Mavzu: Firma harajatlarining iqtisodiy mohiyati va asosiy tiplari
Ishlab chiqarish xarajatlarini о‘zgarishi
Download 183.13 Kb.
|
Firma harajatlarining iqtisodiy mohiyati va asosiy tiplari
Ishlab chiqarish xarajatlarini о‘zgarishi. (4-jadval)
Jadvaldagi qо‘shimcha xarajat umumiy xarajatni о‘sgan qismini (TS) ishlab chiqarilgan mahsulotning о‘sgan qismiga (0) nisbati bilan aniqlanadi. Masalan: tо‘rtinchi ishchini ishga yollash natijasida mahsulot miqdori 13 birlikda (76-63) о‘sgan, umumiy xarajat bо‘lsa 250 sо‘mga (2000-1750) о‘sgan. Demak, bu yerda MS=250 : 13=19,2 sо‘m bо‘ladi. Bu jadval ma’lumotlarini grafikda aks ettirsak quyidagicha bо‘ladi. Grafikdan xulosa qilib ayta olamizki “a” nuqtasida ya’ni qо‘shimcha xarajat (MS) eng past bо‘lgan nuqtada umumiy xarajat ham (TS) past darajada bо‘ladi. Bu degan sо‘z ayni shu nuqtada qо‘shimcha xarajat hisobga kо‘proq mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bundan tashqari doimiy xarajat о‘zgarmas bо‘lganligi uchun о‘rtacha doimiy xarajat (AG‘S) mahsulot ishlab chiqarish xajmi kо‘payishi bilan pasayib boradi. О‘zgaruvchan xarajat bо‘lsa, dastlab pasayib boradi va keyinchalik mehnat unumini kо‘payishi va qо‘shimcha mahsulotni kamayishi qonuniyatiga kо‘ra ortib boradi. Shunga kо‘ra dastlab о‘rtacha umumiy xarajat (ATS) pasayib borsa keyinchalik о‘zgaruvchan xarajatning о‘sishi umumiy о‘rtacha xarajatni xam о‘sishiga olib keladi. Bu grafikdagi “A” -nuqtasi bо‘lib hisoblanadi. Shu nuqta ayni vaqtda eng kam xarajat nuqtasi bо‘lib hisoblanadi. Bizning misolimizdagi eng kam xarajat talab qilinadigan nuqta agar firma 4-ishchi yollasa, 76 - birlikdagi mahsulot ishlab chiqarsa va doimiy va о‘zgaruvchan xarajati 2000 sо‘mni tashkil qilgan varianti bо‘lib hisoblanadi, chunki shunda umumiy о‘rtacha xarajat (ATS) mahsulot birligi hisobiga 26,3 sо‘mni tashkil qiladi. Shu nuqtada (A) Q=76 ga teng. Agar firma kam mahsulot ishlab chiqarmoqchi bо‘lsa unda firma о‘zining doimiy kapitalidan tо‘liq foydalanmagan bо‘ladi, agar kо‘p mahsulot ishlab chiqarmoqchi bо‘lsa, unda qо‘shimcha ravishda jalb qilinadigan resurs uchun sarflanadigan xarajat о‘zini qoplamaydi. Bunday xolatlarda muqobil variantlardan foydalanish kerak. Birinchi xolatda ishlab chiqarish vositalarini ijara berish, ikkinchi xolatda resurs sotib olishga mо‘ljallangan mablag‘ni kredit berish uchun bankga qо‘yish mumkin. Xulosa Xulosa qilib aytganda Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, xususan tovar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish muayyan iqtisodiy resurslar (asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, yarim fabrikalar; ishchi kuchi va hokazo) sotib olishni taqazo etadi. Agar firmada yangi tashkil etilayotgan bo'lsa, u yerda ham sotib oladi. Yoki uni ijaraga oladi. Bunga ham firma muayyan sarf-harajatlar qiladi. Agar firma yangi tashkil topgan bo'lib, o'zining pul mablag'lari kam bo'lgani uchun bankdan SSUDA (Qarz) olgan bo'lsa uning uchun foizlar to'laydi. Bundan tashqari u o'z faoliyatini tashkil qilish uchun elektr energiyasi sotib oladi.Transport aloqa xizmatlari uchun pul to'laydi.Sug'urta uchun to'lovlar reklama xarajatlari turli xil soliqlar va hokazolar uchun ham firma muayyan sarf harajatlar qiladi.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda to'g'ridan- to'g'ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni ,,ishlab chiqarishdan tashqaridagi'' xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagailar kiradi. Mahsulotni o'rash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar Mahsulotni jo'natiladigan joylarga tashib borish, Vagonlarga yuklash xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytira borish firma (korxona) rahbarlari, Menejeri va muhandislik-texnik xodimlaridan birinchi navbatda tejamkorlik bilan ish yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda fan-texnika yutqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan , yoqilg'i resurslaridan yanada to'laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi texnologik jarayonlarining yaratilishi va ularning joriy etilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va firma moliya- xo'jalik faoliyati smaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Korxona mablag'lari aylanishining aylanishlarining har bir tsiklli mahsulotlar yoki xizmatlarning sotilishi bilan yakunlanadi. Buning natijasida tushgan pul Mablag'lariga u yana iqtisodiy resurslar (xom ashyo, materiallar, yarim fabrikalar, yoqilg'i, ishchi kuchi va hakozo) sotib oladi va ularning yordamida mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat ko'rsatiladi. Har qanday iqtisodchi yoki menejerning, korxona rahbari yoki tadbirkorning muhim vazifasi ishlab chiqarishga sarflanayotgan resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish ya'ni mahsulot birligiga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan hozirgi kunda rivojlangan deb tan olingan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki resurslardan foydalanish samaradorligi ko'p jihatdan menejer boshqaruvchi faoliyatiga bog'liq. Ishchilarni yollash va ularni o'qitish mehnat unumdorligi yuqori bo'lgan ishchini tegishli tarzda moddiy rag'batlantirishni taminlash ,,immillagan '' ishchi yoki xodimni ishdan chetlatish kabi o'nlab muhim vazifalarga aynan menejer javob beradi. Firma ,, o'z-o'zini sug'urta qilish '' usuli yordamida ham zararlarini kamaytirishi mumkin. Bu usul maxsus zaxira fondi tashkil etish va zararlarni aylanma moliya mablag'lari xisobidan qoblash bilan bog'liq. Bu usuldan foydalanish yo'qotishi mumkin bo'lgan mol mulk butun bo'lgan mol-mulk butun biznesning mulkiy va moliyaviy miqyoslariga nisbatan juda kichik bo'lgan xollarda mantiqan to'g'ri bo'ladi. Masalan, yirik korporatsiyaning kichik binoda joylashgan ozgina uskunalarini yirik sug'urta kompaniyasi orqali yong'indan sug'urta qildirish maqsadga muvoofiq emas.Sug'urtani o'z bo'yniga olish usuli firmaning bir xil maxsuloti ko'p, ularning ishdan chiqishi ehtimoli kam bo'lgan xollardayam juda qo'l keladi. Download 183.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling