«O‘ylang-juftlikda ishlang-Fikr almashing»
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo‘lib, o‘quvchilarni matn ustida fikrlash, o‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo‘naltiradi.
«O‘ylang-juftlikda ishlang-Fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi.
1.O‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o‘ylab chiqish, so‘ng qisqa javoblar berish tartibida.
2.O‘quvchilar juftliklarga bo‘linib, bir-biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladilar.
3.O‘qtiuvchi bir necha juftliklarga 30 sekund davomida auditoriyaga o‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishini taklif qiladi.
|