Mavzu: Farmoyish hujjatlari
Download 14.59 Kb.
|
9-mavzu
Mavzu: Farmoyish hujjatlari Rasmiy uslub, hayotimizning barcha jabhalarida o'ziga xos xarakteriga hamda o'rniga egadir. Rasmiy uslubning asosini ish yuritish hujjatlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham rasmiy uslubni "hujjatlar" , "hujjatlar yuritish uslubi" deya atash mumkin. Hujjatlar hayotimizni ma'lum darajada tartibga solib turadi. Ularga turmushimizning har jabhasida duch kelishimiz mumkin. Hujjatlar mazmunan va shaklan turli tumandir. Rasmiy ish yuritish hujjatlari bir necha turlarga bo'linadi. Ulardan biri farmoyish hujjatlari hisoblanadi. Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan buyruq, buyruqdan ko'chirma, farmoyish hamda ko'rsatma kabi hujjatlari bo'lib, ular rahbariyatning, tashkilot yoki korxonaning boshqaruv qarorlarini rasmiylashtiradigan, qonuniylashtiradigan hujjatlar sanaladi. Biror bir tashkilot yoki korxonaning faoliyati ularni tayyorlash va nashr etishsiz amalga oshirilmaydi va rasmiy kuchga ham ega bo'lmaydi. Shuning uchun ushbu hujjatlarni tayyorlashda katta e'tibor va ehtiyotkorlik talab etiladi. ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI Farmoyish hujjatlari sirasiga kiruvchi buyruq muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo'llaniladi. Buyruqdan ko'chirma buyruqning ma'lum bir qismining aynan keltirilishidir. Buyruqdan ko'chirma asl hujjatning farmoyish qismidan oldingi barcha qismlarini o'z ichiga oladi. Farmoyish qismidan esa faqatgina aniq holat uchun zarur bo'lgan ma'lumot olinadi. Farmoyish amaliy masalalar yuzasidan tayyorlanadigan hujjatdir. Uning amal qilish muddati chegaralangan bo'ladi. Ko'rsatma idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi. FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi Download 14.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling