Mavzu: fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyoRlash masalalari. Reja Kirish
Download 217.73 Kb.
|
Иқтидорли ўқувчилар б.ишл.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: FIZIKA O‘QITIShDA IQTIDORLI O‘QUVChILAR BILAN IShLASh VA ULARNI TURLI TANLOVLARGA TAYYoRLASh MASALALARI. Reja Kirish
- 1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha
- 2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va
- 3. Fizikadan qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan masalalarni tanlash, ularni yechish va namunalar keltirish.
- Iqtidorli o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirish loyihasi
- 4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari
- Xulosa Iqtidorli bolalar
- FOYDALANILADIGAN ADABIYoTLAR
Annotatsiya Dunyoda fan-texnika jadal sur`atlar bilan yildan-yilga rivojlanib bormoqda. O`quvchilarni fan va texnika yangiliklari bilan doimo tanishtirib borish lozimligi bugungi hayot talabidir. “Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda makabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqar ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi”. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi maktab fizika kursining dasturidan tashqari o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim berish, fizikadan amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishlarida ularning malaka va ko‘nikmalarini yanada oshirish, fizikani amaliyotda qo‘llanilishi bilan bog‘liq yo‘nalishlar hamda bu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish va shu orqali ularning ongli ravishda kasb tanlashlariga zamin yaratishdan va iqtidorli o`quvchilarni aniqlashdan iborat. MAVZU: FIZIKA O‘QITIShDA IQTIDORLI O‘QUVChILAR BILAN IShLASh VA ULARNI TURLI TANLOVLARGA TAYYoRLASh MASALALARI. Reja Kirish 1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. 2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va portallaridagi elektron resurslar tahlili. 3. Fizikadan qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan masalalarni tanlash, ularni yechish va namunalar keltirish.
ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy haѐt bolalar va ѐshlar dunѐqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg‘ulotlar olib borish asta sekin o‘z o‘rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy mashg‘ulot o‘tish ishlariga bo‘shatib bermoqda. Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, bola dunѐqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda bolalar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim oldiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim – tarbiya jaraѐnining samardorligini oshirish, ilm – fanning so‘ngi yutuqlarini amaliѐtga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol bolani kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilaѐtgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishi bolalarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib boraѐtgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jaraѐnini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilaѐtganligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jaraѐnini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining samarasini bermoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnologiyalari tezlik bilan rivojlanaѐtgan bir davrda ta’lim sohasi ham boshqa ishlab chiqarish muassasalari kabi ilmiy, asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar, informatsion ma’lumotlarni qo‘llagan holda malakali mutaxassislar faoliyat yuritadigan raqobatbardosh, ilmli, bilimli kishilarni Vatan ravnaqi uchun tayѐrlab beradigan soha sifatida rivojlanib bormoqda. Xar bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga erishish yo‘llarini bandma-band aniqlash va unga so‘zsiz erishishdan iborat. Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o‘ylangan pedagogik loyihalashtirish, ta’lim jaraѐnini tashkil qilish bola va pedagog uchun erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali xamjihatlikda ishlab chiqilgan model desak bo‘ladi. Ta’lim jaraѐnida bolaga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q. Bola bu jaraѐnda qanday vazifani bajarishi kerak - maqsad vazifasinimi ѐki unga erishish uchun vosita vazifasinimi? 1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. Sinfdan tashqari o`tkaziladigan to`garaklar ham, dars singari quyidagi ta`lim va tarbiyaviy vazifalarni hal etishi kerak: O`quvchilarga puxta bilim berish. Sinfdan tashqari olib boriladigan barcha to`garaklar o`quvchilarga puxta va hartaraflama bilim berishga qaratiladi, chunki hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalari, elektron hisoblash mashinalari, sun`iy yo`ldoshlar orbittaga chiqishi, yarim o`tkazgichli materiallar ishlab chiqarilishini takomillashtirish va qishloq xo`jalik sohalarida ishlash uchun yoshlar fizika va texnika yuzasidan puxta bilimga ega bo`lishi talab etiladi: O`quvchilarning fan asoslarini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va ularning mustaqil bilim olishlari uchun zarur bo`ladigan ko`nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. O`quvchilarning qiziqishini vujudga keltirishda va ijobiy tashabbuskorligini rivojlantirishda qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, yangi mavzuni hayotga bog`lab o`tish, multimediyalar, elektron darsliklardan foydalanish, kinofilmlarni namoyish qilish, qiziqarli kechalar uyushtirish, mustaqil o`qish uchun ilmiy va fantastik adabiyotlar tavsiya etish, tabiatga, ilmiy tadqiqot institutlariga va imkoni bo`lsa GESlarga sayohat tashkil etish hamda o`zbek fizik olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish nihoyatda muhim ahamiyatga ega: O`quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish. Odatda, o`quvchilar fizik asboblar bilan tanishadi va u bilan muomalada bo`ladi. Bu va kuzatishlar fizik hodisalarni, qonuniyatlarni, labaratoriya mashg`ulotida hisob-kitobni to`g`ri talqin etishga yordam beradi. To`garaklar o`quvchilarni milliy qadriyatlarimizni saqlash ruhida tarbiyalash har bir o`qituvchining diqqat markazida turishi kerak. Aqliy tarbiya, politexnik tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya, jismoniy va axloqiy tarbiya maktabda beriladigan tarbiyaning tarkibiy qismidir, shunday ekan: o`quvchilarni mehnat qilishga qiziqtirish, ularda mehnatga havas va hurmat hisini uyg`otish fizikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Fizika to`garaklarining mazmuni o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan olib boriladigan mustaqil ishlar, tajribalar, masala ishlash, kechalar, kuzatishlar, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarni o`qish, o`quv filmlari namoyish qilish, xalq xo`jaligini turli sohalariga oid ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish, tabiatni muhofaza qilish,fizik bilimlarini keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etish, ko`rgazmali qurollar tayyorlash, turli maketlar yasashdan iborat. Fizika o`quv predmeti bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlar VI-IX sinf o`quvchilarini qamrab olgan bo`lib, ularda tabiat hodisalarining xilma-xilligi, inson va uning texnikadagi rolini o`rganish, fizika asboblari ustida ishlash va tajribalarni kuzatish, qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, fizik asboblar yasash, “Fazogirlar kuni”, “O`zbekistonni elektirlashtirish”, “Radio kuni” ni o`tkazish, adabiyotlar bilan ishlash, ko`rgazmali qurollar, stend va jadvallar yasash kabi ishlar bajariladi. Bola iqtidorini rivojlantirish , shakllantirish va uni iqtidorli shaxsga aylantira olish o‘qituvchining iqtidorli bola bilan ishlay olish xususiyatlariga bogliq. Bular- o‘qituvchining motivatsion tayyorgarligi , qiziquvchanligi, o‘z ishiga sodiqligi, faol izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, inson faoliyatining barcha sohalarini bilishi, iqtidorli bola psixologiyasini tushunishidir. Yangiliklarga intilish, borliqning sir-sinoatlarini ochish, o‘rganishga intilish maktab partasidayoq tug‘iladi. Shuning uchun aynan maktabdan fan va texnikaning turli sohalari bilan qiziquvchi bolalarni aniqlash, ularning orzu va rejalarini amalga oshirishiga, o‘quvchilarning imkoniyatlarini to‘laroq yoyishlariga, ularning fan va hayotdagi izlanishlar yo‘liga chiqishiga yordam berish juda muhimdir. Pedagogik jaraѐnning asosiy vazifalari: Ta’limiy- ilmiy bilim asoslarini o‘zlashtirish, amaliy faoliyat va o‘quv tarbiyaviy tajribaning motivatsion shakllanishi; Tarbiyaviy- odamlar munosabatidagi ma’lum bir sifat, xususiyatning shakllanishi; Rivojlantiruvchi- bolaning psixik jaraѐni, xususiyati va sifatining shakllanishi hamda rivojlanishi; Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi texnologiyalarni ham qamrab oladi: Bolaga insonparvarlik ѐndashuvi; hamkorlik texnologiyasi; o‘yin texnologiyasi; kommunikativ ta’lim texnologiyasi; erkin tarbiya texnologiyasi; bolani qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi. Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo‘yiladigan talablar: dialog ( o‘zaro suhbat); faollik va ijodkorlik; bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash; bolaga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish; Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak: san’at, ijodkorlik va bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; insoniy, pedagogik pozitsiyada bo‘lish; bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lom bo‘lishi va bolalik ekologiyasi haqida qayg‘urishi; doimiy ravishda madaniy-informatsion, fanni rivojlantiruvchi yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jaraѐnini boyitib borishi; ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi bola shaxsiga yo‘naltirilgan shakl bera bilishi; har xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi va ularga bolani rivojlantiruvchi yo‘nalish bera olishi; har bir bolaning individual xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlashi va ularni rivojlantirish haqida qayg‘urishi. 2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va portallaridagi elektron resurslar tahlili. Bolaga insonlarvarlik ѐndashuvi texnologiyasi Bu texnologiya avvalo bolani insonparvarlik ѐndashuvi, psixoterapevtik yo‘nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o‘z o‘rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama hurmat qilish, uni yaxshi ko‘rish, hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g‘oyalarini ilgari suradi. Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tarbiyalanuvchining shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etishning psixologik shart-sharoitlarini nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir bolani tushunish, hurmat qilish, unga ishonish, hamkorlikda ishlash kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash ehtiѐjini ko‘zlab, xalq ruhiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik, tobelik, o‘z fikrini yakdil baѐn eta olmaslik kabi illatlarni tugatish, shuningdek serandishalik, noo‘rin sabr-toqatlilik kabi fazilatlarni ongidan chiqarish zamonaviy ta’lim talablaridan sanaladi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik, Vatan, millat, davlat oldida mas’ullik, yuksak ma’naviyatga intilish, shaxsiy fikrga ega bo‘lish singari bobokalonlarimizdan o‘tib kelaѐtgan fazilatlar qayta jumbushga kela boshladi. Shu nuqtai nazardan, birinchi prezidentimiz mashhur ijobiy «portlash effekti» to‘g‘risida gapira turib: - «Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratilsa,.. har qaysi inson Olloh taolo a’to etgan noѐb qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiѐtga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas», degan edi. Bu teran fikr, haѐtiy mantiq mamlakatimizda ѐshlar uchun yaratilaѐtgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiyasiga berilaѐtgan e’tiborda o‘z ifodasini topmoqda. Oldindan qilingan bu bashoratning yaqin orada haqiqatga aylanmog‘i muqarrar, bu ishonch O‘zbekistonning kelajagining buyukligiga bo‘lgan ishonch bilan uyg‘unlashib ketadi. Bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya asosida tarbiyalanuvchi –tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi-tarbiyalanuvchi hamkorligi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jaraѐnda ta’lim-tarbiya ijobiy natijalarga yo‘naltiriladi. “Bola”– kim? Bola ijtimoiy munosabatlar tizimining ko‘p qirrali, murakkab qismidir. U bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy taraqqiѐtning mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zi ijtimoiy taraqqiѐtni ta’min etadi. Demak, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiѐtda faol ishtirok etuvchi insongina bola deb ataladi. Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur-odam miyasida sodir bo‘ladigan jaraѐn. Sezgi organlari ojizlik qilgan o‘rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jaraѐnida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi. 3. Fizikadan qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan masalalarni tanlash, ularni yechish va namunalar keltirish. O‘yin texnologiyasining turlari va tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning o‘yin metodlari Pedagogik amaliѐtda qo‘llaniladigan o‘yinlar faol o‘qitish metodlari sirasiga kiradi, chunki unda, talab, o‘quvchining mahsuldor- ta’limiy faoliyati ustuvorlik kasb etadi. O‘quv o‘yinlari: yechimning ko‘p variantliligi va muqobilliligi, ulardan birmuncha samaralisini tanlashni amalga oshirish talab etiladi; noaniqlik sharoitida va shartli amaliѐt muhitida yechimni qabul qilish zarurati; standart holatdan farq qiladigan o‘yinni o‘tkazish shartlarining xilma-hilligi, ularning mutaxassisning bo‘lajak faoliyatida uchrashi; qisqa muddatda o‘yinning o‘tkazilishi, vaziyatlarni bir necha qayta takrorlash imkoniyati; qabul qilinaѐtgan yechim natijalarining ko‘rsatmaliligi; nazariy bilimlarni amaliy kasbiy faoliyat bilan integratsiyasi, mutaxassislik bo‘yicha malakalarning hosil qilinishi; individual o‘qitish imkoniyatlarining mavjudligi. O‘yinda talabalarning mahsuldor ijodiy izlanish tafakkuri umumiy holda emas, balki bo‘lajak kasbiy faoliyatini bajarishga nisbatan rivojlanadi.O‘yin davomida yechim maqbul deb topilsa, uni almashtirish imkoniyati mavjud, bu uchun orqaga qaytilib zaruri qabul qilinadi, uning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash uchun sinalgan usul bilan taqqoslanadi. Bunda bolalarga turli rollarda bo‘lish va o‘z yechimlarini taklif qilishlari uchun imkoniyat berish maqsadida o‘yin vaziyat bir necha marta qayta takrorlanadi. O‘quv o‘yinlari bolalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakalarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi. O‘yin davomida bolalarda quyidagi ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi: yechim qabul qilish uchun zarur axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish; to‘liq bo‘lmagan ѐki ishonchli axborotlar yetarli bo‘lmagan sharoitda yechim qabul qilish, qabul qilingan yechim samarasini baholash; muayyan turdagi masalalarni tahlil qilish; bo‘lajak kasbiy faoliyatning turli sohalari o‘rtasida bog‘lanishlar o‘rnatish: jamoada ishlash, guruhli fikrlash usullaridan foydalanib, birgalikda kelishilgan yechim ishlab chiqish; jaraѐn va hodisalarni tatqiq qilishda tizimli ѐndashuvdan samarali ijodiy foydalanish asosi sifatida abstrakt va timsolli fikrlash. O‘yinli o‘qitish metodi ko‘p funksionalli va insonning turli psixologik xususiyati va sifatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun qo‘llanishi mumkin: kasbiy yo‘naltirilganlik, aqliy mustaqillik u ѐki bu faoliyat sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar: bilish va kasbga oid masalalarni ijodiy uchish, tashkilotchilik va kommunikativ sifatlar, baholash va o‘z-o‘zini baholash. O‘yinli o‘qitish vazifalari ichida quyidagilarni alohida ta’kidlash lozim: instrumentalli-ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; gnostik-bilim va tafakkurni shakllantirish; ijtimoiy-psixologik-bolada kommunikativ sifatlarni shakllantirish. Ta’kidlanganlar bilan bir qatorda o‘yinli o‘qitishning diagnostik, motivatsion, modellashtiruvchi, tashkiliy va kreativ, nazorat va tuzatish funksiyalari joriy etiladi. O‘yinli o‘qitish metodlarining yuqori samaradorligi an’anaviy metod bilan taqqoslaganda jiddiy afzalliklar bilan farqlanadi. Har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir. Shuning uchun zamonaviy malakali pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo‘nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart- sharoitni yaratish, o‘quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir. Iqtidor - bu: Aqliy salohiyat yoki intellekt, bilim olishga bo‘lgan qiziqish va salohiyatining, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yuqoriligidir. 1 Iqtidor – intellektual imkoniyatlar va talabchanlik majmuidir. 2 Insonning sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishini va uning o‘ziga xos faoliyatini ta’minlovchi umumiy xususiyatdir. 3 Inson faoliyatini yuqori darajalarga olib chiquvchi ichki imkoniyatlar majmui. Iqtidor – inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli rivojlanadigan psixikaning imkoniyati bo‘lib, insonning boshqalarga nisbatan noan’anaviy va favqulodda natijalarga erishishini ta’minlaydi. Iqtidor insonning barcha imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga moslashishga yo‘naltiradi. Iqtidor turlari: Badiiy iqtidor; Umumiy intellektual iqtidor; Yetakchilik iqtidori; Amaliy iqtidor; Iqtidor belgilari: Ma’lum bir faoliyat turiga bo‘lgan qiziqishning barqarorligi; Kam harakat natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish; Muammolarga o‘zgacha yondashish va ularni hal qila olish. Umumiy aqliy iqtidor turlari: Salohiyat; Iqtidor; Bilim olishga ehtiyojning yuqoriligi; Noan’anaviylik. Iqtidorni rivojlantirish yo‘llari: Darslarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish; Darsdan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi; Ta’lim muassasidan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi; Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ijodiy faoliyatning rivojlanishi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash shartlari: Doimiy ravishda ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini yo‘naltirish; Bilish jarayoniga ijodiy tus berish; O‘quvchi eng yuqori natijaga erishishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni tanlashga ko‘maklashish.
• O‘quvchilarning munosabatga kirishish qobiliyatini rivojlantirish; • O‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish • O‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini kuchaytirish • O‘quv faoliyatiga qiziqishni kuchaytirish • Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish • O‘quvchilarda og‘zaki va leksik ko‘nikmalarni rivojlantirish Iqtidorli o‘quvchilar bilan faoliyat yuritish turlari: Iqtidorli o‘quvchilar guruhini tashkil qilish; Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish; Qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish; Fakultativ darslar tashkil etish; Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish; Shaxsiy reja asosida faoliyat yuritish; Individual konsultatsiyalar tashkil etish; Ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish; Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchi: Ziyrak va zukko bo‘lish; Iqtidorli bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi xamda ularning talab va qiziqishlarini his qila olishi; Ta’lim soxasida tajribaga ega bo‘lishi; Yuqori intellektual salohiyat egasi bo‘lishi; Mahoratli va dunyoqarashi keng bo‘lishi; Iqtidorli bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq xar qanday majburiyatni bajara olishi; Tabiatan faol va kirishimli bo‘lishi; Izlanuvchan va doimo o‘z ustida ishlashi; Ijodiy fikr yuritish, noan’anaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi barchamizga ma’lum. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish belgilab berilgan. Shu ma’noda akademik litseyda tahsil oladigan o‘quvchilarni ilm- fanga yunaltirish, iqtidorli va iste’dodli o‘quvchi yoshlarning iqtidori va iste’dodini yanada shakllantirish borasida keng amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi bolani butun bir ta’lim tizimining markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini ro‘ѐbga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta’lim jaraѐnidagi bolaning o‘rni va unga kattalarning munosabatidir. Bunda bolani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoѐn etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o‘z amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish, bolaning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday bola o‘ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi. Tarbiyachi mashg‘ulot jaraѐnida bolalar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart- sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada bola uchun dastlab neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat kasb etsin. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy yordam berishda muammolar ham yo‘q emas. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tajribasiga asoslangan holda muammolarni hal qilishda quyidagi vazifalarni bajarish samarali natija beradi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashdagi muammolar Iqtidorni aniqlay olmaslik; Uslubiy adabiyotlarning mavjud emasligi; Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda vaqtning yetishmasligi; O‘quvchilarning o‘ta bandligi; Ma’lum bir fan bo‘yicha bilimlarning chuqur o‘rgatilishining mohiyatini o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri baholay olinmasligi Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar Nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish uchun kerakli ko‘rsatmalarni berish; Iqtidoridan kelib chiqqan holda fanlar bo‘yicha “Iqtidorli o‘quvchilar maktabi” ni tashkil etish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni uzviy, uzluksiz tizimda tashkil etish. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida dastur yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida testlar bazasini yaratish va interfaol metodlardan foydalanish zarur. Masalan: “Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir. “Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. Davra stolining tuzilmasi: Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi” ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan “Davra suhbati” metodining tuzilmasi: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi; 2)Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi; 3)Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi; 5)Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi; 6) Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 7) Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 8) Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi; 9) Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi. “Loyiha” metodi: - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhiningbirgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak. Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan. “Loyiha” metodining bosqichlari: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar. 2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim. 3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi. 4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. 5. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi” da qayd etiladi. Xulosa Iqtidorli bolalar - tabiatning eng ajoyib ne’matlaridan biridir. Iqtidorli bola bu qobiliyatli boladir. Davr va jamiyat o‘ziga xos ijodiy iqtidorga ega bo‘lgan shaxslarga qiziqish bildirganligi sababli hozirgi vaqtda iqtidorli bolalarni aniqlashga ehtiyoj yuqori. Iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilish xozirgi davrda ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Iqtidorli bolalar odatda kuchli xotira, nutq va abstrakt tafakkurga ega bo‘ladi. Iqtidorli bolalar ko‘p savol berishlari, ma’lumot va tajribalarni sinflarga ajrata olishlari,to‘plangan bilimlardan keng foydalana olishlari bilan tengdoshlaridan ajralib turadilar,ular lug‘at va ensiklopediyalarni bajonidil o‘qiydi, aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi masalalarni yaxshi ko‘radi . Iqtidorli bolani odatda test, savol-javob, kuzatuv, suhbat, anketa metodlari, nostandart masalalar, qiziqarli, mantiqiy va murakkab masalalar berish orqali aniqlanadi. Bundan tashqari g‘arb mamlakatlarida bola iqtidorini aniqlovi turli xil psixologik testlardan foydalaniladi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash birinchi masala bo‘lsa, keyingi masala bu – iqtidorni rivojlantirish, shakllantirish, o‘quvchiga mos ish rejasini tuzishdir. Bu esa o‘qituvchidan katta mehnat va kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Uzluksiz ta’limning asosiy vazifasi bola iqtidorini o‘z vaqtida aniqlash va rivojlantirishdir.
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni 2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiѐtining poydevori.– .: Sharq nashriѐt matbaa konserni, 1997. – 31 – 64 b. 4. Mirzaxmedov B., G‗ofurov N. va boshqalar. Fizika o‗qitish nazariyasi va metodikasi Toshkent-2010 6. Turdiev N.Sh., Asadov Yu.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, T.N.Qori Niѐziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, T.: 2015.-160. 9. Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o‘qitishning pedagogik texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma.T.:TDIU,2013.–95b. 11. Ishmuhamedov R.J. Bolalarni tarbiyalash va sog‘lomlashtirish ishlari–da pedagogik texnologiya (o‘zbek va rus tillarida).– T.,UDAP, 2004. . 12. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar ѐrdamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari.–T.:Nizomiy nomidagi TDPU, 2004, 2008 (qayta nashr). – 44 b. 13. Ishmuhamedov R. O‘quv jaraѐnida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. – T.: RBIMM, 2008. – 68 b. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI 1. http://www.edu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portali, 2. http://www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi portali, 3. http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) -O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti Download 217.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling