Mavzu: firma ishlayotgan tarmoqni tariflash turlari va uning mazmuni


Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar


Download 35.53 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1415892
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kk8

4.Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.
Bozordagi vaziyat tez-tez o‘ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o‘z siyosatini o‘zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko‘p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni taxlil qilish 2 bosqichdan iborat:



  • Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.

  • Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.

  • Bozorda eng ko‘p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tendensiyalaridagi o‘zgarish:

  • Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o‘zgarishi:

  • Yangi maxsulotlarni joriy qilish:

  • Texnologik o‘zgarishlar:

  • Marketing tizimidagi o‘zgarishlar:

  • Yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:

  • NOU XAU ni tarqalishi:

  • Tarmoqlar globallashuvining o‘sishi:

  • Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o‘zgarishi:

  • Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o‘tishi

  • Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o‘zgarishlarning ta’siri

  • Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o‘zgarishi:

  • Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:


5.Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
Tarmoqdagi raqobat tarkibini o‘rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o‘rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini tuzishdir.
Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu taxliliy usul tarmoqning umumiy taxlili va xar bir firmaning bozordagi mavqeini bir biriga bog‘laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruxlarga bo‘linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo‘lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo‘lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo‘ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o‘zining raqobat usuliga va bozorda o‘z mavqeiga ega bo‘lishi lozim.
Strategik guruxlar kartasini- tuzish tartibi quyidagicha:
Tarmoqdagi firmalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.
Kartaning o‘qlari bo‘ylab turli xarakteristikalarni juftligi tushiriladi.
Kartaga firmalar 2 o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.
Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruxga birlashtiriladi.
Xar bir strategik gurux atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri xar bir strategik guruxning bozordagi o‘rniga proporsional bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkichlardan foydalanib strategik guruxlarning 2 o‘lchamli kartasini tuzish mumkin.
Bir tarmoqda faoliyat kursatayotgan firmalarning nisbiy raqobat pozitsiyalarini urganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi.
Bir strategik guruxdagi kompaniyalar maxsulotlar diapazonining kengligi, tovar xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar, vertikal integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat kursatish xarakteri kabi turli belgilar buyicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik yondashuvlari bir xil bulgan bitta strategik gurux mavjud bulishi mumkin.
Strategik guruxlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki bu gurux tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
Tarmoqdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristikalar aniqlanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, maxsulot nomenklaturasi va xokazo).
Firmalarning xolati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan xususiyatlari bo‘yicha).

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling