Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni
Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Download 57.5 Kb.
|
2020 Fermer xo’jaliklarida tabiiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI.
- Moddiy resurslar va ulardan foydalanishni boshqarish holati
- Fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligining hozirgi holati
1 Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
3 muhofaza qiluvchi texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etadi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini tadqiqot ob’yekti sifatida tanlaganimiz Payariq tumani fermer xo’jaliklari misolida tahlil qilamiz. Mazkur kurs ishi maqsadi sifatida fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslar (yer- suv) dan samarali foydalanishni tashkil etishni tahlil qilib, tegishli ilmiy xulosa va tavsiyalar berishni belgilab oldik. Kurs ishini bajarish davomida quyidagi vazifalarni belgilab oldik: mavzuning turli ilmiy adabiyotlarda yoritilishini o’rganish; tadqiq etilayotgan fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining holati tahlili; yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish; fermer xo’jaligida amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqish. 4
MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI. Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikasiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari tabiiy va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda. Tadqiqotlarimiz davomida ba’zi adabiyotlarni o’rganib chiqdik va ularga oid sharhlarni keltirdik: O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Davlat yer kadastri to’g’risida. 28.08.1998 y. 666-I-son. Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. -Toshkent, 2013. -12-son, 155-modda. Mazkur Nizomda ba’zi suv xo’jaligiga oid tushunchalarga ta’rif berib o’tilgan: suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish; suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv ob’yektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish; suv iste’molchisi — o’z ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob’yektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo’lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida. 14.01.2018. 25-son Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan, ayniqsa, dala chetlari, sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo’ylaridagi yerlardan foydalanishga munosabati o’zgardi, ushbu yerlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali qo’shimcha daromad olish hamda o’z 5 xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish borasida salmoqli ijobiy natijalarga erishildi. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018 Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi bo’yicha ham muhim dasturlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag’batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g’allani moliyalashtirish tartibi o’zgartirilgani, O’zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o’z mablag’larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo’lganini ta’kidlash lozim. Bu yilgi mavsumda g’alla yetishtiradigan fermerlarga 1 trillion 33 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo’jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko’p imtiyozli kreditlar ajratilgani soha rivojiga yuksak e’tibor namunasidir. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018 Murojaatnomada ta’kidlanishicha, qishloq xo’jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifamizdir. Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. - T.: Ma’naviyat, 2019. - 312 b. Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan. Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan. Abdug’aniyev A. Qishloq xo’jalik yerlaridan to’liq va samarali foydalanish istiqbollari//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2013. -№7. -35-36-b. Olim mulohazasida ta’kidlanishicha, 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 25252,2 ming ga yoki jami yer fondining 56,86 foizini tashkil etadi. Mavjud qishloq xo’jalik yerlarining meliorativ holati 6 yomonlashib borishi oqibatida yiliga 700 ming tonnage yaqin g’alla, 416 ming tonnage yaqin paxta xom-ashyosi kam yetishtirilmoqda. Olim o’z maqolasida, meliorativ holati yomonlashgan qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish uchun bir qator irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishni tavsiya etadi. Babajanov A., Usmonov Y., Boyqulov J. Qishloq xo’jalik yerlaridan barqaror foydalanishning tashkiliy-xo’jalik va agrotexnik tadbirlari//Agroilm- O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2018. -№1 (51). -64-65-b. Mualliflar jamoasi, qishloq xo’jaligida yer-suv resurslariga to’xtalib o’tar ekan, shunday xulosaga kelishgan. Mamlakatning sug’oriladigan hududlarida yerlardan barqaror foydalanishni ta’minlash birinchi galda qihloq xo’jalik maydonlarining meliorativ holatini yashilash, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini doimiy ishchi holatida saqlash va hokazolar bilan bog’liqdir. Gapparov F. Sug’orish tarmoqlari soz bo’lsa suvdan samarali foydalanish mumkin//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№11. -13-b. Kuzgi-qishki mavsumda belgilangan tadbirlarning joylarda bajarilishi kelgusi yil hosili uchun puxta zamin bo’ladi. Sug’orish tarmoqlarini loyqa-cho’kindilardan, har xil o’simliklardan tozalab qiyaligining mustahlkamligini oshirish suv yo’llarining ravonligini va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, kelgusi yilda suvdan oqilona va samarali foydalanish, iste’molchilarni ishonchli ravishda suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Ergashev O. Tuproq unumdorligini oshirish//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№3. -44-b. Muallif tuproq unumdorligini oshirish uchun tog’-kon sanoatida to’planib qolayotgan chiqindi uyumlari tarkibini o’rgangan holda, ularni ma’lum me’yorlarda ishlatib boorish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan ijobiy samara berishini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar evaziga keladigan noan’anaviy agroruda va mineral xom- ashyolardan unumli foydalanish yuqori va sifatli hosil olish, shuningdek, xarajatlarni tejash imkonini beradi. Mirzajonov Q., Isayev S. Yerlarning meliorativ holati nimaga bog’liq//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№4. -60-62-b. Mualliflar maqolada yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, jumladan sho’rga qarshi kurashish yer unumdorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. -T.: ILM- ZIYO, 2017. Mazkur darslikning 6-bobi «Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish» deb atalib, 6.3 - Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi mavzusida quyidagilar keltirilgan: “Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 1 so’mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof daromad (foyda) ning o’sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o’sishi hisoblanadi. Suvdan o’simlikning talabidan kelib chiqqan holda 7 rejali va me’yorda foydalanish yer-suv resurslaridan foydalanishning va bir butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga olib keladi”. 8
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 9
Moddiy resurslar va ulardan foydalanishni boshqarish holati Moddiy resurslar tarkibida salmoqli o’rinni asosiy vositalar egallaydi. Shu sababdan ham, Payariq tumani fermer xo’jaliklarida asosiy fondlar qiymatini tahlil qilib o’rgandik. 10
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki 2011 yilda asosiy vositalarning qayta baholash qiymatlari kamaygan. Shuningdek, asosiy vositalar tashkilot yoki 11
*Manba: Payariq tuman qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari. jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklari a’zolari soni 8856 kishi bo’lib, 2016 yilga nisbatan 1467 kishi yoki 19,9 foizga ko’paygan. Ishchilar tarkibida doimiy ishchilar soni 998 kishiga ko’payganligi va yollanma ishchilarning 469 kishiga ko’paygani kuzatildi. 12 FERMER XO’JALIKLARIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH SAMARADORLIGI, MEZONI VA KO’RSATKICHLARI. 3.1. Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslar foydalanishni boshqarish samaradorligi tushunchasi va mezoni. Ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. Shu munosabat bilanqishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim. Ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal etish, genetik modifikasiya qilingan mahsulotlar yetishtirmaslik bo’yicha qat’iy nazorat o’rnatishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. So’nggi yillarda mamlakatimiz bozorlarida import meva-sabzavot mahsulotlari ko’payib borayotgani bizni albatta hushyorlikka chaqirishi kerak. Bunday holatning oldini olish uchun, avvalo, yo’qolib borayotgan qadimgi navlarni tiklash, seleksiya ishlarini oqilona va samarali yo’lga qo’yish, sohaga ilm-fan yutuqlari, innovasion ishlanmalarni keng joriy etishimiz zarur. Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloq xo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer-suv resurslari maydonlari hajmining miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi. Birinchi guruh ko’rsatkichlarga, yer-suv resurslarini qishloq xo’jaligi oborotiga jalb qilish darajasini aks ettiruvchi, yer-suv resurslaridan, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerdan va haydaladigan yerdan foydalanish koeffisiyentlari kiradi. Yer resurslaridan foydalanish koeffisiyenti ( YeRFK) qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni xo’jalikka berkitilgan jami yer maydoniga nisbati bilan ifodalanadi. Q/XYaYe YeRFK = JEM Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish koeffisiyenti (Q/XYaYeFK). Haydaladigan yerlarni(HYe) qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga(Q/XYaYe ) nisbati bilan ifodalanadi. XE Q/XYaYeFK = Q/XYaYe 13 Haydaladigan yerlardan foydalanish koeffisiyenti (HYeFK) jami ekin maydonlarini(JEM) haydaladigan yerlarga(HYe) nisbati bilan ifodalanadi. JEM HYeFK = HYe Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari yer qaytimi va yer sig’imidir. Yer qaytimi 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri kelgan sof mahsulotni(SM) ifodalasa, yer sig’imi, 1 so’mlik sof mahsulot qancha gektar yerdan olinganligini ifodalaydi. SM Q/XYaYe YeK = ; YeS = Q/XYaYe SM Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samaradorligining qo’shimcha ko’rsatkichlari ana shu yerlardan olingan natura va qiymat shaklidagi yalpi va tovar mahsulotlari hisoblanadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari alohida olingan xo’jaliklarda yoki bir xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda joylashgan va bir xil ixtisoslashgan xo’jaliklarda alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini baholashda foydalanilinadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yer hisobiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotini xarakterlaydi va aksincha: YaM; TM Q/XYaYe YeK = ; YeS = Q/XYaYe YaM; TM Bunda har bir tur qishloq xo’jaligi mahsuloti uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga mos keladi. Yer qaytimining natural ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: ga yerdan olingan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi; 100ga haydaladigan yer hisobiga to’g’ri kelgan, sentner: g’alla, paxta, kartoshka, sabzavot va boshqalar. 100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga yoki ozuqa ekinlari maydoni hisobiga ozuqa ishlab chiqarish, ozuqa birligi. 100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisobiga ishlab chiqarish, sentner sut, go’sht (turli xil), jun, tuxum, g’alla, paxta va boshqalar. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda. 14 Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi. Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yerga bo’lgan mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir. Birinchi guruh omillar, bu yerga bo’lgan mulkchilik bo’lib, uning shakllari yuqorida ta’kidlanganidek quyidagilardan kelib chiqadi: Yerga bo’lgan xususiy mulk; Yerga umrbod merosli egalik qilish; Yerdan foydalanish; Yerni ijaraga berish; Yer uchun to’lov. Yer resurslaridan samarali foydalanishning umumlash-tiruvchi ikkinchi guruh omillari ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi bo’lib, u tuproq unumdorligini tiklaydigan, saqlay-digan va oshiradigan, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqa-rishning qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan, kompleks o’zaro aloqador agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni ifodalaydi. O’zbekiston sharoitida suv xo’jaligi tizimiga sug’oriladigan yerlarni zaxini va sho’rini qochiruvchi drenajlar ham kiradi. Ammo axoli yashovchi maskanlar va sanoat sanoat maydonlarini zaxini qochiruvchi drenajlar kommunal xizmati va sanoat korxonalari qaramog’ida qoldirilgan. Suv xo’jaligi sohasini o’zlashtirish, bu yo’nalishida amaliy va ilmiy ish yuritish bir qator atama va tushunchalar tarifini aniqlab olishni taqozo qiladi. Bulardan asosiylari quyidagilardir. Suv resurslari (SR) umumiy va ekspluatasion bo’ladi. Umumiy SR deb u yoki bu maqsadlarda ishlatilgan, ishlatilayotgan yoki ishlatilishi mumkin bo’lgan suv miqdoriga aytiladi. Ekspluatasion SR ishlatilgan, ishlatilayotgan yoki malum hisobiy davrda ular miqdori va sifatini boshqarish yo’li bilan ishlatitishi mumkin bo’lgan suv miqdoriga aytiladi. Suv resurslaridan samarali foydalanish deb tabiat muxofazasi xaqidagi barcha qonun va qoidalarga to’la rioya qilgan holda ulardan foydalanish jamiyatga faqat hozirgi kunda emas, balki tassavur mumkin bo’lgan uzoq kelajakda ham eng yuqori samara olishni taminlovchi foydalanishga aytiladi. Suv resurslaridan samarali foydalanishga ular resurslaridan mukammal (kompleks) foydalanilgandagina erishish mumkin. Suv manbalarining hamma foydali xossa va xususiyatlaridan bir vaqtda yoki ketma- ket iqtisodiyjihatdan samarali foydalanish ulardan mukammal foydalanish deyiladi. Suv resurslarining muhofaza qilish deb ular xossalarini buzilishi va ifloslanishi, behuda sarflanishi va barvaqt kamayib ketishini bartaraf qilishga yo’naltirilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy, texnik va iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aytiladi. Suv resurslarini boshqarish deb ularni maydon va vaqt ichida tarqalishini istyemolchi talabiga moslashtirishga aytiladi. 15
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklarida 2016-2018 yillarda ishlab chiqarishning sifatiy ko’rsatkichlari va asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar bilan ta’minoti yaxshilangan, jumladan, yer resurslarida - 12,5%, mehnat resurslarida - 19,9%, moddiy resurslar qiymatida - 8,7% o’sish kuzatildi. Olingan daromad 2018 yilda 721492,0 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan - 150179,7 mln so’m yoki 26,3%ga oshgan. Jami xarajatlar - 20162018 yillarda 139923,6 mln so’mga yoki 28,4%ga oshgan. Yalpi foydada o’sish 13,1%ni tashkil etdi. Tuman fermer xo’jaliklarining rentabellik darajasi 2016 yilda 15,9%, 2018 yilda - 14,0%ni tashkil etib, 1,9 punktga pasaygan. Fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligining hozirgi holati Tadqiqotimiz ob’yektida asosan fermer xo’jaliklari bo’lgani uchun, ularning yer bilan ta’minlanishi, yer-suv resurslari holatini ko’rib chiqamiz. «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunga muvofiq fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari: Zahira yerlardan; 16
huquqiy va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan; qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan; qishloq xo’jaligi hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan beriladi. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari bo’ylab joylashgan yer uchastkalari fermer xo’jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo’ylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa hayvonlarni baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog’lari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) ko’paytirish, o’tlatish va boqish bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yo’nalishdagi fermer xo’jaliklariga xo’jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi. Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi. Fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo’jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar. Zahira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljalangan yerlardan yer uchastkalari yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib chiquvchi tuman komissiyasi o’tkazgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi. Tuman hokimining fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to’g’risidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo’jaligining boshlig’i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi. Fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi bo’lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xo’jaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning o’zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan belgilanadi. Fermer xo’jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. O’zbekistonda serunum yer va ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda har bir gektar paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi. Hosildorlikni oshirish kompleks agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun quyidagi imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur. 17
Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling