Ikkinchi guruh tuslovchilar. Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan
shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo`shimchasidan tashqari),
shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so`ng
qo`shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko`rinishda bo`ladi,
ya’ni birinchi xil ko`rinishda –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan
ravishdoshlar hamda –yap, -yotib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti),
ko`plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko`rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), -
digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan
shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to`liqsiz fe’llari bilan
birga qo`llansa, III shaxsda shaxs ko`rsatkichi shakllanmaydi (nol ko`rsatkichli
shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko`rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi
quyidagicha: «A» ko`rinishi
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozib-man, yozayotib-man, yoza-
man yozyap-man
yozib-miz,
yozayotib-miz,
yoza-miz, yozyap –miz
II
yozib-san, yozayotib-san, yoza-
san, yozyap -san
yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-
siz, yozyap –siz
III
yozib-di, yozayotib-di, yoza-di,
yozyap -ti
yozibdilar,
zayotibdilar,
yozadilar, yozyaptilar
21
«B» ko`rinishi
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozgan-man,
yozar-man,
yozadigan-man, yozmoqda-man,
yozmoqchi-man
yozgan-miz,
yozar-miz,
yozadigan-miz, yozmoqda-miz,
yozmoqchi-miz
II
yozgan-san,
yozar-san,
yozadigan-san,
yozmoqda-san,
yozmoqchi-san
yozgan-siz,
yozar-siz,
yozadigan-siz, yozmoqda-siz,
yozmoqchi-siz
III
yozgan,
yozar,
yozadigan,
yozmoqda, yozmoqchi
yozgan-lar,
yozar-lar,
yozadigan-lar, yozmoqda-lar,
yozmoqchi-lar
Do'stlaringiz bilan baham: |