Mavzu: Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarni ilmiy izlanishlarga yo’naltirish


Ilmiy tushunchalarni shakllantirishda yo’l qo’yilgan xato va


Download 120.5 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi120.5 Kb.
#195674
1   2   3
Bog'liq
gulhayo ismoilova kurs ishi metodika uzoqova

3. Ilmiy tushunchalarni shakllantirishda yo’l qo’yilgan xato va

kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari
Qaysi sohaga nazar solmaylik, har qaysida bir kamchilik bo’lgani kabi bu ta’lim sohasini ham chetlab o’tmadi. O’quvchilarning tushunchalarni o’zlashtirishlarida quyidagi tipik xatolar kuzatiladi:

  • O’quvchilar tushunchalarni belgilaydigan atamalarni ishlatadilar, ammo tushunchaning mazmunini (uning muhim belgilarini ko’rsatish), uning muhim belgilarini muhim bo’lmaganlaridan ajratishni bilmaydilar;

  • Tushunchalarning umumiy belgilari ko’rinma belgilari bilan adashtiriladi masalan, ichki energiya belgilari mexanik energiya belgilari bilan adashtiriladi (tushunchalarni bilish differensial natijasida);

  • Tushunchalar orasidagi bog’lanish va munosabatlarni yomon o’zlashtiradilar (hammadan avval qaram va tobe munosabatlarni);

  • Tushunchalarni klassifikatsiya qilishni bilmaydilar, klassifikatsiya asosida qo’yish mumkin bo’lgan belgilarni tanlashda to’la ojizlik qiladilar.

Tushunchalarni o’zlashtirishdagi ko’rsatilgan kamchiliklarning mavjudligi shunga olib keladiki, o’quvchilar tushunchalar bilan muomala qilishga, har xil ko’rinishdagi o’quv va amaliy masalalarni hal etishga qiynaladilar.

O’quvchilarning tushunchalarni o’zlashtirishlarida ko’rsatilgan kamchiliklar paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biri o’qituvchining tushunchalarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini, o’quvchilar ularni o’zlashtirib olishlariga imkon beradigan shakllantirish usullarini, sharoitlarini va bu jarayonlar bo’ysunadigan qonuniyatlarini bilmasligi hisoblanadi. Ayrim hollarda o’qituvchilar o’quvchilar tushunchani o’zlashtirib olish va uni amalda qo’llashlari uchun tushunchaga ta’rif berish yetarli deb o’ylaydilar. Ammo tushunchani ta’riflash absrakt tushuncha bo’lish bilan tugallanadigan uning shakllanishining faqat boshlang’ich bosqichlaridan biri bo’ladi. Undan keyin tushunchalarning mazmuni va hajmini, o’zlashtirish ketma ketligi uning boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabatini aniqlaydigan tushunchalarning rivojlanishi jarayoni boradi.

Tushunchalarni egallash shular bilan birga o’quvchilarda tushunchalar bilan muomala qilish uquvini shakllantirishni, ularni o’quv-bilish va amaliy masalalarini hal etishga qo’llashni mo’ljallaydi. Shuning uchun bu jarayon o’quvchilarning faol fikrlash faoliyatini talab etadi, deb tasdiqlash mumkin.

Noto’g’ri umumlashtirishlarning oldini olish maqsadida bosim kuchini grafik tarzida ifodalaydigan mashqlarni o’quvchilarga taklif etish foydali bo’ladi. Mashqlarni shunday tanlash kerakki, sirtqi ta’sir etuvchi kuchning muhim bo’lmagan belgilari o’zgarib tursin (fazoda kuch vektorining yo’nalishi, kuchning tabiati). O’quvchilar bosim kuchi ta’sirining turli xolatlarini tahlil etish bilan bosim kuchining muhim (hamma xolatlari uchun amaliy) belgisi sirtga perpendikulyar ekanligi haqidagi xulosaga keladilar.

O’quvchilarda tushunchalarni o’zlashtirishdagi xatoliklarni ularni amalda qo’llashdagi qiyinchiliklarni oldini olish maqsadida yuqorida ko’rib o’tilgan tizimning hamma ko’rinishdagi mustaqil ishlarini tashkil etish zarur hisoblanadi.

Noto’gri umumlashtirishlarning oldini olish maqsadida bosim kuchini grafik tarzida ifodalaydigan mashqlarni o’quvchilarga taklif etish foydali bo’ladi. Mashqlarni shunday tanlash kerakki, sirtqi ta’sir etuvchi kuchning muhim bo’lmagan belgilari o’zgarib tursin (fazoda kuch vektorining yo’nalishi, kuchning tabiati). O’quvchilar bosim kuchi ta’sirining turli xolatlarini tahlil etish bilan bosim kuchining muhim (hamma xolatlari uchun amaliy) belgisi sirtga perpendikulyar ekanligi haqidagi xulosaga keladilar.

O’quvchilarda tushunchalarni o’zlashtirishdagi xatoliklarni ularni amalda qo’llashdagi qiyinchiliklarni oldini olish maqsadida yuqorida ko’rib o’tilgan tizimning hamma ko’rinishdagi mustaqil ishlarini tashkil etish zarur hisoblanadi.

O’tkazilgan tekshirishlar (A.V.Usova, G.G.Granatov) o’quvchilarning tushunchalarini yaxshi o’zlashtirishlariga ularni tushunchalarni o’zlashtirish alomatlari, umumlashgan harakter rejasida ifodalangan fizik tushunchalarning asosiy ko’rinishlarini (hodisalar, kattaliklar, qonunlar, asboblar va boshqalar haqida) o’zlashtirishga bo’lgan umumiy talablar bilan tushunchalarni bir biriga yaqinligi va farqini aniqlaydigan qoidalar bilan tanishtirish ijobiy ta’sir etishini ko’rsatadi. Bu tushunchalarni o’zlashtirishlar va uning natijalari asosida o’z-o’zini tekshirishni amalga oshirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishlarni tashkil etish uchun zarur sharoitlarni vujudga keltiriladi.

Tushunchalarni o’zlashtirishning asosiy alomatlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:



  1. O’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olingan tushunchalar belgilarining miqdori bilan aniqlanadigan tushunchalar mazmunini o’zlashtirishning to’liqligi;

  2. Tushuncha hajmining o’zlashtirilishi;

  3. Mazkur tushunchaning boshqa tushunchalar bilan munosabati va bog’lanishini o’zlashtirishning to’liqligi;

  4. Berilgan tur masalalarini hal etishda tushunchalardan foydalanishi.

O’quvchilarni o’rganayotgam tushunchalarga yaqin va shaklan farq qiluvchi tushunchalar bilan tanishtirish, turli ko’rinishdagi tushunchalar ta’riflangan namunalarga ega bo’lgan jadvallar sinfda bo’lishi juda foydali bo’ladi, shuningdek o’quvchilarni bir biriga yaqin va shaklan farq qiluvchi tushunchalarni aniqlash qoidalari bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:

  1. Ta’rif aniq, mos keladigan bo’lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchining hajmi aniqlovchining hajmiga teng bo’lishi kerak. Agarda aniqlanuvchining hajmi aniqlanuvchining hajmidan kam bo’lsa, ta’rif qisqa deyiladi, agar aniqlanuvchi hajm jixatdan aniqlanuvchidan keng bo’lsa, ta’rif keng deyiladi. Quyida qisqa va keng ta’riflarga misollar keltirilgan:

Keng ta’riflar

Qisqa ta’riflar

Modda deb, molekulardan topilgan jismga aytiladi

Modda – molekulalar


Dvigatel deb, elekte energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi mashinaga aytiladi

Dvigatel - mashina

Ta’rifdagi qoidaga rioya qilinayotganligini tekshirib ko’rish uchun aniqlovchi va aniqlanuvchilarning o’rnini almashtirib qo’yish tavsiya etiladi. Shunda, agar xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa, darhol ma’lum bo’lib qoladi. Masalan, yuqoridagi misollar qismlarining o’rinlarini almashtirib qo’ysak: “Materiya – modda”, “mashina – dvigatel” qilish bo’ladi. Birinchi holda, materiya tushunchasining hajmi “modda” tushunchasining hajmidan keng ekani darxol ko’rinadi. Ikkinchi misolda esa: “mashina” tushunchasining hajmi dvigatel bilan chegaralanmasligi, demak, o’zida transport mashinalarini, qishloq xo’jalik mashinalarini (yig’ish, ekish va boshqa) elektr tok generatorlarini va boshqalarini mujassamlashtirishi ko’rinadi. Bu usul juda sodda bo’lib, o’quvchilar uni oson o’zlashtiradilar

  1. O’xshashlik belgisi eng yaqin bo’lgan turiga mos kelishi kerak yoki boshqacha aytganda, ta’rif berishda eng yaqin turini o’rtada qoldirib ketmaslik kerak. Masalan, elektr dvigateli uchun eng yaqin turi mashina emas, balki dvigatel hisoblanadi. O’quvchilarni eng yaqin o’xshashlik tushunchasini oson o’zlashtiradilar.

  2. Ko’rinma farqi faqat shu ko’rinishdagi tushunchaga mos kelishi va boshqalarida bo’lmasligi kerak. Bu elektr dvigateli va issiqlik dvigateli tushunchalarini aniqlash misollarida ko’rsatilgan. Bu tushunchalar bir biriga yaqin umumiylikka ega dvigatel tushunchasi, ularning ko’rinma farqi esa turlichadir.

  3. Ta’rif qisqa va aniq bo’lishi kerak.

O’qituvchi har qanday tushunchaga ham ta’rif berish mumkin emasligini nazarda tutishi kerak. Bunday xolatlarda tushunchaning mazmunini ochib beradigan bir qator usullardan foydalaniladi. Quyidagi usullar ma’lum.

Tushunchalarga ta’rif berish mumkin bo’lmagan hollarda, bilimlar tekshirilayotgan vaqtda o’quvchilarga quyidagicha savollar berish mumkin emas:

“Nima deb ataladi …?” yoki “Nima edi…? Bu qoida ayrim hollarda buziladi. Masalan, VII sinfda ko’pincha o’quvchilar: “Tezlik deb nimaga aytiladi?” deb so’raydilar, ammo bu sinfda “tezlik” tushunchasiga ta’rif berishga imkon yo’q va shuning uchun u berilmaydi. Uning o’rniga quydagicha tushuntirish beriladi: “To’g’ri chiziqli tekis harakat tezligi vaqt birligi ichida jism qanday masofa o’tishini ko’rsatadi”. Shunday qilib, o’quvchilar ilmiy tushunchalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari uchun quyidagi sharoitlar zarur:

Zaruriy tushunchalar bazasini va har bir yangi tushunchani kiritish uchun taasurotlar ko’lamini xosil qilishi kerak. Shunday baza bo’lib o’quvchilarning hayotiy tajribalari, ularning kundalik kuzatishlari va fizika hamda boshqa predmet darslarida ilgari o’zlashtirib olgan tushunchalari xizmat etadi. Masalan, VII sinfda “ish” tushunchasini shakllantirish uchun baza bo’lib o’quvchilarning turli mashina va mexanizmlarning ishlashini kuzatish, shuningdek, o’quvchilar ilgari o’zlashtirgan “fizik jism”, “mexanik harakat”, “kuch”, “yo’l” tushunchalari xizmat qiladi.



Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ilmiy bilishlarni shakllantirish uning bazasini va har bir yangi bilimlarni o’zlashtirish, kiritish uchun taasurotlar ko’lamini hosil qilish kerak. Avvalo, o’quvchilarda ilmiy izlanishga yo’naltirish barobarida ta’lim tarbiyani ham birga olib ketilsa yaxshi natija beradi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng oliyjanob vazifadir. I.A. Karimov Oliy majlisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida shunday deydi: “biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Komil inson, o’qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir.



Har bir yangi bilimlarni o’zlashtirishda dalil keltirish bilan asoslangan bo’lishi kerak. O’quvchilar mustaqil izlanishlari uchun ularning ongida avvalo tushunchalar hosil bo’lishini ta’minlovchi faktlarni diqqat bilan tanlash va ilmiy tahlil etishdir. Yana ularni ko’proq qiziqtirish uchun amaliy, laboratoriya darslarida ko’rsatib tushuntira bera olish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni “oddiy o’qituvchi – o’rgatadi, yaxshi o’qituvchi – ko’rsatadi, eng yaxshi o’qituvchi – mativatsiya qiladi” deganlaridek yaxshi natija olish barobarida fanga chuqur kirishlari uchun avval o’rgatib, ko’rsatib ham mativatsiya qilinsa o’quvchilar bilimi chuqur joy egallaydi.
Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling