Mavzu: fe`llarning zamon


Download 0.74 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1082793
Bog'liq
6 sinf fellarning zamon shakllari ma

MAVZU:

FE`LLARNING ZAMON

SHAKLLARI

DARSNING MAQSADI: ta`limiy:o`quvchilarga fe`l zamonlari haqida ma`lumot berish; tarbiyaviy:o`quvchilarda ilmga chanqoqlik va mehnatsevarlik hislarini tarbiyalash; rivojlantiruvchi: fikrni ixcham va ravon ifodalay olish malakalarini rivojlantirish.

DARS TURI:olingan bilimlarni mustahkamlovchi va rivojlantiruvchi dars; DARS USULI:savol-javob, induktiv, jadval, mashqlar bajarish; DARS JIHOZI:darslik, texnika vositasi, tarqatma, ko`rgazma

DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy qism: (ingliz tilida)salomlashish, fan shiori, navbatchi hisoboti II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: tarqatma savollar beriladi:


1.Fe`lning noaniq shakli deb nimaga aytiladi? 2.Fe`lning ma`noviy guruhlari nechta? 3.Fe`llar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi? 4.Fe`llarning nechta vazifa shakli mavjud? 5.Fe`l nisbatlarini sanang.

YANGI MAVZU BAYONI: DARSNING REJASI: 1.O`tgan zamon fe`llari. 2.Hozirgi zamon fe`llari. 3.Kelasi zamon fe`llari. 4.Mashqlar ustida ishlash.

Mavzu induktiv usuldan foydalanib tushuntiriladi. Dastlab 1-2-topshiriqlar ustida ishlanadi. 1.So`zlarni tarkibiy qismlarga ajratish: kel-asos, -di-o`tgan zamon qo`shimchasi; kel-asos, -yapti- hozirgi zamon qo`shimchasi; kel-asos, -adi- kelasi zamon qo`shimchasi.

Fe`l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo`lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi.


O`TGAN ZAMON
HOZIRGI ZAMON
KELASI ZAMON
Fe`l uchta zamon shakllariga ega:


O`tgan zamon
-di
-ibdi
-gan
-gan edi
-gan ekan
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida dunyoga kelgan
Bolalik chog’idayoq hammaning etiboriga tushgan,eng avvalo odobli bo’lgan, ko’p kitob o’qigan
HOZIRGI ZAMON:
-YAPTI
-YOTIR
-MOQDA
Hozir o`lkamizda qaysi fasl hukm surmoqda?
KELASI ZAMON
-adi
-ajak
-ar
-moqchi
Biz yaqinda ustozimiz bilan Samarqandga boramiz.
MUSTAHKAMLASH
203-mashq
Matnni o`qing. Fe`llarning qaysi zamon shaklida kelayotganini aniqlang.
204-mashq
Fe`llarni jadvalga joylashtiring:
hayqirar edi, kuylamoqchi, yayradi, qo`ndi, qichqirmoqda, to`lib-toshdi, qoplagandi, yig`lamoqchi, ichyapti, adashib qoldi, yozar edi, yurdik, qarayapmiz.

FE`L ZAMONLARI

BO`YICHA “SO`Z ZANJIRI” O`YINI

O`TKAZILADI

DARS YAKUNI: darsdagi faolligiga ko`ra o`quvchilar baholanadi


UYGA VAZIFA
205-MASHQ

Tayyorladi: Yusupova Oygul-39-IMI ona tili o`qituvchisi


E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling