Mavzu: Fe’llarda zamon shakli


Download 96.03 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi96.03 Kb.
#1193462
Bog'liq
7-sinf. fe\'llarda zamon shakli

Mavzu: Fe’llarda zamon shakli (Veterinar) 7-sinf

Quyi Chirchiq tumani 13- umumta’lim maktabi

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Kamolova

Darsning maqsadi

  • Ta’limiy maqsad:O’quvchilarning morfologik bilimlarini oshirib, fe’llarda zamon shakllari haqida bilimlar berish.
  • Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish, saylov va uni o’tkazish tartiblari haqida tushuncha berish.
  • Rivojlantiruvchi maqsad: Mashqlar ishlash,matn va gaplar tuzish orqali bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish

Mavzu: Fe’llarda zamon shakli.

  • Darsning maqsadi.
  • Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga fe’l zamonlari haqida tushuncha berish.
  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni o’z huquqlarini anglab yetish ruhida tarbiyalash.
  • Rivojlantiruvchi maqsad: Matn va gaplar tuzib, olgan bilim ,malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish.

Zamonlar:

  • Ish –harakatning aytilayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildirgan fe’llar o’tgan zamon fe’li deyiladi.
  • Ish – harakatning aytilayotgan vaqtda bajarilayotganini bildirgan fe’llar hozirgi zamon fe’li deyiladi.
  • Ish – harakatning aytilayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildirgan fe’llar kelasi zamon fe’li deyiladi.

Fe’llarda 3 ta zamon bor

  • O’tgan zamon shakli fe’l asosiga –di,-gandi,-gan edi,-gan ekan,-ibdi qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi: aytdi, keldi,ketgandi.
  • Hozirgi zamon shakli fe’l asosiga –yapti,-moqda,-ayotir qo’shimchalarini qo’shish bilan yasaladi:kelyapti,boryapti, aytyapti,ketmoqda,yozayotir.
  • Kelasi zamon shakli fe’l asosiga –adi,-moqchi,-ar,-ajak qo’shimchalari bilan yasaladi:boradi,kelmoqchi,aytadi,ketmoqchi,
  • aytajak,yozajak.

Fe’ldagi o’tgan zamon shakli:

  • -di qo’shimchasi bilan yasalsa, so’zlovchi bu voqeani o’zi ko’rganini anglatadi va bu qo’shimchadan keyin shaxs-sonning –m,-k,-ng,-ngiz qo’shimchalari qo’shiladi:
  • Berding, aytding,ko’rdik, yozdingiz.
  • (-i)b qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatni birovdan eshitganini bildiradi va shaxs-sonning –miz,-man,-san,-siz,-di(lar)shakllari qo’shiladi:
  • Ko’ribman, bilibman,so’zlabmiz,yuribsiz.

Shuningdek:

  • -gan qo’shimchasi bilan yasalgano’tgan zamon shakli harakat, holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-sonning –man,-miz,-san,-siz qo’shimchalari qo’shiladi:
  • Aytgansiz,bilganman,yozganmiz,ko’rgansan.

O’tgan zamon fe’lida to’liqsiz fe’llarning ishlatilishi.

  • Edi, ekan, emish so’zlari to’liqsiz fe’llar hisoblanadi.
  • Ular o’tgan zamon shaklidagi fe’llarga qo’shilganda shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz fe’llarga qo’shiladi:
  • Yurgan ekansan,borgan emishsiz.
  • To’liqsiz fe’llar asosan –gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon fe’liga qo’shiladi.

    Bu fe’llar –di,-mish,-kan shaklida ham qo’llanadi:yozgandi, borganmish,kelgankan.

Mavzularni mustahkamlash:

  • Fe’lning munosabat shakli deb nimaga aytiladi?
  • Fe’lning zamon shakli deb nimaga aytiladi?
  • Fe’llarda nechta zamon bor va ular qanday yasaladi?

Download 96.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling