalb etish jarayonini optimallashtirish uchun bir yil ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Quyidagi mexanizm joriy etilsin, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3000-son qarorida ko‘rsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruxsatnomalarni berish shaffofligini ta’minlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin;
(12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich bahosi geologik tadqiqot uchun ― imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun ― tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar auksion savdolarini tashkillashtirishga ketgan xarajatlar chegirilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi Davlat geologiya qo‘mitasining hisoboti har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining texnik ko‘magi, auditorlar va mustaqil maslahatchilarni jalb etgan holda, shaffof tartib-taomillar asosida tender hujjatlarini tayyorlash va savdolarni tashkillashtirish, investitsion geologik obyektlarni baholash yo‘li bilan strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib chiqarishga doir investitsiya bitimlarini tuzish amaliyoti qo‘llaniladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tasdiqlangan mineral-xomashyo bazasini (jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan yillik mablag‘lar doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar haqi to‘lovi uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat geologiya qo‘mitasi:
Ishchi guruhning ishchi organi va ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari bo‘yicha amaldagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi hisoblanadi;
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik o‘rganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;
neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xomashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda uglevodorod xomashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni belgilaydi.
14. Belgilansinki, yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilishi shart.
15. Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida:
xodimlarning cheklangan soni 9 nafardan iborat Neft va gaz geologiyasi boshqarmasi;
xodimlarning cheklangan soni 7 nafardan iborat Neft va gaz burg‘ulash ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi;
xodimlarning cheklangan soni 4 nafardan iborat Xarid ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Davlat geologiya qo‘mitasiga ushbu bandga asosan tashkil etiladigan boshqarmalarni butlash maqsadida qo‘shimcha 14 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari ajratilsin.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisining neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
16. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarorida:
10-bandning uchinchi xatboshisi, shuningdek, 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
11-banddagi “339” va “92” raqamlari tegishincha “391” va “107” raqamlari bilan almashtirilsin.
18. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.

Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling