Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Harakat nomi Ish-harakatning atamasi bo`lib, gapda otga xos vazifalarni 
bajarishga mos bo`lgan fe’l shakli harakat nomi deb ataladi: Ilm-fanga intilish 
insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chavandoz bu gaplarni Ertoyevga 
aytishini ham, aytmaslikni ham bilmay turgandi (O.YOqubov). Mustaqilligimiz 


18 
tufayli xalq va Vatan tarixi, boy ilmiy va adabiy merosga xolisona yondashishning 
guvohi va shohidi bo`lmoqdamiz (Rahim Vohidov) gaplaridagi intilish, aytishni
aytmaslikni, yondashishning fe’l shakllari harakatning atamasi (nomi) bo`lib, 
gapda otga xos ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi vazifalarini bajargan. 
Harakat nomi quyidagi shakl yasovchi affikslar bilan yasaladi: 
1) fe’l negiziga –sh (-ish) qo`shish bilan (unlidan so`ng –sh, undoshdan 
so`ng –ish): o`qish, yozish, ishlash, chiqish kabi; 
Harakat nomining –sh (-ish) affiksi bilan yasalgan shakli otga yaqin turadi, 
shuning uchun ham bu shaklda harakat nomi otga ko`chishga moyil bo`ladi. 
2) fe’l negiziga –v (-uv) qo`shish bilan (unlidan so`ng –v, undoshdan so`ng 
–uv): ishlov, bag`ishlov, boruv, keluv kabi; 
Bu affiks bilan yasalgan harakat nomi hozirgi o`zbek tilida kam ishlatiladi
3) fe’l negiziga -moq qo`shish bilan: o`smoq, ulg`aymoq, o`rganmoq kabi. 
Harakat nomining -moq affiksi bilan yasalgan shakli fe’lga juda yaqin 
turadi, chunki har qanday fe’lning bosh shakli yo buyruq-istak mayli shaklida esla, 
shosh kabi; yoki eslamoq, shoshmoq kabi harakat nomi shaklida olinadi. 
Harakat nomi leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. Shu 
jihatdan harakat nomi fe’lga xos grammatik xususiyatlarga ega: 
1) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`rganish, ko`rmoq - o`timli 
harakat nomi; yugurish, ishonmoq - o`timsiz harakat nomi; 
2) nisbat ma’nosiga ega: yutmoq - aniq nisbat, yasanmoq - o`zlik nisbat, 
baholanmoq - majhullik nisbati, qiziqtirmoq - orttirma nisbat; 
3) harakat nomining bo`lishsiz shakli faqat –maslik affiksi bilan yasaladi: 
aytish – bo`lishli harakat nomi, aytmaslik – bo`lishsiz harakat nomi. 
4) harakat nomi zamon ma’nosiga ega emas. Lekin ma’lum bir qulay 
sharoitda unda hozirgi-kelasi zamon ma’nosi aks etadi: Oilada farzand tarbiyasiga 
har tomonlama e’tibor bermoq lozim (O.Karimova). 
5) boshqa fe’l shakllari singari harakat nomi boshqarish xususiyatiga ega. 
Shuningdek, ish-harakatning nomini bildirish jihatdan harakat nomi otga xos 
bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham ega, ya’ni: 


19 
1) harakat nomi son, egalik va kelishik affikslarini oladi; 
2) harakat nomi ot singari ega, qaratqich aniqlovchi, to`ldiruvchi 
ko`makchili shaklda hol va kesim vazifalarini bajaradi: Zumradning tikishi – 
go`zal, ipakni turlashi ham mohirona (O.). Bilim va tushunishga intil kunu tun 
(YUsuf Xos Xojib). Rais Jo`raboev bilan jiddiy tortishuvdan so`ng juda qattiq 
asabiylashdi (SH.R.). O`zini olim, fozilman deb maqtanish, shu bilan g`ururlanish 
jaholatning bir ko`rinishidir («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling