Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1.Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
2.Tuzilgan sanasi va joyi;
3.Tartib raqami va tasdiq belgisi,
4.Matn sarlavhasi, 5.Hujjat turi nomi (dalolatnoma),
6.Hujjat tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar.
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro vaqtidagi belgi. Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya voqealarga aloqador va nomi ko‘rsatilgan shaxslarni hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak. Yuqorida aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin, ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham birbiridan o‘zaro farqlanadi: - topshirish - qabul qilish dalolatnomalari; - moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini taftish etish dalolatnomasi; - kassani taftish qilish paytida tuziladigan dalolatnomalar; - uy-joy sharoitini tekshirish asosida tuziladigan dalolatnomalar. Topshiriq: 1. Oliy ta’lim muassasasi buyrug’ining matnini tayyorlash.
2. Farmoyish hujjatlarida qo’llaniladigan tayanch so’zlarni yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |