Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

 O`zlik nisbat. Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan obyekti bir 
shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan 
zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan 
qo`shimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib 
turibdi. 
O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan: 
maqta-n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi; 
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-
l, shosh-il kabi; 
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-
lan, tinch-lan, shod-lan kabi; 
g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi. 
So`ra, bor, yugur kabi fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik 
nisbati yasalmaydi. 
 Majhul nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) 
emas, obyekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi 
noma’lum bo`ladi. 
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib 
kirildi harakatining bajaruvchi subyekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega 
vazifasida kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan. 
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi 
tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi. 
Majhul nisbat quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi: 
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish 
bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi; 



b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish 
bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi. 
Majhul nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llanadi. 
Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham 
majhul nisbat yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l 
negizining o`zlik yoki majhul nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: 
Zulfiya darsga tayyorlandi. Muolajaga tibbiy uskunalar tayyorlandi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling