Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Fe’l nisbatlari. Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) 
va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi 
munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi 
orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan 
ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan 
batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov). 



Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir 
shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda 
qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom). 
Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi 
yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida 
so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi 
(Tog`ay Murod). 
Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi 
mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod). 
Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa 
bir subyekt va obyekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan 
qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.). 
Shunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud:
1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. 
Orttirma nisbat. 
Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. 
Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha 
ma’no qo`shadi, ya’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va 
predmeti (obyekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. 
Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet 
(obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha 
subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga ta’siri bilan 
bajariladigan harakat. 
Aniq nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik 
jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa 
harakatning obyekti bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv 
konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq 
uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatining bajaruvchisi 
(subyekti) Navoiy bo`lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa uyda 
holi orqali ifodalangan. 



Bunday shaklda maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l 
negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil 
qilishi uchun asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling