Mavzu: fizik kattaliklar va ularning birliklari. Xatoliklar nazariyasi


Download 13.91 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi13.91 Kb.
#1832233
1   2
Bog'liq
Mavzu fizik kattaliklar va ularning birliklari. Xatoliklar naza-fayllar.org

Asosiy birliklar:
1.Uzunlik, metr (m). Kripton–86 atomining 2R10 va 5d5 sathlari orasidagi о‘tishga mos bо‘lgan nurlanishining vakuumdagi tо‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bо‘lgan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.

2.Massa, kilogramm (kg). Kilogrammning xalqaro prototipining massasini 1 kilogram deb qabul qilingan.

3.Vaqt, sekund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki о‘ta nozik sathlari orasidagi о‘tishiga mos bо‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.

4.Elektr tokining kuchi, amper (A). Bir amper tok vakuumdagi bir–biridan bir metr masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik tо‘g‘ri о‘tkazgichlardan о‘tganda о‘tkazgichlarning har bir metr uzunligiga 2?10–7 N Amper kuchi ta’sir qiladi.
5.Termodinamik temperatura, Kelvin (K). Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulishi 1 Kelvin deb qabul qilingan.
6.Modda miqdori, Molg‘ (Molg‘). Uglerod–12 ning 0,012 kg massasidagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
7.Yorug‘lik kuchi, kandela (kd). 540?1012 Hs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug‘ligining energetik kuchi 1/683 Vt/Sr ga teng bо‘lgan yо‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qо‘shimcha birliklar:
1.Yassi burchak, radian (rad). Aylanada uzunligi radiusga teng bо‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilinadi.
2.Fazoviy burchak, steradian (sr). Uchi sfera markazida
joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.

http://fayllar.org
Download 13.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling