Mavzu: Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyishli tajribalari uzviyligi


Download 212.51 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi212.51 Kb.
#1062240
1   2   3
Bog'liq
Shaxzoda

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Respublika ta’lim sohasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari dasturlari, o’quv adabiyotlari butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, fizikani o’qitish uslubida ham qator tajribalar to’plandi. Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin.

Laboratoriya usuli – bu shunday ta’lim usuliki, unda o’quvchi o’qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o’tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimni anglaydi hamda tushunib yetadi.

Tajribani hamma o’quvchilar bir maromda bajara olmasligi uning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi tajriba davomida o’quvchilarga individual yondashishi zarur bo’ladi. Ulgura olmagan o’quvchilarga yordam berish, tajribani tugatgan o’quvchilarga esa qo’shimcha vazifa berishni taqazo etadi. Frontal laboratoriya ishi davomida o’quvchilarga jadvallar va spravochniklardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilarni guruhlarga bo’lishning didaktik tomoni ham bor. U yoki bu tajribani o’tkazishda bir vaqtning o’zida bir necha asbobning ko’rsatishini kuzatib yozib borishiga to’g’ri keladi. Guruhlardagi o’quvchilar soni 2-3 tadan oshmasligi kerak, chunki barcha guruh a’zolari tajribani o’tkazishga aktiv ishtirok etishlari lozim. Guruhlarga bo’lishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim: o’quvchilarni guruhlarga o’qituvchi tomonidan tuzilishi yoki o’quvchilarning xoxishiga qarab bo’linish ham mumkin.

O’quvchilarning mustaqil ravishda bajaradigan kuzatish va o’lchashlari o’qituvchi tomonidan boshqariladi.

O’quvchilarni sinfdan tashqari ishlari. O’quvchilarga tavsiya etiladigan laboratoriya ishlari va kuzatish mavzulari sifatida quyidagilarni olish mumkin:


Download 212.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling