Mavzu: Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyishli tajribalari uzviyligi
Download 212.51 Kb.
|
Shaxzoda
Mavzu: Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyishli tajribalari uzviyligi.211-FIZIKA GURUH TALABASI O‘RUNOVA SHAHZODAKurs ishi rahbari: Rahmonov AZamonaviy o`qitish kompyuter, multimedia, video va teleapparaturalar, masofadan o`qitishda internetdan foydalanish kabi bir qator yangi texnologiyalar asosida olib bormoqda.Fizika fanini o`qitishda yordam beradigan 80 dan ziyod turli xil fizik asbob- uskunalar va laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan universal tok manbalari, o`zgaruvchan va o`zgarmas toklarni o`lchovchi ampermetr va voltmetrlar, Uitstom ko`prigi, elektron va shayinli tarozilar, geometrik optika uchun to`plam, solenoidlar kabi ko`plab jihozlar keltirildi. Bu jihozlarning texnik parametrlari to`g`risida qisqacha ma’lumotlar berilgan bo`lib, lekin ular asosida o`tkazishi mumkin bo`lgan laboratoriya ishlari uchun ilmiy – uslubiy ko`rsatmalar bayon etilmagan. Shu sababli ham laboratoriya ishlarining nazariy qismi hamda amaliy bajarilish tartiblarini ishlab chiqish zaruriyati tug`ildi. Fizika o`quv dasturida nazariy ahmiyat kasb etuvchi materiallar fizik ta’lim mazmuning deyarli uchdan ikki qismini tashkil etadi. Bugungi kunda o`qitish samaradorligini oshirishda amaliy xarakterdagi o`quv materiallarini ko`paytirish borasida ijodiy ishlar qilinmoqda.Fizikaning zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalariga asoslangan o`qitishda amaliy laboratoriya ishlarini o`rni juda muhimdir. Amaliy laboratoriya ishlarini bajarish orqali o`quvchida asosiy fizik tushunchalar, qonunlarni amaliy va nazariy talqinini shakllantiradi.Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir.Chunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida ham ta’lim jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni, raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.Download 212.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling