MAVZU:FIRMANING TASHKILIY XUKUKIY SHAKLINI TAXLIL QILISH. - Korxonalar rivojlanishi trayektoriyalarining o`ziga xos xususiyati korxonalar tashkiliy tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi. Bugungi kunda istalgan mamlakatdagi yirik korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan tendensiyalarni hisobga olgan holda harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalarning xilma-xilligi kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini tanlashga ta’sir ko`rsatgan omillar yig`indisi har bir mamlakatda har xil.
- Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish trayektoriyasi;
- aktivlarning o`ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik darajasi);
- tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi);
- xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi);
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan bitimlarning murakkablik darajasi;
- qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati.
- Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga – unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga,
1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona. Korxonaning ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog`liqki, Rossiya va Sharqiy Yevropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani ko`paytirishga emas, balki normal yuklamali rejani bajarishga yo`naltirilgan. «Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, balki muhokama yoki rejali savdoning predmeti hisoblanadi. Bu yerda «prinsipal» siymosi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik mafkuraga muvofiq sotsializmda o`z manfaatlarining vakili – reja organi orqali B korxona faoliyati ustidan o`zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo`lib hisoblanardi. - Bu yerda «prinsipal» siymosi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik mafkuraga muvofiq sotsializmda o`z manfaatlarining vakili – reja organi orqali B korxona faoliyati ustidan o`zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo`lib hisoblanardi.
- Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan korxona direksiyasi o`rtasida hamda korxona direksiyasi bilan uning xodimlari o`rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdagi qat’iy intizomiga nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya (partiya tashkilotlari orqali), xo`jalik (vazirliklar va idoralar orqali) va kengash (Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari orqali erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi mexanizmlari esa mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «prinsipal» sifatida o`z manfaatlarini amalga oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi amalda «agent»dan yagona «prinsipal»ga aylandi: nazoratsiz byurokratik apparat o`z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda B korxonani unitar tashkilot, ya’ni vazirlik yoki idoraning bo`linmasi sifatida ta’riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |