Mavzu: farmoyish hujjatlari va ularning turlari farmoyish hujjatlarning vazifasi
Download 29.58 Kb.
|
29-mavzu Hujjatchilik va ish yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruqlarning bir qator turlari
- Buyruqning farmoyish qismi
Mavzu:FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI Farmoyish hujjatlarning vazifasi. Farmoyish hujjatlarning turlari. Buyruq, Farmoyish,Ko’rsatma. Farmoyish hujjatlarining leksik va stilistik xususiyatlari. Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining ahamiyati kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to`liq foydalanadi. Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir. Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko`rsatma kiradi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko`rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan bеriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo`lib ularga: a) umumiy masalalar bo`yicha b) shaxsiy tarkib bo`yicha v) asosiy faoliyat bo`yicha buyruqlar kiradi. Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o`rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so`zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kеlib chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko`rsatish mumkin. Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo`lishi kеrak. Adliya maslahatchisi buyruqni ko`rishda quyidagilarga e'tibor bеradi: masalan, buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadi qanchalik to`g`ri kеlishi; buyruq loyihasining amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kеlishi; mazkur idoraning ilgari bеrilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo`qmi yoki ularning qisman takrorlanishi va boshqalar. Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko`rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi. Ayrim hollarda buyruqqa asos bo`lgan hujjat uning farmoyish qismi tеgishli bandida ham ko`rsatiladi. Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling