Mavzu: farmoyish hujjatlari va ularning turlari farmoyish hujjatlarning vazifasi


Quyida sohaga oid PQ namoyish etilgan.Ushbu hujjat shakli va mazmuni bilan tanishib chiqing


Download 29.58 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1185953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29-mavzu Hujjatchilik va ish yuritish

Quyida sohaga oid PQ namoyish etilgan.Ushbu hujjat shakli va mazmuni bilan tanishib chiqing.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
NEFT VA GAZ GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OLIB BORISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.11.2019 yildagi PQ-4522-son
Кучга кириш санаси
19.11.2019
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
NEFT VA GAZ GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OLIB BORISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uglevodorod xomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) quyidagi funksiyalarni topshirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
yangi uglevodorod xomashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;
respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.
“O‘zbekneftgaz” AJ 2019-yil yakuniga qadar Davlat geologiya qo‘mitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari bo‘yicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yildan boshlab, neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;
neft va gaz bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari bilan jihozlash choralari neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlarida ko‘zda tutiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalashtiriladi;
neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga burg‘ulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar geologiya-qidiruv xizmatlari sohasi va ushbu tarmoqdagi raqobat darajasini o‘rgangan holda 1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini Agentlikka aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini berish orqali qayta tashkil etishni ta’minlasin.
Davlat geologiya qo‘mitasi Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, “O‘zbekgeofizika” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ hamda qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari o‘z faoliyatini Davlat geologiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oshiradi.
4. Quyidagilar belgilansin:
“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarining Agentlikka berilishi balans qiymatida “O‘zbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi kamaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi;
ushbu qarorga asosan bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berilayotgan va qabul qilinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar shu jumladan aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar barcha soliq turlari bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ aksiyalari Agentlik egaligiga o‘tishi yangi sotib olingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan amaldagi shartnomalar bo‘yicha huquq va majburiyatlari saqlanib qolinadi.
5. Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bajariladigan 2020-2021-yillarda yer qa’rini uglevodorod xomashyosiga geologik o‘rganish ishlarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash uchun sotib olinadigan zamonaviy geofizik, laboratoriya va boshqa qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mineral-xomashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yo‘li bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Davlat geologiya qo‘mitasiga har yili tasdiqlanadigan mineral-xomashyo bazasini (shu jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek, ushbu qaror bilan topshirilayotgan funksiyalarni hisobga olgan holda mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh zimmasiga (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ushbu qarordan kelib chiqadigan topshiriq va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.

Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling