Mavzu: Fazliy tazkirasi


Download 4.45 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.45 Kb.
#1565063
Bog'liq
Taqdimot (1)

Mavzu:Fazliy tazkirasi

Reja:

  • Tazkirachilik xususida
  • Fazliy Namongoniy tazkirasi

Tazkiralar turkiy va musulmon olamida, xususan, Turkiya, Turon va Eron zaminida turli tarixiy davrlarda yashab oʻtgan shoirlar va ularning sheʼrlari jamlangan majmua sifatida doimo qadrlangan va maxsus yoʻnalish sifatida rivojlanib kelgan.

  • Tazkiralar turkiy va musulmon olamida, xususan, Turkiya, Turon va Eron zaminida turli tarixiy davrlarda yashab oʻtgan shoirlar va ularning sheʼrlari jamlangan majmua sifatida doimo qadrlangan va maxsus yoʻnalish sifatida rivojlanib kelgan.
  • Tazkiralar Oʻrta Osiyoda ham koʻp asrlik tarixga ega, ularning katta qismi shoirlarning ijodiga bagʻishlangan boʻlsa-da, orasida olimlar, hukmdorlar, diniy ulamolar, sheriyat peshvolarining tarixi va faoliyatiga bagʻishlangani ham bor
  • Tazkiralar asosan adabiyot, xususan, sheʼriyat tarixi yoʻnalishida koʻp oʻrganilgan, tarix fanida esa ulardan madaniy hayot namoyondalarini oʻrganishda foydadalanilsa-da, haligacha maxsus tadqiqot obyekti boʻlmagan. Vaholanki, ularda nafaqat shoirlar, balki hukmdorlarning faoliyati, ularning adabiyotga, madaniyatga munosabati, sheʼrlarda esa davr ruhi, xalqning armonlari, qalb nidosi, ijtimoiy fikr va tafakkurni anglab olish mumkin boʻlgan jihatlar, geografik, topografik maʼlumotlar juda koʻp.

Tazkiralarning madaniyat tarixi va intellektual merosni oʻrganishdagi oʻrni va ahamiyati nihoyatda katta.

  • Tazkiralarning madaniyat tarixi va intellektual merosni oʻrganishdagi oʻrni va ahamiyati nihoyatda katta.
  • Tazkiralar tarix fanida uzviy davomiylikda, maxsus va izchil oʻrganilmagan boʻlsa-da, ulardan turli davrlardagi shaxslar va ijod ahlining hayotini, tarixini oʻrganishda tegishli oʻrinlarda unumli foydalanib kelinmoqda.
  • Tazkiralarning tahlili shuni koʻrsatadiki, ular orqali nafaqat madaniy hayot, balki davr ruhini ham baholash mumkin. Ular orasida hukmdorlarning topshirigʻi va homiyligida yaratilgani yoki shaxsiy tashabbus asosida avvalgi tazkiralarni davom ettirish yoki toʻldirish maqsadida yozilgani ham mavjud. Tazkiralarni asosan shoirlar, xattotlar, tarixchilar yozgan va XX asrning oʻrtasigacha davom etgan.

XIX asrdan XX asrning boshigacha har bir xonlikda tazkiranavislik anʼanasi davom etgan. Qoʻqon xonligida Umarxonning buyrugʻi bilan Fazliy Namangoniy va Mushrif tuzgan “Majmuatush shuaro” [1:338] nomli tazkiradan XVIII asr oxiri va XIX asr boshida Qoʻqonda yashab ijod qilgan 100dan ortiq ijodkor haqidagi muhim maʼlumotlar oʻrin olgan. Fazliy Namangoniy rahbarligida sheʼriy shaklda yaratilgan “Majmuai shoiron” (“Shoirlar guruhi”) tazkirasi saroyda toʻplangan ijodkorlar, adabiy muhit haqida maʼlumot beradi.

  • XIX asrdan XX asrning boshigacha har bir xonlikda tazkiranavislik anʼanasi davom etgan. Qoʻqon xonligida Umarxonning buyrugʻi bilan Fazliy Namangoniy va Mushrif tuzgan “Majmuatush shuaro” [1:338] nomli tazkiradan XVIII asr oxiri va XIX asr boshida Qoʻqonda yashab ijod qilgan 100dan ortiq ijodkor haqidagi muhim maʼlumotlar oʻrin olgan. Fazliy Namangoniy rahbarligida sheʼriy shaklda yaratilgan “Majmuai shoiron” (“Shoirlar guruhi”) tazkirasi saroyda toʻplangan ijodkorlar, adabiy muhit haqida maʼlumot beradi.

Download 4.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling