Mavzu: fizik parametrlarni o`lchashda yo`l qo`yiladigan xatoliklarni hisoblash nazriyasi. Fizik kattaliklarning birliklari


Download 27.11 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1744378
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu fizik parametrlarni o`lchashda yo`l qo`yiladigan xatolikl-fayllar.org


Mavzu: fizik parametrlarni o`lchashda yo`l qo`yiladigan xatoliklarni hisoblash nazriyasi. Fizik kattaliklarning birliklari

1-DARS



MAVZU: FIZIK PARAMETRLARNI O`LCHASHDA YO`L QO`YILADIGAN XATOLIKLARNI HISOBLASH NAZRIYASI. FIZIK KATTALIKLARNING BIRLIKLARI
Har qanday fizik kattalikni qanchalik aniq o‘lchamaylik uning haqiqiy qiymatini topish mumkin emas. Tajribada o‘lchangan qiymat faqat taqriban haqiqiy qiymatga teng. Haqiqiy qiymat bilan o‘lchangan qiymat orasidagi farq (ayirma) o‘lchamning xatoligi deyladi. Tajriba vaqtida olingan o‘lchamlarga qanday faktorlar va nima uchun farq qilishini va ular o‘lchamini aniqlash darajasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini xatoliklar nazariyasi o‘rganadi. Tajribalar o‘lchamiga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: foydalanadigan qurilmalarning sifati, temperatura, namlik, o‘lchash usuli, eksprementatorning shaxsiy xususiyatlari va h.k. Yuqorida sanalgan faktorlar tajriba natijasiga salbiy ta’sir qiladi va haqiqiy qiymatni aniqlashni qiyinlashtiradi. Hatto tajriba o‘tkazish sharoiti yaxshilanganda, aniq sezgir qurilmalardan foydalanilgan holda ham, ayrim xatodan holi bo‘lish qiyin. Buning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Tajriba natijalarini aniqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni surunkali (sistematik) va tasodifiy xatoliklarga ajratish qabul qilingan. Surunkali xatolik har doim natija uchun haqiqiy qiymatidan bir tomonga o‘zgaradi, ya’ni uni kamaytirib boradi.
Tasodifiy xatolik, aksincha, bir hil ehtimollik bilan natijani uning haqiqiy qiymatidan, ham oshishga va ham kamayishiga sabab bo‘ladi. Tajribani o‘tkazishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning sabablarini ko‘rib chiqamiz.

1.Tajribani o‘tkazish usuliga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar.

Tajribani o‘tkazish usuliga bog‘liq bo‘lgan holda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar surunkali xatoliklarga kiradi. Masalan, oddiy kalorometr bilan ishlaganda, agar tashqi muhit bilan izolyatsiyasi yaxshi bolmasa, u holda natija olinganda issiqlik miqdorining qiymati haqiqiy qiymatdan kam miqdorda aniqlanadi, ya’ni surunkali xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Surunkali xatoliklarni mukammalroq usullarga o‘tish bilan yo‘qotiladi.




Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling